P(t)= P(T >t )
bu yerda t - ish vaqti, ehtimolligi aniqlanadigan vaqt; T - ob‘yektni ishga tushirishdan birinchi to‘xtashgacha bo‘lgan vaqt.
Qayta tiklanmaydigan sistemalar uchun ishonchlilik ko‘rsatkichlarining statistik ta‘riflarini ko‘rib chiqish uchun, N0 - o‘xshash ob‘yektlar sinovdan o‘tkazilmoqda, sinov shartlari bir xil va har bir ob‘yekt sinovdan o‘tkazilgunga qadar amalga oshiriladi deb taxmin qilinadi.
Buzilishlarsiz ishlash ehtimolligi – bu shunday ehtimollikki, topshiriqdagi ishlash muddatida ob‘yekt buzilishi kuzatilmaydi. Amaliyotda bu ko‘rsatkich statik baholash bilan aniqlanadi.Buzilishlarsiz ish ehtimolini aniqlaganidan shu ko‘rinib turibdiki, bu xarakteristika vaqt funksiyasi hisoblanadi hamda bu funksiya pasayuvchi funksiya hisoblanib, 1 dan 0 gacha bo‘lgan qiymatlarni qabul qilishi mumkin.Ishlamay qolish statistikasiga asoslangan ish vaqti ehtimoli quyidagi ifoda bilan baholanadi:
bu yerda N0 - sinov boshidagi ob‘yektlar soni; n(t) - t vaqt davomida ob‘yektlarning buzilishlari soni.Ob‘yektlarning ko‘pligi N0 bilan statistik baholash amalda ishlamay qolish ehtimoli bilan mos keladi.
Buzilishlar intensivligi
Buzilishlar intensivligi – bu ob‘yekt buzilishi sodir bo‘lish ehtimolining shartli ko‘rsatkichi bo‘lib, vaqt birligi ichida buzilish sodir bo‘lish sharti bilan ifodalanadi.
Buzilish intensivligining statik bahosi quyidagi ko‘rinishga ega:
Bu yerda: n ( ) – intervalidagi bir tipli ob‘yektlarning buzilishlar soni; - interval o‘rtasida ishga yaroqli ob‘yektlar soni:
Yeyilish turlarining tasnifi.
Abraziv yeyilish - ishqalanayotgan sirtlar orasida joylashgan qattiq abraziv zarrachalarning (chang, qum) kesuvchanlik tasiri natijasidir (kolodka va baraban, oralaridagi yeyilish). Ayrim hollarda abraziv zarrachalar bo‘lib ishqalanayotgan detallarning yeyilish jihozlari xizmat qiladi. Mexanik yeyilish – o‘z navbatida 4 turga bo‘linadi
Shakl o‘zgarishi natijasidagi yeyilish - detallarga juda katta yuklamalar tasir etganda ro‘y berib, bunda sirt qatlamlarining siljishi paydo bo‘ladi va detallarning o‘lchamlari o‘zgaradi.
-mo‘rt buzilish yeyilish-ishqalanayotgan detallardan birining sirtqi qatlami ishqalanish va parchinlanish natijasida mo‘rtlashib buzilib ketadi va o‘z ostidagi bo‘sh qatlamlarni ochib qo‘yadi.
-charchash natijasidagi yeyilish (masalan, podshipniklarning chopish yulaklari).
Do'stlaringiz bilan baham: |