Ikkilаmchi mis tаrkibli mаtеriаllаrni qаytа ishlаsh sхеmаsi. Tоzаlоvchi flyuslаr suyuq qоtishmаdа zаrаrli аrаlаshmаlаrdаn tоzаlаsh uchun qo’llаnаdi.
Ikkilamchi mis tarkibli temir-tersak va chiqindilarni sulfat kislotada eritish
Sulfat kislotada eritish granulalangan, maydalangan mis, mis kuyindilar, mis asosli turli xil qotishmalardan tashqari kompakt metallar ustida ham olib boriladi. Sulfat kislotada eritish truboaeratorli yoki mexanik aralashtiriladigan apparatlarda, hamda avtoklavlarda olib boriladi. Hozirgi kunda kislotaga chidamli bo‘lgan titandan apparatlar tayyorlanmoqda. Bundan tashqari, hali ham uglerodli po‘latdan tayyorlangan, ichki tomoni titan listdan futerovkalangan apparatlar keng ishlatilmoqda. Aralashtiruvchi moslamalar, uzatuvchi quvurlar, ventillar (jo‘mraklar), shtuserlar titandan yoki rezina qoplangan po‘latdan tayyorlanadi. Sulfat kislotali eritmalarga titanni korroziyaga bardoshliligi 25-jadvalda keltirilgan ma’lumotlar bo‘yicha mulohaza qilish mumkin.
Eritma o‘tkir yoki quruq bug‘ bilan isitiladi. Xom ashyoni turiga qarab eritish bir necha minutdan, bir necha soatgacha davom ettirilishi mumkin. Masalan: mis simlar 3,2 kg/min, chang aralashgan toza mis 8,8 kg/min, changlangan qora mis 10,2 kg/min, mis kuyindi 20 kg/min eriydi. Eritishga 120-150 g/l konsentratsiyali aylanma N2SO4 eritmasi solinadi.
Eritishga 120-150 g/l konsentratsiyali aylanma N2SO4 eritmasi solinadi. Harorat 75-85°C davomiyligida olib boriladi. Eritmaga mis bilan birga ruh, nikel, temir ham o‘tadi. Eritma ma’lum vaqt tindiriladi. Bunda yirik zarrachalar eritma tubiga cho‘kadi. Eritmaga mis va ruhni 94-98 foizi, nikelni 76 foizi, temirni 62 foizi, qalayni 1,3 foizi, qo‘rg‘oshinni 1,62 foizi o‘tadi.
Tanlab eritishdagi qoldiqlar (erimagan qism) ni chiqishi, xom ashyo tarkibiga bog‘liq va uni chiqishi 0,7 foizdan 7-10 foizgacha bo‘ladi. Bundan tashqari qoldiqlarni chiqishi, dastlabki mahsulot massasiga ham bog‘liq bo‘ladi. Qoldiqlar - oddiy cho‘ktirish yo‘li bilan eritmadan ajratiladi. Ikkilamchi mis tarkibli temir-tersak va chiqindilarni sulfat kislotasida erishi quyidagi reaksiya bo‘yicha yuz beradi:
CuO + H2SO4 = CuSO4 + H2O,
Cu2O + 2H2SO4 + 1/2 O2 = 2CuSO4 + 2H2O,
CuSO3*Cu(ON)2+2H2SO4=2CuSO4+2H2O+SO2.
Yirik zarralardan ajratilgan eritmada mis cho‘ktiriladi. Bu erimaydigan anodli elektrolit vannalarda olib boriladi. Vannalarni uzunligi 10 m gacha, eni 1,2 m gacha, chuqurligi 1,3 m gacha bo‘ladi. Bunday razmerli vannaga 97 ta qo‘rg‘oshinli anod va 96 ta misli katod solinadi.
Anodlar qo‘rg‘oshinga 3-8 foiz surma qo‘shilib, 10 mm qalinlikda qo‘yiladi. Katod listlar vannalarda hosil qilinadi. Elektrolitik tozalashda tok zichligi 200-300 A/m2 , vannada kuchlanish 2,0-2,5 V, elektr energiyani sarfi 2000-2500 kVt\soat/t ni tashkil qiladi. Tokni chiqishi 90 foizga etadi.
Ayrim hollarda misni sementasiya usulida temir qirindilari yordamida cho‘ktirish qo‘llanadi. Eritmalar har doim tarkibida ma’lum miqdorda erkin sulfat kislota (0,5-3,0 g/l), Fe2(SO4)3 (0,5-2,5), FeSO4 (0,5-1,5 g/l) va 0,5-1,5 g/l mis bo‘ladi. Mis eritmalardan quyidagi chiqindilar yordamida ajratib olinadi: temirtersaklar, qirindilar, konserva idishlari, rux zavodi klinkerlaridagi temir fraksiyalari va boshqalar. Misni sementasiya usulida temir qirindilari yordamida cho‘ktirish quyidagi reaksiyalar yordamida yuz beradi:
CuSO4 + Fe = FeSO4 + Cu.
Eritmalar tarkibida aralashmalarni bo‘lishi cho‘ktiruvchini qo‘shimcha sarfini keltirib chiqaradigan aks ta’sirli reaksiyalarni yuz berishiga olib keladi:
Fe2(SO4)3 + Cu = CuSO4 + 2FeSO4,
Fe2(SO4)3 + Fe = 3FeSO4.
CHo‘kmaga tushgan misni bir qismi, erigan kislorod ishtirokida erkin sulfat kislotasi (sementasiyalash, tarkibida 5-10 g/l gacha sulfat kislota bo‘lgan muhitda olib boriladi) ta’sirida eriydi:
Cu + H2SO4 + 0,5O2 = CuSO4 + H2O.
Bundan tashqari, erkin sulfat kislotani etishmasa quyidagi keraksiz reaksiyalar yuz berib, cho‘kma sifatini buzadi:
2Fe2(SO4)3 + 3H2O = Fe2(SO4)3•Fe2O3 + 3H2SO4, Fe2(SO4)3•Fe2O3 + 9H2O = 4Fe(ON)3 + 3H2SO4.
Sementasiya natijasida eritmadan 90 foizgacha mis cho‘kmaga tushadi. Tarkibida 60-65 foiz mis bo‘lgan cho‘kma – yallig‘-qaytaruvchi pechda eritishga yoki quritilgandan so‘ng, mis shteynlarini konvertirlash jarayonida sovuq qo‘shilmalar sifatida ishlatishga yuboriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |