3-amaliy mashg‘ulot. Mikroorganizmlarning miqdorini aniqlash usullari.
Mikroorganizmlar-asosan, bir hujayrali mikroskopik tirik mavjudotlarning katta guruhi. M.ga bakteriyalar, aktinometsitlar, achitqilar, mog‘or zamburug‘lari, mikroskopik suvo‘tlar va boshqa kiradi. M. prokariotlar (hujayrasida yadro va xromosoma apparati yog‘ organizmlar) va eukariotlar (hujayrasida sitoplazma va membrana bilan ajratilgan yadrosi bor bir yoki ko‘p hujayrali organizmlar)ga bo‘linadi. M. tabiat (tuproq, suv, o‘simlik qoldiqlari va boshqalar)da keng tarqalgan. 1 g tuproq yoki suv osti gruntida 2—3 mlrd.gacha M. bo‘ladi. M.ning o‘lchami turlicha bo‘lib, ular mikronning o‘ndan bir qismidan bir necha mikrongacha. M.ning fiziologik-morfologik xususiyatlari va hayot sikli har xil. Ko‘pgina M. bir hujayrali, baʼzilari, mas., mog‘or zamburuglari ko‘p hujayrali iplar (mitseliy)ga ega. M., odatda, xlorofillsiz, ammo baʼzilarida baktYerioxlorofill va xlorofill bor. Ko‘pchiligi bo‘linib, baʼzilari kurtaklanib, shuningdek, konidiya va sporalar hosil qilib ko‘payadi. Kasallik qo‘zg‘atuvchi M. ham mavjud. M. tashqi muhitning har xil omillari taʼsiriga juda chidamli. M. tabiatda moddalar aylanishida katta rol o‘ynaydi. M. o‘simlik va hayvon qoldiqlarini parchalab, yashil o‘simliklar o‘zlashtirishi mumkin bo‘lgan mineral birikmalar (mas., karbonat angidrid gazi, ammiak va boshqalar)ga aylantiradi. Azot to‘plovchi M. va tuganak bakteriyalari molekulyar azotni yig‘ish xususiyatiga ega. M. fosfor, azot, uglerod, oltingugurt, temir va boshqalarning tabiatda aylanishida ishtirok etadi. Bundan tashqari, tuproqda ko‘payib, so‘ng nobud bo‘lib, uni organik moddalarga boyitadi. M. hayot faoliyati natijasida tuproq unumdorligi ortadi (yana q. Mikroflora).
Azot to‘plovchi mikroorganizmlar
AZOT TO‘PLOVCHI MIKROORGANIZMLAR, azotfiksatorlar–atmosferadagi molekulyar azot (N2) ni o‘zlashtiruvchi va uni organik birik-malarga o‘tkazuvchi mikroorganizmlar. Azot to‘plovchi mikroorganizmlar m. ga dukkakli o‘simliklar (beda, sebarga, no‘xat va boshqalar) bilan simbioz hayot kechiruvchi Phisobium turkumiga mansub bakteriyalar (qarang Tuganak bakteriyalar) kiradi. Dukkakli o‘simliklar eqilgan har bir gektar maydonda yiliga 100– 250 kg va undan ortiq atm. azoti to‘planadi. Beda ildizida to‘plangan biologik azot tuproq unumdorligini oshiradi, tuproq tarkibidagi chirindi miqdorini ko‘paytiradi, tuproqning gidrolitik kislotaligini pasaytiradi. Dukkak-siz o‘simliklar (qandog‘och, jiyda va boshqalar) ildizida tuganaklar hosil qiluvchi ak-tinomitsetlar ham Azot to‘plovchi mikroorganizmlar m. hisoblanadi. Ba’zi azot to‘plovchi bakteriyalar ayrim tropik o‘simliklar bargi to‘qimalarida tuganaklar hosil qilib rivojlanadi. Tuproqda va suv havzalarida Yerkin yashovchi sporali anaerob bakteriya – klostri-dium, aerob sharoitda yashovchi mikro-organizmlar – azotobakter (qarang Azoto-bakterin), oligonitrofillar (azotsiz oziqmuhitida yashovchi bakteriyalar) ham azot to‘plovchi faol mikroorganizmlarga kiradi. Ko‘k-yashil suvo‘tlarning ko‘pchilik turlari (Nostoc, Anabaena va boshqalar), ayrim to‘q-qizil oltingugurt bakteriyalar va yashil bakteriyalar ham ak-tiv Azot to‘plovchi mikroorganizmlar m. dir. Azot to‘plovchi ko‘k-yashil suvo‘tlarning 80 turi ma’lum bo‘lib, 45 turi O‘rta Osiyo tuproqlari va suv havzalarida tarqalgan. Ayrim zamburug‘ turlari, achitqilar, spiroxetlar va boshqa ham atm. azotini to‘plashda ishtirok etadi. Azot to‘plovchi mikroorganizmlar m. tabiatda azotning aylanishida, xususan o‘simlikni o‘zlashtira olish mumkin bo‘lgan azot bilan ta’minlashda, ya’ni atm. azotini o‘simliklar foyda-lanadigan ko‘rinishga keltirishda katta ahamiyatga ega (qarang Azotfiksatsiya).
Bijg‘ish
BIJG‘ISH, bijg‘itish, achish, achitish, fermentatsiya-mikroorganizmlar yoki ular ajratadigan fermentlar ishtirokida organik moddalarning (asosan, uglevodorodlarning) parchalanish jarayoni. Bunda bijg‘iydigan mahsulotning bir qismi oksidlansa, ikkinchi qismi qaytariladi, natijada energiya ajraladi. B. xalq tilida qaynash deb ham yuritiladi, chunki B. jarayonida ajralib chiqadigan karbonat angidrid pufakchalari suvning qaynashini eslatadi. Mikroorganizmlarning turiga va xususiyatiga, bu jarayonning o‘tish sharoitiga qarab, B.da har xil moddalar hosil bo‘lishi mumkin. Mae, kislorodsiz sharoitda (obligat anaerob bakteriyalar ishtirokida) moy kislota, atseton, butil spirt va boshqa; ham kislorodli, ham kislorodsiz sharoitda (fakultativ anaerob bakteriyalar ishtirokida) spirt, sut kislota, propion kislota, V|2 vitamini; fakat kislorodli sharoitda sirka kislota, atseton, etil spirt, butilenglikoxol va limon kislota paydo bo‘ladi. B. jarayonida musallas, bo‘za, qimiz va boshqa ichimliklar hosil bo‘ladi. 16-asrda Vant Gelmont B. jarayoni fermentlar ishtirokida, 19-aspHing 30- yilda esa Kanyar de Latur, Shvan va Kyutinglar, bir hujayrali tirik mikroorganizmlar ishtirokida ro‘y beradi, deb tushuntirdilar. B.ni faqat Lui Paster ilmiy asosda to‘g‘ri tahlil qilib, B. mikroorganizmlardagi moddalar almashinuvi natijasi, degan fikrni isbotladi. Mikroorganizmlar ishtirokida organik moddalar (uglevodorodlar)ni bijg‘itib, xalq xo‘jaligiga zarur mahsulotlar — etil va butil spirtlar, sut, moy, propion kislotalar olinadi. Qanddan spirt hosil bo‘lishida ATF va ADF asosiy energiya manbai bo‘lib xizmat qiladi. Spirt, vino, pivo ishlab chiqarishda Saccharomyces cYerevisia, Sacch. vini, Sacch. carlsbYergens kabi turushlar (achitqilar) ishlatiladi. Sut mahsulotlaridan qatiq, pishloq, smetana, tvorog , kefir tayyorlashda Str. Lactis, Str. diacetilactis. Bact. casei, Bact. acidophilum ishtirok etadi. Propion kislota olishda Bact. acidi proponici, Propionibact. shermani mikroblari qatnashadi. Sanoatda pishloq, V12 vitamini olishda ham bakteriyalarning shu turlaridan foydalaniladi. Moy kislota olishda Clostridium butiricum bakteriyasi, atseton, butil spirt olishda Clostidium acetobutylicum bakteriyasi, sirka olishda Acetobacter aceti bakteriyasi, limon kislota olishda esa Aspergillus niger zamburug‘i ishtirok etadi. B. jarayonidan foydalanib, rom, turli markadagi vinolar, pivo, sut mahsulotlari, non ishlab chiqariladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |