8- Ma’ruza
Mavzu: Mikroorganizm-ekologik-mineral tizimdagi o’zaro ta’siri
Reja
Mikroorganizmlarning tabiatga ta’siri
Qiyin ishlov beriladigan sulfid rudalarining biogidrometallurgiyasi
Mikroorganizmlarni kultivirlash uchun yaratilgan yangi ozuqa muhitlari
Mikrobiologik oksidlanish va ishqorlanishdagi muhim teoretik masalalaridan biri, bu mikroorganizmlarning sulfid minerallari bilan bulgan aloqasi va bakteriyalarning xar xil metallar ionlariga bulgan chidamliligidan iborat va ushbu murakkab mexanizmning tushunish, va ularni tadqiq etib, jarayonlarni intensivlash usullarini ishlab chiqarib, minerallarni mikrobiologik ochilishi va ishqorlarinishini nazorat qilishdan iborat.
Tabiatdagi mavjud sulfid minerallarining xilma xilligi, bakteriyalarning ular bilan aloqasining individualligi, ularning bir biri bilan bulgan aloqa mexanizmiga va minerallarning elektron tuzilishigacha tushunishdan iborat. Bundan xulosa chiqarib xar xil sulfid minerallari tadqiq etildi: Zarmitan konidan olingan arsenopirit va ikki xil pirit, Marjonbuloq konidan pirit va Guzaksoy konidan uch xil pirit na’munalari. Tadqiqot natijalari shuni kursatdiki, Zarmitan konining piritlari xar xil elektrod potensiallari bilan farqlanib (EP)-0,590V va 0,496V kursatdi, Guzaksoy konining piritlari esa bir xil bo’lib - 0,446V kursatdi, Marjonbuloq koniniki esa 0,577V tashkil etdi. 2.8.1. rasmda eksperimental yul bilan olingan EP-pH grafiklarida Zarmitan konining arsenopiriti va Marjonbuloqning piriti natijalari shuni kursatdiki, arsenopiritning potensiali (0,421V) piritnikidan past bo’lib, bir xil muhit sharoitida sulfat kislotali Eritmaning pH kursatkichining barcha intervallarida arsenopirit, Marjonbuloq konining piritiga nisbatdan ko’proq oksidlanishga moyil ekanligi ma’lum buldi. Arsenopirit (Marjonbuloq koni) va pirit (Zarmitan koni) eksperimental tadqiqotlarda, T.Ferrooxidans ta’siri ostida ularning bakterial oksidlanish natijasida, arsenopirit, piritga nisbatdan engilroq oksidlanishi aniqlandi. Aksincha, Eritmaga oksidlanmagan temir qushilganda bakteriyalarning oksidlash faolligi kutarildi, lekin arsenopiritning oksidlanish darajasi pasaydi. Bunda xujayralarning mineral bilan adgeziyasi (yopishqoqligi) pasaygan bulishi mumkin bo’lib, sababi, Eritmada energetik maqbulroq manba paydo bulganligi uchun (jadval 2.8.1.). Minerallarning bakterial oksidlanish darajasidan xulosa qilish mumkin-piritning tizimga qushilishi bakteriyalarning faolligining oshishiga olib keladi va mishyakni eritmaga chiqaradi, bunda pH kursatkichi 1-2 atrofida bulganda, oksidlangan temir eritma muhitida ko’payganligi sababli, minerallarning intensiv korrozion holatga uchrashini ta’minlaydi. Arsenopirit va piritning bir biriga nisbati 1:2 bo’lganda, jarayonning eng faol darajada kechishi ma’lum bo’ldi.
Rasm 2.8.1. Sulfid minerallarining EP ning pH muhit ko’rsatkichiga bog‘liqligi.
1 – Marjonbuloq konining piriti;
2 – Zarmitan konining arsenopiriti.
Jadval 2.8.1.
Sulfid minerallaridan metallarning ishqorlanishi
Do'stlaringiz bilan baham: |