1-amaliy mashg‘ulot. Hujayralarni suyuq muhitlarga ekib hisoblash (cheklangan suyultirish usuli)
Hujayra-barcha hayot organizmlarning tuzilish, tarkibiy va funksional birligidir (viruslar bundan mustasno). Hujayra organizmning yashayotgan eng kichik bo‘lagi, deb belgilanadi. Baʼzi organizmlar (masalan, bakteriyalar) bir hujayralidir, yaʼni faqat bitta hujayraga ega. Boshqa organizmlar esa ko‘p hujayralidirlar (masalan, o‘rtacha odam100 trillion yoki 1014 hujayradan iboratdir; o‘rtacha hujayra o‘lchami 10 mikrometr, massasi esa 1nanogramdir). Eng katta hujayra tuyaqush tuxumi bo‘lib, uzunligi 15 sm, massasi 1.4 kg gacha bo‘ladi. Hujayrani ilk marta RobYert Guk1665-yilda kashf qilgan.
Hujayra (lot.sellula, sulis-katakcha)-barcha tirik organizmlarning tuzilishi va funksional birligi, elementar tirik sistema. Alohida organizm sifatida hayot kechirishi (bakteriyalar, eng sodda hayvonlar, ayrim suvo‘tlar va zamburug‘lar) yoki ko‘p hujayrali organizmlar to‘qimalari tarkibiga kirishi mumkin. Genetik apparat eukariotlarda sitoplazma membrana bilan ajralgan yadroda; prokariotlar esa nukleoidda joylashadi. Jinsiy hujayra meyoz natijasida hosilbo‘ladi.
Hujayra o‘lchami 0,1—0,25 mkmdan (ayrim bakteriyalar) 155 mmgacha (tuya qush tuxumi). Hujayraning xilma-xil funksiyasini ixtisoslashgan ichki strukturalar—organoidlar bajaradi. H.ning universal organoidlari: yadroda—xromosomalar, sitoplazmada—ribosomalar, mitoxondriyalar, endoplaz-matikto‘r, Goljikompleksi, lizo-somalgr. Ayrim manbalarda H. Membranasi ham organoidlar qatoriga kiritiladi. Ko‘pchilik H.da bo‘ladigan membrane strukturalari — mikronay-chalar, mikrofibrillalar H. shaklining; H. kiritmalari H. tarkibining doimiyligini taʼminlash vazifasini bajaradi.
Xujayralarni suyuq muhitlarga ekib hisoblash (cheklangan suyultirish usuli)
Ushbu usul qattiq ozuqa muhitlarida usmaydigan, yoki yomon usadigan mikroorganizmlarning miqdorini hisoblash uchun ishlatiladi. Bir xil xajmda aniq ulchangan suyuq muhit solingan probirkalarga xar xil qilib suyultirilgan suspenziya quyiladi. Inkubatsiya jarayonidan keyin, xujayralar ko’paygan yoki ko’paymagan probirkalarning sonidan kelib chiqib, 1 ml substratdagi mikroorganizmlarning kutilgan miqdori aniqlanadi.
Cheklangan suyultirish usulining mazmuni shundan iboratki, unga suyultirishga tayyorgarlik, suyuq muhitga ekish, inkubatsiya jarayonidan keyin xujayralarning ko’paygan yoki ko’paymaganini hisoblab va ruyxatga olib, belgilangan xajmdagi mikroorganizmlarning kutilgan miqdori aniqlanadi.
Suyultirilgan suspenziyani tayyorlash. Birmlamchi suspenziyani Petri chashkalaridagidek usul bilan tayyorlanadi.
Ekish va natijalarni qayd etish. Steril muhitni oldin probirkalarga quyib (kolbalar) yana sterilizatsiya qilinadi. Probirkalarga (kolbalarga) bir xil miqdordagi muhit solinadi. Ekishni oldingi suyultirilgan probirkalardan olinadi, yoki oxirgi 4 va 5 chidan va xar bir suyultirilgan variant 3-5 marotaba takrorlanadi(parallel probirkalarda). Ekilgan materialning miqdori hamma probirkalarda bir xil bulishi kerak va 1 ml tashkil etishi kerak. Ekilgan probirkalarga variant va probirka raqami yozilib, shtativga quyilib, termostatga joylanadi. Inkubatsiya davri 2 dan 15 sutkagacha davom etadi va mikroorganizmlarning usish tezligiga bog‘liq. Inkubatsiyadan keyin mikroorganizmlarning usish natijalari olinadi va bunda xar xil kursatkichlar qayd etiladi: muhitning loyqalanishi, plenka paydo bulishi, gaz yoki muhitda ma’lum miqdorda paydo bulgan metabolizm maxsulotlari.
Mikroorganizmlarning ko’payishini, ma’lum xajmdagi muhitning O’zgarishidan qayd etilib Mak-Kredi jadvalidan hisoblanadi. Ushbu jadval variatsion statistika usullari asosida ishlangan. Buni amalga oshirish uchun, avvalambor raqamlardan iborat ma’lumotnoma tayyorlanadi va unga uchta raqam kiritiladi. Chapdan birinchi raqam probirkalarning oxirgi suyultirishdagi mikroorganizmlar ko’paygan sonini kursatadi. Qolgan ikkita raqam nechta probirkalarda mikroorganizmlar usganini qayd etadi. Keyin jadvaldan izlab ushbu raqamlar quyilib, mikroorganizmlarning taxminiy miqdorini qayd etadigan raqamli ma’lumot olinadi. Mikroorganizmlarning taxminiy miqdori 1 ml (1g) birlamchi substratdagi soni va uni birinchi uchtalikdan olingan raqamga ko’paytiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |