O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS
TA’LIM VAZIRLIGI
ISLOM KARIMOV NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT TEXNIKA UNIVERSITETI
OLMALIQ FILIALI
KIMYOVIY TEXNOLOGIYA KAFEDRASI
MINERAL XOM ASHYONI BIOTEXNOLOGIK QAYTA ISHLASH ASOSLARI
FANIDAN
LABORATORIYA MASHG‘ULOTLAR UCHUN KO‘RSATMA
Olmaliq – 2018
O‘quv-uslubiy ko’rsatma I. Karimiv nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti Olmaliq filiali Kengashining 2021 yil “27” 08 da 1- sonli buyruq bilan tasdiqlangan namunaviy dasturi asosida tuzilgan.
Tuzuvchilar: TDTU, Olmaliq filiali
dots. Mamatqulov N.N.
ass. Xoshimxanova M.A.
O‘quv-uslubiy majmua Toshkent davlat texnika universiteti Olmaliq filialining “Kimyoviy texnologiya” kafedrasi majlisida (2021 yil “04” 08. 1-son bayonnoma) muhokama etildi va fakultet kengashiga tavsiya etildi.
Kafedra mudiri ______________ dots. Mamatqulov N.N.
Kotiba: _____________ Yangibaeva N.
O‘quv-uslubiy majmua Toshkent davlat texnika universiteti Olmaliq filialining energetika va mashinasozlik fakulteti kengashida ko‘rib chiqildi (2021 yil «04» 08. 1- sonli bayonnoma) va filialning uslubiy kengashiga muhokama uchun tavsiya etildi.
Fakultet kengashi raisi _____________ dots. Sattarov O.E.
Kotiba: ______________ Xoshimxanova M. A.
Mavzu: Mikroskoplarning turlari va ularning tuzilishi, mikroorganizmlarni ajratib sanash usullarini o‘rganish
Laboratoriya mashg‘ulot -1
Mikroskop-mikrozarralarni, ko‘zga ko‘rinmaydigan juda mayda narsalarni kattalashtirib kursatadigan optik asbob. Birinchi Mikroskopni 1609—1610 yillarda G.Galiley ixtiro qilgan, murakkab mikroskopning hisobini 1872 yilda e. Abbe qilgan. Mikroskopda obʼektiv sifatida bir-biriga yopishtirilgan sferik linza va koma (tasvir buzilishi)ga to‘g‘rilangan axromatik linzalardan foydalaniladi. Mikroskopda ko‘p linzali obʼektiv emas, balki ikki linza orasiga maxsus tiniq suyuqlik quyilgan immersion obʼektiv ishlatiladi. Immersion obʼektivda nur sochilishi kamayadi. Ultrabinafsha, infraqizil spektr sohasida ishlatiladigan mikroskop obʼektivi yana ham sifatli bo‘lishi zarur. Mikroskopda tekshiriladigan preparatlar o‘zidan yorug‘lik chiqarmaydi, shu sababli uni yoritish lozim. Obʼektni yoritishning turli usullari mavjud. Uning yoritilishiga qarab tasvir kontrastlari (anikligi) ortedi.
Ishlatish sohasiga qarab lyuminessent, ultrabinafsha, qutblovchi, interferension mikroskoplar; tekshirish obʼektiga qarab, biologik, elektron, metallografik mikroskop va boshqa bo‘ladi. Lyumi-nessent mikroskop boshqa mikroskoplardan ikkita (kondensor oldida va obʼektivdan keyin qo‘yiladigan) yorug‘lik filtri mavjudligi bilan farqlanadi. Bulardan tashqari, maxsus mikroskoplar ham mavjud, mas, tez va sekin utadigan jarayonlarni kinolentaga tushiradigan mikroskop, jarroxlik mikroskopi, oziq-ovqat sifatini tekshiradigan va h.k. Fotografiya, tibbiyot, biol., fizika va kimyo sohalarida mikroskop ko‘p ishlatiladi. Biologik mikroskop o‘simlik anatomiyasini o‘rganishda eng zarur asbob hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |