-kupiklantiruvchilar-har xil organik moddalardan iborat bo’lib, ularning yuza va gaz qism chegarasidagi adsorbsiyasi natijasida havoning dispergatsiyasi (mayda zarrachalarga bulinishi) osonlashadi va minerallarning bir biri bilan yopishishini kamaytirib, kupikning mustahkamligini oshiradi. Kupiklantiruvchi sifatida flotatsiya jarayonida qarag‘ay yog‘i ishlatiladi–reagent T-66. Alohida e’tibor kam sulfidli rudalarning flotatsiyasida kupiklanish jarayonida bYeriladi. Agarda, rudalar tarkibida sulfidlar kam bulsa, kupik mustahkam bulmaydi va yirik oltinning flotatsiyasi yomonlashadi.
-depressorlar: yoki bostiruvchilar, ular tarkibiga kiradigan reagentlar flotatsiya jarayonida keraksiz minerallarning flotatsiyasini pasaytirib, kupik mahsulotiga ularni utkazishmaydi. Flotatsion pulpa tarkibida ko’plab hollarda sianidlar, natriy sulfati, ishqorlar, natriy sulfidi va mis kuporosini uchratish mumkin. Ular oltinning flotatsiyasiga ko’proq va kamroq hollarda ta’sir etishi mumkin. Eng kuchli bostiruvchi – natriy sulfidi. Uning Eritmadagi miqdori 0,1 g/l etganda, oltin yuzasidagi ksantogenat adsorbsiyasi tuliq tuxtaydi. Bundan tashqari, natriy sulfidi oltin yuzasi bilan kimyoviy reaksiyaga kirishib-Au2S sulfidini hosil qiladi. Natijada oltin zarrachalarining yuzasi gidrofillanib, flotatsiya buladigan holatini yo’qotadi. Sianidlarning bostiruvchi holati, uning oltin ksantogenatini eritib, erkin va bostiruvchilar tomonidan egallanmagan oltin bulakchalarida yig‘iladi va ishqoriy muhitda uning ta’siri yanada ortadi. Natijada, oltinda adsorbsiya bulgan ksantogenat miqdori pasayib, Eritmadagi pH kursatkichi ko’payishi sayin, oltinning flotatsiya darajasi pasayadi. Lekin pasayish darajasi qo’llaniladigan ishqor turiga qaraydi. Eng kuchli bostiruvchi ohak; soda va ayniqsa natriy ishqori oltinning flotatsiyasiga kamroq salbiy ta’sir ko’rsatadi. Bush jinsni bostirish suyuq oyna va boshqa reagentlar yordamida ham bajariladi.
-faollashtiruvchilar, ular doirasiga yig‘uvchilarni sulfid yuzasiga bog‘lovchi reagentlar kiradi. Faollashtiruvchi sifatida ko’plab holatlarda mis kuporosi ishlatiladi. U tarkibida oltin bor oksidlangan sulfidlar yuzasini yaxshilaydi.
-muhit boshqaruvchilari, ular qatoriga yig‘uvchilarni, bostiruvchilarni va faollashtiruvchi reagentlarning bir biri bilan va minerallar bilan buladigan munosabatiga ta’sir etadi. Ularning asosiy ta’sir doirasi - pulpaning ion tarkibini boshqarib, dispergatsiya jarayoni va mayin shlamlarning koagulyasiyasida. Kislotali muhitda erkin oltinning flotatsiyasi neytral muhitdagiga nisbatdan pastroq bu holat ksantogenatning adsorbsiyasi va eritmadagi pH ko’rsatkichining pasayishi bilan bog‘liq. Oltin va tarkibida oltin bor sulfidlar flotatsiyasini ko’pincha pH kursatkichining 7,5-8,5 olib boriladi va boshqaruvchi reagent sifatida soda qo’llaniladi.
Barcha qo’llaniladigan flotatsion reagentlarga nisbatdan quyidagi talablar quyiladi: ta’sirning selektivligi (ajrata olishi), sifat standarti, arzon va topilishi mumkinligi, oson qullanishda.
Flotatsion boyitishda kelib chiqadigan muammolar:
gidroksid va kalsiy ionlarining haddan ziyod sorbsiya bulgan miqdorlari, qayta tozalash
flotatsiyasida (perechistnaya flotatsiya) oltinning tuliq ajralishiga tusqinlik qiladi.
erkin oltin uchun depressantlar sifatida karbonatlar, fosfatlar va arsenatlar bo’lib, ularning ayrimlari uz navbatida aktivatorlarga aylanishi mumkin.
natriy gidrosulfidi NaHS qushilganda, suyuq shisha Na2SiO3 paydo bo’lib, u ham o‘z navbatida depressant vazifasini bajaradi.
flotoreagentlar temir gidroksidi asosida minerallar yuzasini qoplab, o‘z navbatida flotatsiya jarayonini qiyinlashtiradi.
yig‘uvchi BKK-ning monomerlari dimerlarga aylanib (masalan ksantat diksantatga) va BKK-ning neytral yoki kislotali muhitda teskari effekt namoyon bo’lib, sekin lokal oksidlanishi kuzatilgan [49].
Flotatsion boyitishning loyiha va tartiblari rudalarning moddiy tarkibiga bog‘liq bo’lib, ko’plab hilma-hillikka ega. Lekin tarkibida oltin bor rudalarning flotatsiya loyihasida umumiylik bor. Rudalarning barcha turlariga ishlov bYerilganda pog‘onali flotatsiya qo’llaniladi (ko’pincha ikki pog‘onali). Pog‘onali flotatsiya jarayonini qullash tarkibida oltin bor sulfidlarning haddan tashqari ezilib ketishiga yul quyilmaydi va buning bilan ko’proq miqdordagi oltinning konsentrat tarkibiga ajratilishiga erishiladi.
Bundan tashqari flotatsion boyitish oltin bilan birga uchrovchi qimmatli komponentlarni ajratib olishga yordam beradi. Flotatsiya qo’llaniladi ruda tarkibidan sianlash jarayoniga halaqit beradigan komponentlarni (kumirli moddalar, mis minerallari, surma) olib tashlashga.
Do'stlaringiz bilan baham: |