Barqarorlik sistema ishga yaroqliligini ko‘rsatuvchi birinchi shartdir.
Boshqariluvchi yoki rostlanuvchi kattaliklar - Obyekt holatini xarakterlovchi, nazorat qilinadigan va ular orqali boshqarishni amalga oshirish mumkin bo‘lgan kattaliklar
Bir tomonga yo‘nalgan zveno deb shunday zvenolarga aytiladiki, bu zvenolarda ta’sir faqat bitta yo‘nalishda kirishdan chiqishga uzatiladi va bu zvenoning holat o‘zgarishi undan oldingi zvenoga ta’sir qilmaydi.
Birlik impuls – uzunligi nolga intiluvchi, amplitudasi esa cheksizlikka intiluvchi va yuzasi birga teng bo‘lgan eng qisqa signal.
Bel – quvvat bo‘yicha kuchaytirish koeffitsienti o‘nli logarifmini o‘lchov birligi (radiotexnikada)
Do'stlaringiz bilan baham: |