Ma’lumotlarni uzatish moduli asosidagi ENHAT
TC-485 ma’lumotlarni uzatish moduli asosidagi ENHATni qurish korxona energetigi lokal AIJdan to‘g‘ri simli aloqali ENHAT bo‘yicha va viloyat energiya ta’minoti korxonasi AIJ dan GSM kanali orqali hisoblagichlarda saqlanayotgan axborotlar to‘g‘risida ma’lumotlarni olish zarur bo‘lgan hollarda optimal yechim hisoblanadi.
Bunday hollarda korxonaga zamonaviy GSM modemlarni sotib olish zarurati va GSM aloqaga sarflarni qilishi kerak bo‘lmaydi. Bundan tashqari, TC-485 ma’lumotlarni uzatish moduli “Energiya-9” markali hisoblagichlari bilan ishlash uchun moslashtirilgan va qo‘shimcha sozlash ishlarini va DTni talab qilmaydi. Bu esa o‘z navbatida bu sxemadagi ENHATni ishga tushirish xarajatlarini kamaytiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |