AT da loyiha–smeta hujjatlari – AT ni yaratishga bog‘liq qurilish va montaj ishlarini bajarilishi uchun ishlab chiqiladigan AT da hujjatlar qismi hisoblanadi.
AT da ishchi hujjatlar – umuman avtomatlashtirish tizimini, shuningdek, tizim tarkibiga kiradigan dasturiy-texnik, dasturiy-uslubiy komplekslar va texnik, dasturiy axborot ta’minoti komponentlarini tayyorlash, qurish, montaj qilish va yig‘ish uchun zarur bo‘lgan AT da hujjatlar qismi hisoblanadi.
AT da hujjatlar “Avtomatlashtirilgan tizimlarni yaratishda hujjatlar turlari, komplektligi va belgilanishi ” GOST 34.201-89 ga muvofiq bajarilishi kerak. Standartning amalda bo‘lishi turli faoliyat sohalarida (boshqarish, tadqiq qilish, loyihalashtirish va h.k.), ularning birikmalarida ishlatiladigan AT larga qo‘llaniladi va AT ni yaratish davrlarida ishlab chiqiladigan hujjatlar turlari, nomlari, komplektligi va belgilanishini o‘rnatadi.
Tizim va uning qismlariga ishlab chiqiladigan hujjatlar nomlari ro‘yxati va ularning komplektligi avtomatlashtirilgan tizimni (nimtizimni) yaratishga texnik topshiriqda aniqlangan bo‘lishi kerak. Har bir komplektga hujjatlar qaydnomasi tuzilishi kerak. Texnik vositalarni tayyorlash, qabul qilish va montaj qilishni ta’minlaydigan hujjatlar komplektligi GOST 2.102 bo‘yicha, bu vositalarni ishlatish hujjatlari komplektligi GOST 2.601 bo‘yicha, hisoblash texnikasi dasturiy vositalariga hujjatlar komplektligi GOST 19.101 bo‘yicha belgilanadi.
Hujjatning belgilanishi quyidagi tuzilmaga ega bo‘ladi:
Hujjatning kodi ikki harfli-raqamli belgilardan tashkil topgan. Bu standart orqali aniqlangan hujjatlar uchun kod 2-jadvalning 3 grafasiga muvofiq qo‘yiladi. Qo‘shimcha hujjatlarning kodi quyidagi tarzda shakllantiriladi: birinchi belgi - 1-jadvalga muvofiq hujjat turini bildiradigan harf; ikkinchi belgi – bu turdagi hujjatning tartib nomerini ko‘rsatadigan raqam yoki harf.
Hujjat qismining nomeri oldingi belgilanishidan defis orqali ajratiladi. Agar hujjat bir qismdan iborat bo‘lsa, u holda defis qo‘yilmaydi va hujjatning qismiga nomer berilmaydi.
Avtomatlashtirilgan tizim yoki uning qismiga belgilashning tuzilishi quyidagi ko‘rinishga ega bo‘ladi:
Ishlab chiquvchi-tashkilot kodi butunittifoq korxonalar, muassasalar va tashkilotlar klassifikatoriga (BKTK) muvofiq yoki sohaviy NTD da o‘rnatilgan qoidalar bo‘yicha tayinlanadi.
ABT vazifalar uchun tizim klassifikatsion xarakteristikasi kodi 1 84 154 hisoblanadi.
Tizimning (tizimni qismining) tartiban ro‘yxatga olish nomerini belgilashlarni hisobga olish va kartotekani yuritishga ma’sul bo‘lgan ishlab chiquvchi tashkiloti xizmati tayinlaydi. Ro‘yxatga olish nomerlari rzyxatga olish xarakteristikasining har biri bo‘yicha 001 dan 999 gacha tayinlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |