NAZORAT SAVOLLARI:
Avtomatlashtirilgan tizimni yaratish jaryoni nimalardan iborat?
Avtomatlashtirilgan tizimlarni tayyorlash davrlarini tavsiflab bering.
AT ni yaratishda qanday tashkilotlar ishtirok etish huquqiga ega bo’ladilar?
AT ni yaratish davrlari va bosqichlari.
AT da texnik topshiriqning vazifasi nimadan iborat?
AT ga qanday talablar qo’yiladi?
N
Ma’ruza № 14
Texnik topshiriq va uning avtomatlashtirilgan tizimlarni yaratishdagi ahamiyati
Bo‘lajak boshqarish tizimining tuzimasi va ishlashiga mos qarashlarga kelgan ishlab chiquvchi va buyurtmachining uzoq davom etgan muzokaralari natijalari inson xotirasi va ruhiy holatlari xususiyatlari tufayli keyinchalik tanib bo‘lmaslik darajaga o‘zgarib ketishi mumkin. Bu hol yuz bermasligi uchun natijalar boshqarish tizimini ishlab chiqishga texnik topshiriq (TT) deyiladigan maxsus hujjatda qayd etilishi kerak.
AT da TT avtomatlashtirilgan tizimni yaratish (rivojlantirish yoki modernizatsiya qilish – keyinchalik yaratish) tartibi va talablarini aniqlaydigan asosiy hujjat hisoblanadi. TT ga muvofiq AT ni ishlab chiqish va uni ishlatishga kiritishni qabul qilish olib boriladi.
TT to‘liqlik xossasiga ega bo‘lishi kerak. Bunda tushuniladiki, TT da hamma narsa ob’ekt, boshqarish tizimi bajaradigan funksiyalar, shuningdek, buyurtmachi unga qo‘yadigan talablar aks etadi. Albatta, TT to‘liqligi bu nisbiy tushuncha. Buyurtmachi nimanidir hisobga olmasdan TT ga qandaydir prinsipial talabni kiritmagan bo‘lishi mumkin.
Lekin, ko‘pincha topshiriq tushunmovchilik tufayli etarli bo‘lmagan to‘liq va aniq bo‘ladi, shuning uchun so‘zlashuv jarayonida buyurtmachida hali bo‘lajak boshqarish tizimi qanday ishlashi kerak va unga qanday talablar qo‘yilishi kerakligi haqida yakunlangan konsepsiya yuzaga kelmagan bo‘ladi. Bu holda ishlab chiquvchi va buyurtmachiga loyihalashtirishning borishida bosqichma-bosqich TT ni to‘ldirish va aniqlashtirish bilan bir necha martta qayishga to‘g‘ri keladi. Afsuski, bunday amal yo‘qotilishi o‘rniga qoida bo‘lib qoldi. “Mazkur texnik topshiriq tizimni ishlab chiqish jarayonida tomonlarning roziligi bilan to‘ldirilishi va aniqlashtirilishi mumkin” iborasi bir taxlitdagi bo‘lib qoldi, buning natijasi ishlab chiquvchi o‘z ishini ko‘p martta qayta qilishi kerak bo‘lishi mumkin.
Qabul qilingan TT ga kiritiladigan o‘zgartirishlar to‘ldirishli rasmiylashtiriladi yoki buyurtmachi va ishlab chiquvchi imzolagan bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi. To‘ldirish yoki ko‘rsatilgan bayonnoma TT ning ajralmas qismi hisoblanadi. TT ning titul varag‘ida “....dan amalda” yozuvi bo‘lishi kerak.
AT da TT faqat bu turdagi tizimlarga (ABT, SAPR, ASNI va h.k.) talablarga to‘ldiriladigan, amaldagi NTD da bo‘lgan talablarni o‘z ichiga oladi va u uchun tizim yaratiladigan aniq bir ob’ektning o‘ziga xos xususiyati orqali aniqlanadi.
Ishlarni tanlovli tashkil etishda AT da TT variantlari buyurtmachi tomonidan ko‘rib chiqiladi, u avzal variantni tanlaydi yoki taqqoslash tahlil etilishi asosida AT ni bo‘lajak ishlab chiquvchisi qatnashishi bilan AT da TT yakuniy variantini tayyorlaydi.
AT da TT mustaqil yoki boshqa tizim tarkibida ishlash uchun mo‘ljallangan tizimga ishlab chiqiladi.
TT AT qismlariga qo‘shimcha ishlab chiqilishi mumkin:
bu standart talablariga muvofiq AT nimtiizimlariga, AT vazifalari komplekslariga va h.k.;
ESKD va SRPP standartlariga muvofiq texnik ta’minlash butlovchi vositalariga va dasturiy-texnik vositalariga;
ESPD standartiga muvofiq dasturiy vositalarga;
AT buyurtmachisi idorasida amaldagi NTD va GOST 19.201 ga muvofiq axborot jihozlariga.
Izoh. ABT ga TT da o‘zaro bog‘langan ob’ektlar guruhlari faqat talablar ob’ektlari guruhlari uchun umumiy guruhlarga kiritilishi kerak. Alohida boshqarish ob’ektining o‘ziga xosxususiyatli talablarini bu ob’ekt ABT ga TT da aks ettirish kerak bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |