Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti



Download 13,43 Mb.
bet17/104
Sana26.07.2021
Hajmi13,43 Mb.
#129335
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   104
Bog'liq
2 5384341911899211919

NAZORAT SAVOLLARI:

  1. Korxona energiya iste’molini nimalar tashkil etadi?

  2. Korxona energiya iste’moli TTTE darajasi nechta asosiy qismlardan tashkil topgan?

  3. Sanoat korxonalari ENHAT tizimlarining iqtisodiy samaradorligi nimalardan iborat?


Ma’ruza № 10

Elektr energiya sifatini nazorat qilish

Elektr energiya zamonaviy iste’molchilari o‘zlarining barcha texnologik samaradorliklarida ko‘pincha elektr energiya sifatiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Elektr energiya sifatining yomonlashishi elektrotexnik va texnologik qurilmalar ishlarida salbiy bilinmoqda. Bir necha uncha katta bo‘lmagan misollarni keltiramiz.

Kuchlanish egriligi shaklining buzilishi elektr ta’minoti tizimlari ko‘plab elementlarining ishlashida salbiy bilinmoqda. Aktiv quvvat va energiyaning qo‘shimcha yo‘qotishlar vujudga kelmoqda, izolyasiyaning eskirishi jarayoni jadalroq bo‘lib o‘tmoqda, elektr o‘lchov asboblarining xatoliklari ortmoqda, EHM, releli himoya, avtomatika va aloqa qurilmalarining ishlatilishi qiyinlashmoqda, bu elektr ta’minoti tizimining ishonchliligini kamaytiradi, elektr energiyani hisobga olish shartlarini yomonlashtiradi.

ETT da kuchlanishlar tebranishlarining paydo bo‘lishi ularga sezgir bo‘lgan elektr qabullagichlari ishlashida, birinchi navbatda elektr yoritish uskunalari ishlashida salbiy bilinmoqda.

Uch fazali tarmoqlardagi nosimmetriyada elektr tarmoqlar elementlarida qo‘shimcha yo‘qotishlar paydo bo‘lmoqda, lampalar va elektr jihozlar xizmat muddatlari qisqarmoqda, uning ishlashining iqtisodiy ko‘rsatkichlari kamaymoqda. Transformatorlarning qizib ketishi, natijada ularning xizmat qilish muddatini qisqarishi sezilarli bo‘lishi mumkin.

Elektr energiyaning sifati davlat standartlariga javob berishi yoki shartnomada ko‘zda tutilishi kerak. Elektr energiyaning sifatini yomonlashishiga iqtisodiy sanksiyalar, elektr energiyaga kamaytirilgan narxlar va ustamalar ko‘zda tutilgan. Kamaytirilgan narxlar va ustamalar o‘lchami “Elektr energiyaga tariflarga kamaytirilgan narxlar va ustamalarning qo‘llanilishi qoidalarida” o‘rnatilgan.

Tarifdan kamaytirilgan narxlar kuchlanish va chastotaning og‘ishi bo‘yicha pasaytirilgan sifatli elektr energiyani, shuningdek, energiya ta’minoti tashkiloti aybi bo‘yicha nosinusoidallik, teskari va nolli ketma-ketlik koeffitsientlari va kuchlanishning o‘zgarish qadami (kulanish tebranishlari dozasi) ko‘rsatkichlari bo‘yicha pasaytirilgan sifatli elektr energiyani iste’molchiga berilishida qo‘llaniladi

Tarifga ustamalar iste’molchilar aybi bo‘yicha nosinusoidallik, teskari va nolli ketma-ketlik koeffitsientlari va kuchlanishning o‘zgarish qadami (kuchlanish tebranishlari dozasi) ko‘rsatkichlari bo‘yicha elektr energiyaning sifati pasaytirilganda qo‘llaniladi

YUqorida aytilganlarni hisobga olganda nima uchun hozirgi vaqtda elektr energiyasi sifati muammosi bosqichma-bosqich birinchi rejaga chiqayotganligi aniq bo‘lib qoladi.

Rossiyada (ko‘plab MDH davlatlari kabi) GOST 13109-97 «Umumiy foydalanishdagi elektr ta’minoti tizimlaridagi elektr energiya sifatiga me’yorlar» standarti qabul qilingan. Standartga muvofiq, uch fazali tok tarmoqlaridan ta’minlashda elektr energiya sifati ko‘rsatkichlari tizimini kuchlanishning og‘ishi, kuchlanishning o‘zgarish qadami, fliker jadalligi (dozasi), kuchlanishning egriligi sinusoidalligini buzilishi koeffitsienti, yuqori garmonikalar koeffitsienti, kuchlanishning teskari va nolli ketma-ketligi koeffitsienti, kuchlanish botiqligining davomiyligi, kuchlanish impulsi, vaqtinchalik o‘ta kuchlanish koeffitsienti, chastotaning og‘ishi tashkil etadi.

Elektr energiyaning sifat ko‘rsatkichlarini nazorat qilish ishi qanday vaziyatda turibdi? Elektr energiya zamonaviy hisoblagichlari ko‘pincha elektr energiya sifatini baholashga imkon beradi. Masalan, Alfa turkumidagi barcha yangi hisoblagichlar faza toklari, kuchlanishlari, chastota va quvvat koeffitsientining joriy qiymatlari kabi elektr energiya sifatining qator parametrlarini o‘lchash va nazorat qilish, xotirada qayd etish va o‘rnatmalar chegaralaridan parametrlarni chiqishi haqida sinalizatsiya mkoniyatiga ega. Berilgan o‘rnatmalardan ortganda sifat ko‘rsatkichlari bo‘yicha relening ishlab ketishini dasturlashtirish imkoniyati mavjud bo‘lib, bunda u bu vaziyat haqida signal beradi yoki yuklama qismini uzadi.

Lekin, salbiy momentlar ham mavjud. Sifatni nazorat qilish funksiyasili elektr energiya hisoblagichlari etarlicha qimmat turadi. Masalan, Alfa-Plyus hisoblagichining narxi taxminan 1000$ ni tashkil etadi. Alfa hisoblagichlari ko‘riklarni o‘tkazilishida elektr energiya sifat parametrlarini o‘lchash asbobini almashtira olmaydi, chunki sifat parametrlarini o‘lchash turning tavsifida indikatorlar sifatida berilgan.


Download 13,43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   104




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish