III. Mustaqil ta’lim va mustaqil ishlar
Mustaqil ta’lim davomida talabalar o’quv dasturiga kirmagan mavzularni qo’shimcha adabiyotlar asosida mustaqil o’rganadilar. Mustaqil ta’lim ikki usulda: Referat va nazorat ishi ko’rinishida bajariladi.
Talaba mustaqil ishni tayyorlashda fanning xususiyatlarini hisobga olgan holda quyidagi shakllardan foydalanish tavsiya etiladi:
-darslik va o’quv qo’llanmalari bo’yicha fan boblari va mavzularini o’rganish;
-tarqatma materiallar bo’yicha ma’ruzalar qismini o’zlashtirish;
-maxsus adabiyotlar bo’yicha fanlar bo’limlari yoki mavzulari ustida ishlash;
-talabalarning o’quv-ilmiy-tadqiqot ishlarini bajarishi bilan bog’liq bo’lgan fanlar bo’limlari va mavzularini chuqur o’rganish;
-faol va muammoli o’qitish uslublaridan foydalanadigan o’quv
mashg’ulotlari.
Mustaqil ta’lim mashg’ulotlari
1.O’zbekistonda ijtimoiy sohada amalga oshirilayotgan o’zgarishlar
mazmun mohiyati.
2. Mustaqillik yillarida davlat boshqaruv tizimida amalga oshirilgan islohotlarning xususiyatlari mavzusida doklad tayyorlash.
3. Yuksak ma’naviyatli yoshlarni tarbiyalashda O’rta Osiyo allomalari ilmiy merosining o’rni (allomalar ijodi va faoliyati misolida) mavzusida doklad tayyorlash.
4. O’zbekiston Respublikasida ommaviy axborot vositalarining faoliyati (o’zgarish va muammolar) haqida referat tayyorlash.
5. Qishloq xo’jaligi va sanoat sohasidagi o’zgarishlar haqida referat tayyorlash.
6.O’zbekistonda inson huquqlari va erkinliklari kafolatining yaratilishi masalasida internet saytlaridan ma’lumot to’plash.
7. Milliy xavfsizlikni ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlarning mazmun-mohiyati haqida referat tayyorlash
8.O’zbekistonni halqaro reytinglardagi ko’rsatgichlarini ko’tarishning tarixiy va siyosiy ahamiyati.
9.Siyosiy –huquqiy sohadagi (10ta) ustuvorhalqaro reytinglar va ularga O’zbekistonning integratsiyalashuvi.
10.Iqtisodiy va ijtimoiy sohadagi ( 14ta) ustivor halqaro reytinglar va ularga O’zbekistonning integratsiyalashuvi.
Mustaqil o’zlashtiriladigan mavzular bo’yicha talabalar tomonidan refaratlar tayyorlash va uni taqdimot qilish tavsiya etiladi.
IV. Glossariy
“Konstitutsiya”
|
davlatning bosh qomusi.
|
“Ommaviy axborot vositalari”
|
jurnal, gazeta, axborot agentliklari, teleradio-kompaniyalar.
|
“Parlament”
|
Qonun chiqaruvchi organ. O’zbekiston parlamenti ikki palata: Qonunchilik palatasi va Senatdan iborat.
|
“Paxta ishi”
|
sobiq ittifoqning o’zini saqlab qolish maqsadida O’zbekiston va o’zbek xalqi nomini badnom qilish uchun to’qib chiqargan siyosati.Bir xalqning nomini badnom qilish orqali boshqa xalqlar va respublikalarni qo’rqitish usuli.
|
“Suveren davlat”
| |
Do'stlaringiz bilan baham: |