Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti termiz filiali gumanitar va ijtimoiy-iqtisodiy fanlar kafedrasi



Download 44,72 Mb.
bet29/90
Sana17.07.2022
Hajmi44,72 Mb.
#817886
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   90
Bog'liq
2 5260647601098725488

O’zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimovning ajdodlar merosi va milliy qadriyatlarni tiklash borasidagi xizmati. Islom Karimov xalqimizning milliy-ma’naviy qadriyatlariga hurmat bilan munosabatda bo’lishni, muqaddas dinimizni, an’analarimiz va urf-odatlarimizni saqlash va rivojlantirishni, bebaho tarixiy merosimizni asrab-avaylashni davlat siyosati darajasiga olib chiqdi. Bu hayotiy zarurat edi. Chunki o’z ozodligini, erkini qo’lga kiritgan xalq ko’p asrlar davomida bosib o’tgan tarixiy yo’lini aniq bilishi, buyuk ajdodlari merosidan to’la bahramand bo’lishi kerak edi. Bu millatimizning o’zligini anglab yetishi, sovet hukmronligi davrida toptalgan g’ururini tiklashi, yuksaltirishi, mamlakatimizning kelajak yo’lini belgilab olishi uchun xizmat qilardi. Ushbu ishlarni amalga oshirishda mamlakatimizning Birinchi Prezidenti Islom Karimovning mustaqillikning ilk yillarida taarixchi olimlar bilan uchrashuvda o’rtaga tashlagan “Tarixiy xotirasiz kelajak yo’q” degan g’oyaviy konsepsiyasi asos bo’ldi.
Tariximizni haqqoniy yoritishda xalqimizning yaratuvchilik faoliyati bilan bog’liq bo’lgan qadimiy shaharlarimizdagi yodgorliklar, obidalar, inshootlarni qayta qurish, ta’mirlash, asl holida bunyod etish kabi ishlarga alohida e’tibor berildi. Madaniy boyliklar tariximizning asl manbalari, ilmiy asoslari hisoblanadi. Ma’lumki, mamlakatimizda 7198 ta tarixiy yodgorliklar ro’yxatga olingan bo’lib, shunday 2357 tasini me’moriy obidalar, 3843 tasini arxeologik yodgorliklar, 998 tasini mahobatli tarixiy inshootlar tashkil qiladi. Bu raqamlar mamlakatimizni nafaqat Sharqda, balki butun dunyoda tarixiy madaniy yodgorliklarga boy o’lkalardan biri sifatida namoyon etadi.
Yurtimiz mustaqillikka erishishdan oldin bu me’moriy yodgorliklar, obidalarning aksariyati buzilgan, ta’mir qilinmagan, yarim vayrona holatlarda edi. Islom Karimov birinchi navbatda, ana shunday inshootlarni, yodgorliklarni qayta tiklash, ta’mirlash, asl tarixiy asosda bunyod etishga e’tiborni qaratdi. Natijada xalqaro jamoatchilik ishtirokida o’tmishda fan, ta’lim, ma’naviyat, madaniyat markazlari hisoblangan Samarqandning 2750 yilligi, Qarshining 2700 yilligi, Buxoro, Xiva va Termizning 2500 yilligi, Marg’ilonning 2000 yilligi, O’zbekistonning boshqa shaharlar yubileylari keng nishonlandi. Allomalarimiz nomlari bilan ataladigan 50 dan oshiq muqaddas ziyoratgohlar ham qaytadan bunyod etilib, obod va go’zal maskanlarga aylantirildi.
Islom Karimov tashabbusi bilan mustaqillik yillarida madaniy meros obyektlarini qayta qurish, ta’mirlash va obodonlashtirish bilan birgalikda o’tmishda yashab o’tgan ulug’ allomalar, buyuk siymolar merosini o’rganish, nomlarini ulug’lash, xotiralarini abadiylashtirish borasida ham ulkan ishlar qilindi. Amir Temur, Mirzo Ulug’bek, Zahiriddin Muhammad Bobur, Imom Buxoriy, Bahouddin Naqshbandiy, Abu Ali ibn Sino, Abu Rayhon Beruniy, Muhammad Xorazmiy, Ahmad Farg’oniy, Imom Termiziy, Imom Moturidiy, Alisher Navoiy, Mahmud az-Zamaxshariy kabi “Sharq uyg’onish davrini” yaratgan misli ko’rilmagan davlat arboblari va olimlar, mutaffakirlar, shoirlar hamda ma’rifatparvarlarning yubiley sanalari nishonlandi. Jahon hamjamiyati ularning Islom madaniyatiga va jahon faniga qo’shgan bebaho hissasini e’tirof etmoqda.
Islom Karimov 1998 yil 6 noyabrda YuNESKOning xalqaro Abu Ali ibn Sino oltin medali bilan taqdirlandi. Bu oliy mukofot xalqimizning umumbashariy sivilizasiya taraqqiyotiga qo’shgan hissasi va xizmatining tan olinishi, davlatimiz tomonidan tarixiy, madaniy, ma’naviy merosni asrab-avaylash borasida amalga oshirilgan ishlarning munosib bahosi bo’ldi.
2006 yil 8 sentyabrda YuNESKO Bosh direktori Koichiro Masuura I.Karimovga YuNESKOning oltin medalini topshirdi. Birinchi Prezidentimizga bu mukofot xalqlar o’rtasidagi do’stlik va hamkorlikni mustahkamlash, madaniyat va dinlararo muloqotni rivojlantirish, ta’lim tizimiga bag’rikenglik g’oyalarini joriy qilish yo’lidagi ulkan xizmatlari uchun taqdim etildi.
2014 yil 15 mayda I.Karimov tashabbusi bilan tashkil etilgan “O’rta asrlar Sharq allomalari va mutafakkirlarining tarixiy merosi, uning zamonaviy sivilizasiya rivojidagi roli va ahamiyati” mavzusidagi konferensiyada YuNESKO Bosh direktorining o’rinbosari, Osiyo va Tinch okeani mintaqaviy byurosi direktori Xubert Gizen mamlakatimizda milliy qadriyatlarni tiklash, boy tariximizni o’rganish, fan va ta’lim tizimini rivojlantirishga qaratayotgan e’tibori uchun I.Karimovga minnatdorlik bildirdi.
Birinchi Prezident ma’naviy tiklanish, milliy o’zlikni anglashni mustahkamlash, xalqimizning tarixiy xotirasini tiklash, uning ulkan ilmiy va madaniy salohiyatini avaylash jarayonining tashabbuskori bo’ldi. Bu O’zbekistonning rivojlanishini ta’minlab bermoqda. Prezident Sh.Mirziyoyev ta’kidlaganidek, “O’zining ona xalqi va Vatanini, uning bebaho milliy qadriyat va an’analarini jonu dilidan sevgan va qadrlagan Islom Abdug’aniyevichning olib borgan izchil siyosati tufayli qadimiy va shonli tariximiz, boy ma’naviyatimiz, muqaddas dinimiz qayta tiklangani yurtdoshlarimiz hayotiga yangicha ma’no-mazmun bag’ishladi. Shuning uchun hama xalqimiz 25 yillik istiqlol davrida erishilgan barcha yutuq va natijalarni haqli ravishda Birinchi Prezidentimizning nomi va faoliyati bilan uzviy bog’liq holda ko’radi”.
2017 yilning 27 noyabr sanasida mustaqil O’zbekiston Respublikasining 25 yil ichida ichki va tashqi siyosatda o’z yo’lini tanlab, xalqaro hamjamiyatda munosib o’rin va mavqyega ega bo’lishi, dunyo davlatlari bilan tinchlik, barqarorlik, tenglik va o’zaro manfaatdorlikka asoslangan hamkorlik aloqalarini yo’lga qo’yishida bor kuch-g’ayrati, ongu-tafakkuri, qalb qo’rini bag’ishlagan, haqiqiy fidoiylik, mardlik va vatanparfarlik namunasini ko’rsatgan O’zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Abdug’aniyevich Karimovning 80 yillik tavalludini nishonlash to’g’risidagi O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyev tomonidan qabul qilingan Qarorning amaliy ifodasi sifatida 2018 yilning 30 yanvar kuni buyuk davlat va jamoat arbobi tug’ilib o’sgan Samarqand shahrida Islom Karimov xotirasiga atab bunyod etilgan maqbara majmuasining ochilishi muhim tarixiy va ibratli voqyea bo’ldi.
Tarixiy shaharlar (Buxoro, Samarqand, Marg’ilon, Qarshi, Xiva, Shahrisabz) yubileylarining xalqaro miqyosda keng nishonlanishi. Tarixi necha ming yillarga borib taqaladigan ko’hna va hamisha navqiron shaharlarimiz yubileyini xalqaro miqyosda nishonlash an’ana tusini oldi. Samarqand, Xiva, Buxoro, Shahrisabz, Qarshi, Termiz, Marg’ilon, Toshkent singari qadim va ­muazzam shaharlarimizning to’ylarini ­nishonlash asnosida tariximizni yanada ­teran o’rgandik, shaharsozligimiz, madaniyatimiz ildizlarini chuqur tadqiq etdik, shunday ulug’ yurt farzandi, shavkatli ­ajdodlar vorislari ekanimizdan cheksiz faxru iftixor tuydik. Xalqimiz dahosining boy madaniy-ma’naviy qadriyatlaridan sanalgan “Avesto”ning 2700 yilligi, “Alpomish”ning 1000 yilligi, Xorazm ­Ma’mun akademiyasining 1000 yilligi ­katta bayram qilindi. Jumladan:

  • 1993 yil 11 dekabr – YuNESKOning qarori bilan Buxoro Umumjahon madaniy merosi ro’yxatiga kiritildi. 1997 yil 18-19 oktyabr kunlari Buxoro shahrining 2500 yillik yubileyiga bag’ishlangan tantanali marosim o’tkazildi. “Insoniyatning ilmiy va madaniy merosi – uchinchi mingyillikka” mavzuida xalqaro simpozium bo’lib o’tdi.

  • 1997 yil 20 oktyabr – Xiva shahrining 2500 yillik yubileyiga bag’ishlangan tantanali marosim o’tkazildi.

  • 2002 yil 2 aprel – Termiz shahrining 2500 yillik yubileyiga bag’ishlangan tantanali marosim bo’ldi.

  • 2003 yil 12 sentyabr – Nukus shahrining 70 yilligi nishonlandi va shahar “Do’stlik” ordeni bilan mukofotlandi.

  • 2006 yil 27 oktyabr – Qarshi shahrining 2700 yilligiga bag’ishlangan tantanali marosim bo’ldi.

  • 2006 yil 2 noyabr – Xorazm Ma’mun akademiyasining 1000 yilligi Xivada tantanali nishonlandi.

  • 2007 yil 24-26 may – Samarqandning 2750 yilligiga bag’ishlangan “Samarqand shahrining umumbashariy madaniy taraqqiyot tarixida tutgan o’rni” mavzuida xalqaro ilmiy simpozium o’tkazildi.

  • 2007 yil 25 avgust – Samarqand shahrining 2750 yillik yubileyiga bag’ishlangan tantanali marosim o’tkazildi. Bu marosim Samarqandda 1997 yildan buyon an’anaviy tarzda o’tkazib kelinayotgan “Sharq taronalari” VI xalqaro musiqa festivaliga ulanib ketdi.

  • 2007 yil 7 sentyabr – Marg’ilon shahrining 2000 yillik yubileyiga bag’ishlangan tantanali marosim o’tkazildi.

  • 2009 yil 26-27 may – Toshkent shahrining 2200 yillik yubileyiga bag’ishlangan “O’zbekiston poytaxti Toshkent – 2200 yoshda” mavzusida xalqaro ilmiy konferensiya o’tkazildi.

  • 2009 yil 1 sentyabr – O’zbekiston Respublikasi poytaxti Toshkent shahrining 2200 yilligiga bag’ishlangan tantanali marosim o’tkazildi. Bu marosim O’zbekiston Respublikasi mustaqilligining 18 yillik tantanalariga ulanib ketdi.


Download 44,72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   90




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish