7.2.4 Ekvivalent elektr almashtirish sxemasi
Elektr qurilmaning hisobiy sxemasi bilan birgalikda to‘g‘ri ketma – ketlikdagi ekvivalent elektr almashtirish sxemasi quriladi.
Almashtirish sxemasi deb, hisobiy sxemaning dastlabki ma’lumotlariga mos keluvchi elektr sxema bo‘lib, bunda barcha magnit bog‘lanishlar elektr bog‘lanishlarga almashtirilgan holatdagi sxemaga aytiladi.
25-jadvalda asosiy elektr uskunalarning almashtirish sxemalari ko‘rsatilgan:
25-jadval
Asosiy elektr qurilmalarning almashtirish sxemalari va parametrlarini hisoblash formulalari.
Elektr qurilma elementi
|
Almashtirish sxemasi
|
Hisoblash formulalari
|
Nomli birliklarda, Om
|
Nisbiy birliklarda
|
Generator
|
|
|
|
Elektr tizim
|
|
yoki
yoki
|
yoki
yoki
|
Transformator
|
|
Aktiv qarshilik hisobga olinganda
|
Aktiv qarshilik hisobga olinganda
|
Reaktor
|
|
|
|
Liniya
|
|
|
|
Qabul qilingan (13-rasm) variantning almashtirish sxemasini tuzib olamiz.
19-rasm. Tarmoqning almashtirish sxemasi.
Almashtirish sxemani tuzib olgandan so‘ng, sxemadagi barcha qarshiliklarning qiymatlari hisoblanadi. Almashtirish sxemadagi qarshiliklarni hisoblashning 2 usuli mavjud: nisbiy birliklarda (ya’ni bazaviy kattalikning ma’lum bir ulushida) va nomli birliklarda (Om da).
Nisbiy birliklarda hisoblashda bazis shartlari berilishi lozim:
- bazaviy quvvat, MVA;
- bazaviy kuchlanish, kV.
Bazaviy quvvat sifatida istalgan kattalikni qabul qilish mumkin. Nisbiy birliklarda hisoblangan qarshiliklarning qiymatlarida qulaylik tug‘dirish maqsadida ko‘pgina hollarda qabul qilinadi. Bazaviy kuchlanish sifatida almashtirish sxemadagi har bir pog‘onaning o‘rtacha kuchlanishi qabul qilinadi.
2-jadvaldan foydalanib almashtirish sxemadagi EYuK larni va qarshiliklarni nisbiy birliklarda hisoblaymiz. Bunda bazis quvvati sifatida , bazis kuchlanishlari , , qabul qilamiz.
GES dagi generatorlarning quvvatlari bir xil bo‘lgani uchun generatorlarning EYUK va qarshiliklarining kattaliklari bir xil qiymatga ega bo‘ladi.
Generator qarshiliklarining qiymatlarini topamiz.
.
Kuch transformatorlarning qarshiliklarini nisbiy birliklarga o‘tkazish. Bunda OTQ-1 dagi (1-rasm) uchta kuch transformatorning rusumlari va parametrlari bir xil bo‘lganligi uchun, transformatorlarning qarshiliklarining qiymati bir biriga teng bo‘ladi.
.
OTQ-2 dagi kuch transformatorlarining qarshiliklarini nisbiy birliklarga o‘tkazamiz:
.
O‘z ehtiyoj transformatorlarning qarshiliklarini nisbiy birliklarga o‘tkazish. O‘z ehtiyoj transformatorlari generatorlarning quvvatiga bog‘liq ravishda tanlangani uchun, stansiyamizdagi o‘z ehtiyoj transformatorlarining rusumlari va parametrlari bir xil bo‘lganligi uchun, transformatorlarning qarshiliklarining qiymati bir biriga teng bo‘ladi.
.
OTQ-1 dagi havo elektr uzatish yo‘lining qarshiligini nisbiy birliklarga o‘tkazamiz.
.
OTQ-2 dagi havo elektr uzatish yo‘lining qarshiligini nisbiy birliklarga o‘tkazamiz.
Avtotransformatorning qarshiliklarini nisbiy birliklarga o‘tkazish.
Tizim uchun EYuK ni deb olamiz. Tizim qarshiligini esa quyidagicha topamiz:
.
Yuklama uchun EYuK ni , yuklama qarshiligini esa deb qabul qilamiz.
Almashtirish sxemadagi barcha parametrlarni nisbiy birliklarga o‘tkazib bo‘lgach, berilgan qisqa tutashuv nuqtalaridagi qisqa tutashuv toklarini hisoblaymiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |