Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti olmaliq filiali «konchilik ishi» kafedrasi



Download 5,28 Mb.
bet46/107
Sana01.07.2022
Hajmi5,28 Mb.
#727593
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   107
Bog'liq
O\'UM ГЕОМЕХАНИКА lotin

Shtangalar va egiluvchan tros uzatmalar qatlamsimon yoki slanetsli tuzilishga egabо‘lgan kam shamollatilgan yirik blokli tog‘ jinslarining qoyali massivlari pog‘onalarini mustahkamlash uchun qо‘llaniladi.
Ishlash tavsifiga kо‘ra, chо‘zilganda va kesilganda ishlaydigan shtangalarga ajratish ummkin. Shtangalar va tortilganda ishlaydigan trosli uzatmalar ular о‘rnatilgandan sо‘ng yoki ularni maxsus mexanizmlar yordamida о‘rnatilgandan sо‘ng tortiladi. Bunda berilgan boshlang‘ich tortish bilan shtanga о‘rnatilganda ishlarni olib borilishini soddalashtirish maqsadida, gorizontal yoki gorizontga teng bо‘lgan 10—15 grad. teng bо‘lgan burchak ostida burg‘ulanadi. Kesishga ishlaydigan shtangalar yuqori diametrga va kesishga qarshilikka ega va bloklarni siljiish yuzasiga normal tarzda о‘rnatiladi (ye = 90 ). Qiyaliklarni mustahkamlash samaradorligini hisobga olgan holda shtangalar qiyaligining eng tejamkor burchagi 45 + φ12ga teng bо‘lgan burchakdir.
Turli xil shtangalar qulfli qismining konstruksiyasi bilan ajralib turadi.
Qulfli qismda egiluvchan kuchlar о‘rnatilganda, tros yoziladi va natijada tutamlarning beton bilan qarshilik yuzasi kattalashishi hisobiga qulfning mustahkamligi ortadi.
Mustahkamlanayotgan tog‘ jinsining о‘lchamlariga qarab qiyalik yuzasida temir beton plitalarini tortib turuvchi sifatida metall tо‘r, metall tо‘r bо‘ylab esa torkret-beton qо‘llaniladi.
Pog‘onalarni shtangalar va egiluvchan trosli uzatmalar bilan mustahkamlash parametrlarining hisoblari tog‘ jinslarining kutiladigan ma’lum bosimida quyidagi ta’riflarni о‘z ichiga oladi: ma’lum uchastka uchun konstruksiyani boshlang‘ich tortish kattaliklari; mustahkamlar elementlarining umumiy soni;konstruksiyalar о‘rtasidagi masofa; buzilmagan massivda konstruksiyalar qulflarini berkitish chuqurliklari.
Mustahkamlash elementlarining umumiy tortishish kattaligi Q (kN.m)Fo (kN.m) buzilish prizmasining kutilayotgan maksimal bosimidan katta yoki unga teng bо‘lishi kerak.
Bir tipdagi shtangalar yoki trosli uzatmalarning pog‘onaning 1 m uzunligiga bо‘lgan soni m quyidagi ifoda bilan aniqlanadi:
m = Fo 1Qr
bundaQ – bir elemetning chо‘zilishiga ishlaganda kо‘tarib turuvchi qobiliyati, N.
Temirbeton shtangalari boshlang‘ich tortishsiz ularni kesimda ishlashi uchun о‘rnatilganda konstruksiyalarning umumiy soni m quyidagi formula bо‘yicha aniqlanadi:
m = 4Fo 1πdRsr,
bundad –konstruksiyadiametri, mm; Rsr – kesim konstruksiyasi materialining meyoriy qarshiligi, MPa.
Qatordagi alohida mustahkamlash elementlari о‘rtasidagi, shuningdek qatorlar о‘rtasidagi masofa tuzilma bloklarining о‘lchamlaridan va uchastkaning holatidan kelib chiqqan holda aniqlanadi.
Qiyaliklarni kо‘chkiga qarshi yaxlit inshootlar bilan mustahkamlash. Kiyaliklarni mexaniqaviy mutahkamlashga kо‘chkiga qarshi inshootlar: yalpi tirgak devor, himoya devori va kontrfors kiradi.
Yalpi tirgak devor – qiyalik turg‘unligining buzilishdan ushlab turuvchi va unng yuzasiga kuchlanishni chiqaruvchi temirbeton konstruksiY.
Yalpi tirgak devorning vazifasi – kо‘chkili massalarning ularning tarqalish fronti bо‘ylab bosimiga va kо‘chki jismining balandligiga qarama-qarshi qarshilik kо‘rsatish. Ularning asosi kо‘chki deformatsiyalari zonasidan tashqarida joylashgan va konstruksiyasining og‘irligini, kо‘chki bosimi va kon-texnik omillarning ta’sirini hisobga olgan holda siljishga etarli qarshilikka ega bо‘lishi kerak.
Yalpi temirbeton devorining mustahkamlikka bо‘lgan hisobi etagi va qulashi bо‘ylab siljish qarshiligini hisobga olgan holda amalga oshiriladi. Ushbu hisoblar natijasida normal sharoitlar uchun quyidagi muvofiqlar bо‘lishi kerak: kо‘chki bosimi devor etagi bо‘ylab ruxsat etilgan kattaklikdan oshib ketmasligi; ag‘darilishga va devorning siljishiga turg‘unligining etarli zahirasi ta’minlangan bо‘lishikerak. Ushbu shartlarni mustahkam qoyali yoki qoziqli asosda hamо‘lchamli (yeni va balandligi) gabaritlarga ega bо‘lgan tirgak devorini solish tufayli qoinqtirish mumkin.
Devor parametrlari, siljishga zahira koyeffitsiyenti 1,3ga teng, ag‘darilishga zahira koyeffitsiyenti esa 1,5ga teng bо‘lgan shart bо‘yicha aniqlanadi. Bunda devor etagi bо‘ylab kuchlanishlar bir etkis taqsimlangan bо‘lishi va ruxsat etilgan qiymatlardan oshib ketmasligi kerak.
Agar devor zaiv asosda qurilsa, unda hisob orqali devor etagi ostida siljish imkoniyati tekshiriladi. Turg‘unlik zahirasning koyeffitsiyenti quyidagi formula bо‘yicha aniqlanadi
ƒ Fsosδ,
bunda Rs – devorning о‘z massasi, kg; F – kо‘chki bosimining teng ta’sir qiluvchisi, Mpa; δ – teng ta’sir qiluvchi kо‘chki bosimining gorizontga qiyalik burchagi, grad; ƒ – devor etagining asosi bо‘yicha ishqlanish koyeffitsiyenti.
Devorning ag‘darilishga qarshi turg‘unligi tutib turuvchi lahzalar Mud (kN.m) va ag‘daruvchi Mopr (kN.m):
p = Mud1Mopr
0 Mud = Rsχ+Fsipδż
nuqtasiga nisbatan tutib turuvchi kuchning, Mopr = Fsoѕ δu nisbatan esa ag‘daruvchi kuchning lahzasi.
Bunda devorning turg‘unlik zahirasining ag‘darilishga nisbatan koyeffitsiyenti quyidagi ifodadan aniqlanadi:



Download 5,28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   107




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish