11 – MA’RUZA
MASSIVLAR DEFORMATSIYALANISHI.
Reja:
1.Mexaniqaviy suffoziya haqida umumiy tushunchalar va uning yuzaga kelish sabablarini о‘rganish.
2. Tog‘ jinslari massivida oqovalar va quyuq oqovalar deformatsiyalarini о‘rganish.
3. Kimyoviy suffoziya, qiyaliklarning о‘tirishi va eroziyasi deformatsiyalarini kо‘rib chiqish.
Ochiq usulda qazish ishlari amaliyotida kо‘pincha qiyaliklar va karyerlar bortlarining filtratsion deformatsiyalar kuzatiladi. Bunday hollarda ularning tavsifini va turini belgilab beruvchi asosiy omillar yer osti va yer usti suvlari hisoblanadi. Bunday deformatsiyalar filtratsion nomini olgan. Ularga: mexaniqaviy suffoziya, oqova, hovurak, kimyoviy suffoziya (karst), о‘tirish, qiyaliklar eroziyasi kiradi.
Mexaniqaviy suffoziya – bu filtratsion oqim bilan qumli tog‘ jinslari massividan mayda zarrachlarni olib chiqish va bо‘shliqlar (g‘orlar, kanallar, chuqurlar) hosil qilishi. Keyinchalik mazkur holat pog‘onaning ustki maydonlarida va karyerlarning bortlarida voronkalar va о‘pirmalar, pastki qismida esa – ingichka va mayda donachali materiallardan hovurak konuslarining paydo bо‘lishiga olib kelishi mumkin.
Karyerlar bortlarida suffoziya qiyalik burchagi 250 ortiq, ulanish koeffitsiyenti 0,06 APa va quvvati 3 m ortiq bо‘lgan suv tashuvchi gorizontlarda kesilgan suvga chidamli ochiq qumli jinslar mavjud bо‘lganda ma’lum о‘lchamlarda rivojlanishga qodir. Kuchli suffoziyalar suv bosgan qiyaliklarda, masalan yer asboblari bilan ochish ishlarini olib borganda namoyon bо‘ladi (1-rasm.
Suffozion jarayonlar namoyon bо‘lishi uchun muhim sharoit – qumlarning turli xil granulometrik tarkibi va yer osti suvlari oqiining katta gradiyenti hisoblanadi. suffozining faollashuvi qumlarning turli xil koeffitsiyentlarida Kn=d60/d10 bunda d60 va d10 – zarrachalar diametrlari, ulardan kam tarkibda mazkur jinsda butun massaga nisbatan 60% va 10% zarrachalari tarkib topgan, gradiyent bosimi 1 0,8.
Suffozion deformatsiyalarning boshia turi - tabiiy yoriqqa ega bо‘lgan zaif sementlangan jinslarda rivojlanishi mumkin bо‘lgan yoriqlar bо‘ylab zarrachalarning filtratsion olib chiqlishi. Mazkur jarayon erozion tusga ega. Qiyalik burchagining qanchalik nishab bо‘lsa, erozion muvozanat profili shunchalik ravishda hosil bо‘ladi va zarrachalarning olib chiqilish jarayoni tezroq sznadi. V.A.Mironenkoning KMAdagi Lebedinsk karyeridagi kuzatuvlari qiyalik burchagi 250 ortiq bо‘lmagan bort usoat t kalarida zarrachalarning yoriqlar bо‘ylab olib chiqilishi tezroq tugagan.
Tikroq qiyaliklarda esa kon massividan zarrachalarni olib chiqish tezroq rivojlangan va qiyalikdan 100…150 m.gacha masofada о‘pirilma voronkalar bilan kuzatiladigan yer osti bо‘shliqlarini hosil qilgan.
Oqova – bu jins zarrachalarining siqib turish oralig‘i doirasida yon bag‘irga oqib tushadigan yer osti suvlari bilan kо‘chirilishi va qayta tо‘plashi.
Oqovaning quyidagi shakllari mavjud: qumli tog‘ jinslari yon bag‘irlaridagi mahalliy; loyli tog‘ jinslari yon bag‘irlaridagi mahalliy; “haqiqiy” quyuq oqovalarni ochib beruvchi, yon bag‘irlardagi yalpi, va dinamik ta’sir ostida qumli tg‘ jinslari yon bag‘irlaridagi yalpi oqova.
Karyerlarning ishchi bortlaridagi qumlarning mahalliy oqovalari ochish uskunalari ishida qiyinchiliklar keltirib chiqaradi, chunki oquvchan qumning zonasi oqova tillarining uzunligi 25 m.gacha keng hoshiyani egallab oladi.
Oqova deformatsiyalarining rifojlanish xususiyati kо‘plab omillarga, shu jumladan qiyalikning geologik tuzilishiga ham bog‘liq (2-rasm). Oqova tillarining uzunligini oddiy holatda V.M.Shestakov uslubi bо‘yicha aniqlash mumkin:
Ic,
bunda - qiyalikda yer osti suvlarining sirqish oralig‘ining balandligi, m;
;
Ic – oqova zonasining о‘rtacha nishabligi, - yer osti suvlarining solishtirma xarajatiga qarab nishabi bо‘yicha oqadigan oqimning ta’sirini aks ettiruvchi, va sm qum donachalari о‘rtacha diametrining kattaligi. bо‘lsa u quyidagini tashkil etadi:
0 20 50 100 150 200
1 0.75 0.49 .0,3 0,21 0.16
bо‘lsa, u quyidagi qiymatlarga ega bо‘ladi:
0 2 5 10 15
1 0.91 0.66 0.31 0.16
Sirqish oralig‘ining balandligi quyidagi formula bо‘yicha hisoblanadi:
,
bundak –filtratsiya koeffitsiyenti, m/sut: m – quyidagi ifodadan aniqlanadigan qiyalikning hisobli joylashuvi
.
Qumlar oqovasi qiyalik ustki qismining tо‘kilishiga olib keladi. Tо‘kilish zonasining eni
,
bunda N – qiyalik balandligi, m.
Oqovalanish jarayoni, agar qiyalik oldida oqova tilini joylashtirish uchun mavjud maydo bо‘lgandagina nisbatan bir tekis bо‘ladi. Agar suv tirgagi 2.b-rasmda kо‘rsatilgandek kesib tashlangan bо‘lsa, unda oqova о‘sib boradi, va bu qiyalikning murakkab deformatsiyalariga olib keladi. Oquvchan qumlarda qatlam mavjud bо‘lsa, qiyalik asosida kо‘chkilar yoki buzilishlar paydo bо‘lishi mumkin (2.v-rasm).
Loyli jinslardan tuzilgan qiyaliklardagi mahalliy oqova ularning keskin qayta namlanishiga bog‘liq (masalan, uzoq muddali yomg‘irlarda). Bunday qiyaliklarning oqovalanish imkoniyati oquvchanlik doirasida , ya’ni bо‘lganda namlikdan oshib ketadigan loyli jinslarning W namligida yuzaga keladi.
N.N. Maslovning ma’lumotlariga kо‘ra, qiyalikning kritik burchagi , bunda - oquvchan massaning ichqi ishqalanishi. Mazkur burchak odatda 2—6 grad oralig‘ida bо‘lganligi sababli, qayta namlangan loyli jinslarning oqovalanishi qiyaliklar burchaklari kichik burchaklarda joylashganda sodir bо‘lishi mumkin.
Oqovaning eng xavfli turi – “haqiqiy” yoki faol quyuq oqovalarni ochib beradigan qiyaliklarning yalpi oqovasi.
Do'stlaringiz bilan baham: |