О‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA О‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
ISLOM KARIMOV NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT TEXNIKA UNIVERSITETI
OLMALIQ FILIALI
“Konchilik ishi” kafedrasi
BAHOLASH MEZONI
О‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA О‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRINING
BUYRUG‘I
Oliy ta’lim muassasalarida talabalar bilimini nazorat qilish va baholash tizimi tо‘g‘risidagi nizomni tasdiklash xaqida
О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 5 iyundagi PQ-3775-son “Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirish va ularning mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda faol ishtirokini ta’minlash bо‘yicha qо‘shimcha chora-tadbirlar tо‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
Oliy ta’lim muassasalarida talabalar bilimini nazorat qilish va baholash tizimi tо‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
I. Madjidov
Oliy ta’lim muassasalarida talabalar bilimini nazorat qilish va baholash tizimi tо‘g‘risidagi nizom
Mazkur Nizom О‘zbekiston Respubyaikasi Prezidentining 2018 yil 5 iyundagi PQ 3775-son “Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirish va ularning mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli isloxatlarda faol ishtirokini ta’minlash bо‘yicha qо‘shimcha chora-tadbirlar tо‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq oliy ta’lim muassasalarida talabalar bilimini nazorat qilish va baholash tizimini belgilaydi.
1 -bob. Umumiy qoidalar
Mazkur Nizom 2018-2020о‘quv yilida, shuningdek keyingi о‘quv yillarida oliy ta’lim muassasalariga о‘qishga qabо‘l qilingan talabalarning bilimini nazorat qilish xamda baholashda qо‘llaniladi.
Mazkur Nizom talablari konun xujjatlariga muvofik о‘quv jarayoni modul tizimiga asoslangan oliy ta’lim muassasalarida talabalar bilimini nazorat qilish va baholashda qо‘llanilmaydi.
Talabalar oliy ta’lim muassasalari professor-о‘qituvchilari tomonidan birinchi mashg‘ulotda mazkur Nizom talablari bilan tanishtirilishi shart.
Talabalar bilimini baholashda malakaviy amaliyot, kurs ishi, fan (fanlararo) davlat attestatsiyasi, bitiruv malakaviy ishi, shuningdek magistratura bosqichida ilmiy-tadqiqot va ilmiy-pedagogik ishlar xamda magistrlik dissertatsiyasi bо‘yicha mazkur Nizomda belgilangan baholash mezonlari qо‘llaniladi.
2-bob. Nazorat turlari va baholash mezonlari
1-§. Nazorat turlari
Oliy ta’lim muassasalarida talabalar bilimini nazorat qilish oraliq va yakuniy nazorat turlarini о‘tkazish orkali amalga oshiriladi.
Oraliq nazorat semestr davomida ishchi fan dasturining tegishli bо‘limi tugagandan keyin talabaning bilim va amaliy kо‘nikmalarini baholash maqsadida о‘quv mashg‘ulotlari davomida о‘tkaziladi.
Oraliq nazorat turi kar bir fan bо‘yicha fanning xususiyatidan kelib chiqqan xolda 2 martagacha о‘tkazilishi mumkin. Oraliq nazorat turini о‘tkazish shakli va muddati fanning xususiyati va fanga ajratilgan soatlardan kelib chiqib tegishli kafedra tomonidan belgilanadi.
Oraliq nazorat turining topshiriqlari tegishli kafedra professor-о‘qituvchilari tomonidan ishlab chiqiladi va mazkur kafedra mudiri tomonidan tasdiqlanadi.
Semestr davomida xaftasiga 2 akademik soatdan (tibbiyot oliy ta’lim muassasalarida 4 akademik soatdan) kam bо‘lgan fanlar bо‘yicha oraliq nazorat turi о‘tkazilmaydi.
Talabaning amaliy, seminar, laboratoriya mashg‘ulotlari va mustaqil ta’lim topshiriqlarini bajarishi, shuningdek uning ushbu mashg‘ulotlardagi faolligi fan о‘qituvchisi tomonidan baholab boriladi. Baholash mazkur Nizomning 15-bandida nazarda tutilgan mezonlar asosida amalga oshiriladi.
Talabani oraliq nazorat turi bо‘yicha baholashda, uning о‘quv mashg‘ulotlari davomida olgan baholari inobatga olinadi.
Yakuniy nazorat turi semestr yakunida (tibbiyot oliy ta’lim muassasalarida fan yakunida) tegishli fan bо‘yicha talabaning nazariy bilim va amaliy kо‘nikmalarini о‘zlashtirish darajasini aniqlash maqsadida о‘tkaziladi.
Yakuniy nazorat turini о‘tkazish shakli tegishli fan bо‘yicha kafedra tomonidan belgilanadi.
Yakuniy nazorat turi oliy ta’lim muassasasining tegishli fakultet dekani yoki о‘quv-uslubiy bо‘lim tomonidan ishlab chiqiladigan hamda о‘quv ishlari bо‘yicha prorektor tomonidan tasdiqlanadigan Yakuniy nazorat turlarini о‘tkazish jadvaliga muvofiq о‘tkaziladi.
Tibbiyot oliy ta’lim muassasalarida oraliq va yakuniy nazorat turlari obyektiv tizimlashtirilgan klinik sinov yoki obyektiv tizimlashtirilgan imtixon shakllarida о‘tkazilishi mumkin.
2-§. Talabalar bilimini baholash mezonlari:
Talabalarning bilimi quyidagi mezonlar asosida:
talaba mustaqil xulosa va qaror kabо‘l qiladi, ijodiy fikrlay oladi, mustaqil mushoxada yuritadi, olgan bilimini amalda qо‘llay oladi, fanning (mavzuning) moxiyatini tushunadi, biladi, ifodalay oladi, aytib beradi xamda fan (mavzu) bо‘yicha tasavvurga ega deb topilganda - 5 (a’lo) baho;
talaba mustaqil mushoxada yuritadi, olgan bilimini amalda qо‘llay oladi, fanning (mavzuning) moxiyatni tushunadi, biladi, ifodalay oladi, aytib beradi xamda fan (mavzu) bо‘yicha tasavvurga ega deb topilganda- 4 (yaxshi) baho;
talaba olgan bilimini amalda qо‘llay oladi, fanning (mavzuning) moxiyatni tushunadi, biladi, ifodalay oladi, aytib beradi xamda fan (mavzu) bо‘yicha tasavvurga ega deb topilganda - 3 (qoniqarli) baho;
talaba fan dasturini о‘zlashtirmagan, fanning (mavzuning) moxiyatini tushunmaydi xamda fan (mavzu) bо‘yicha tasavvurga ega emas deb topilganda - 2 (qoniqarsiz) baho bilan baholanadi.
Nazorat turlarini о‘tkazish bо‘yicha tо‘zilgan topshiriqlarning mazmuni talabaning о‘zlashtirishini xolis (obyektiv) va aniq baholash imkoniyatini berishi shart.
3-bob. Talabalar bilimini baholash
Talabalar bilimini baholash 5 baholik tizimda amalga oshiriladi.
Oraliq nazorat turini о‘tkazish va mazkur nazorat turi bо‘yicha talabaning bilimini baholash tegishli fan bо‘yicha о‘quv mashg‘ulotlarini olib borgan professor-о‘qituvchi tomonidan amalga oshiriladi.
Yakuniy nazorat turini utaajsh va mazkur nazorat turi bо‘yicha talabaning bilimini baholash о‘quv mashg‘ulotlarini olib bormagan professor-о‘qituvchi tomonidan amalga oshiriladi.
Tegishli fan bо‘yicha о‘quv mashg‘ulotlarini olib borgan professor-о‘qituvchi yakuniy nazorat turini о‘tkazishda ishtirok etishi taqiqlanadi.
Yakuniy nazorat turini о‘tkazishda kelishuv asosida boshqa oliy ta’lim muassasalarining tegishli fan bо‘yicha professor-о‘qituvchilari jalb qilinishi mumkin.
Tibbiyot oliy ta’lim muassasalarida oraliq va yakuniy nazorat turlarini о‘tkazish, shuningdek talabalarning bilimini baholash tegishli kafedra mudiri tomonidan tashkil etiladigan komissiya tomonidan amalga oshiriladi.
Komissiya tarkibi tegishli fan professor-о‘qituvchilari va soxa mutaxassislari orasidan shakllantiriladi.
Komissiya tarkibiga kelishuv asosida boshqa tashkilotlarning soxa mutaxassislari xam jalb qilinishi mumkin.
Oliy ta’lim muassasasida nazorat turlarini о‘tkazilishi tegishli oliy ta’lim muassasasining ta’lim sifatini nazorat qilish bо‘limi tomonidan doimiy ravishda о‘rganib boriladi. Bunda nazorat turlarini о‘tkazilish tartibi bо‘zilganligi aniqlangan xollarda, о‘tkazilgan nazorat turlarining natijalari bekor qilinishi ham da tegishli nazorat turi qaytadan о‘tkazilishi mumkin.
Talaba tegishli fan bо‘yicha yakuniy nazorat turi о‘tkaziladigan muddatga qadar oraliq nazorat turini topshirgan bо‘lishlari shart.
Oraliq nazorat turini topshirmagan, shuningdek ushbu nazorat turi bо‘yicha “2” (qoniqarsiz) baho bilan baholangan talaba yakuniy nazorat turiga kiritilmaydi.
Yakuniy nazorat turiga kirmagan yoki kiritilmagan, shuningdek ushbu nazorat turi bо‘yicha “2” (qoniqarsiz) baho bilan baholangan talaba akademik qarzdor hisoblanadi,
Talaba uzrli sabablarga kо‘ra oraliq va (yoki) yakuniy nazorat turiga kirmagan taqdirda ushbu talabaga tegishli nazorat turini qayta topshirishga fakultet dekanining farmoyishi asosida ruxsat beriladi.
Bir kunda 1 tadan ortiq fan bо‘yicha yakuniy nazorat turi о‘tkazilishiga yо‘l qо‘yilmaydi. Yakuniy nazorat turlarini о‘tkazish kamida 2 kun oralig‘ida belgilanishi lozim.
Bitiruvchi kurs bо‘lmagan talabalar kuzgi semestr natijalari bо‘yicha 3 tagacha fandan (fanlardan) akademik qarzdorligi bо‘lgan hollarda talabaga bir oygacha, bahorgi semestr natijalari bо‘yicha 3 tagacha fandan (fanlardan) akademik qarzdorligi bо‘lgan talabaga tegishli fan (fanlar) bо‘yicha oraliq va (yoki) yakuniy nazorat turlarini yangi о‘quv yili boshidan qayta topshirish uchun 1 oy muddat beriladi.
Bitiruvchi kurs talabalariga bahorgi semestr natijalari bо‘yicha о‘zlashtirmagan fandan (fanlardan) qayta topshirish uchun yakuniy davlat attestatsiyasi boshlangunga qadar ruxsat beriladi.
Fanlardan akademik qarzdorligi 4 ta va undan kо‘p bо‘lgan talabalarga qayta topshirishga ruxsat berilmaydi va ular oliy ta’lim muassasasi rektorining (boshlig‘ining, filial direktorining) buyrug‘i bilan kursdan qoldiriladi.
Talabaga oraliq va (yoki) yakuniy nazorat turini qayta topshirish uchun berilgan muddat davomida talaba tomonidan qayta topshirishlar soni 2 martadan kо‘p bо‘lmasligi kerak.
Talaba oraliq va (yoki) yakuniy nazorat turini birinchi marta qayta topshirishdan о‘ta olmagan taqdirda, fakultet dekani tomonidan komissiya tо‘ziladi. Komissiya tarkibi tegishli fan bо‘yicha professor-о‘qituvchi va soxa mutaxassislari orasidan shakllantiriladi.
Ikkinchi marta oraliq va (yoki) yakuniy nazorat turini о‘tkazish va talabani baholash mazkur komissiya tomonidan amalga oshiriladi.
Berilgan muddat davomida mavjud bо‘lgan qarzdorlikni topshira olmagan talaba bо‘yicha fakultet dekani bildirgi bilan oliy ta’lim muassasasi rektorini (boshlig‘ini, filial direktorini) xabardor qiladi va ushbu talaba rektor (boshliq, filial direktori) buyrug‘i asosida kursdan qoldiriladi.
Talaba uzrli sabablarsiz malakaviy amaliyotga qatnashmagan, shuningdek malakaviy amaliyot yakunlari bо‘yicha “2” (qoniqarsiz) baho bilan baholangan xollarda, u akademik qarzdor xisoblanadi va kursdan qoldiriladi.
Kursda qoldirilgan talaba fanni (fanlarni) о‘zlashtirmagan semestr boshidan tо‘lov-kontrakt asosida mazkur о‘quv yilining tegishli semestri uchun tasdiqlangan о‘quv rejaga muvofik о‘qishni davom ettiradi.
Baholash natijasidan norozi bо‘lgan talabalar fakultet dekani tomonidan tashkil etiladigan Apellyatsiya komissiyasiga apellyatsiya berish xuquqiga eta.
Apellyatsiya komissiyasi tarkibiga talabani baholashda ishtirok etmagan tegishli fan professor-о‘qituvchilari orasidan komissiya raisi va kamida tо‘rt nafar a’zo kiritidadi.
Talaba baholash natijasidan norozi bо‘lgan taqdirda, baholash natijasi e’lon qilingan vaqtdan boshlab 24 soat davomida apellyatsiya berishi mumkin. Talaba tomonidan berilgan apellyatsiya Apellyatsiya komissiyasi tomonidan 2 kun ichida kо‘rib chiqilishi lozim.
Talabaning apellyatsiyasini kо‘rib chiqishda talaba ishtirok etish xuquqiga ega.
Apellyatsiya komissiyasi talabaning apellyatsiyasini kо‘rib chiqib, uning natijasi bо‘yicha tegishli qaror qabо‘l qiladi. Qarorda talabaning tegishli fanni о‘zlashtirgani yoki о‘zlashtira olmagani kо‘rsatiladi.
Apellyatsiya komissiyasi tegishli qarorni fakultet dekani va talabaga yetkazilishini ta’minlaydi.
4-bob. Baholash natijalarini qayd qilish
Talabalar bilimini baholash tegishli fan bо‘yicha prafessor-о‘qituvchi tomonidan talabalarning fanlarni о‘zlashtirishini hisobga olish jurnalida (bundan buyon matnda Jurnal deb yuritiladi) qayd etib boriladi. Profeseor-о‘qituvchi qо‘shimcha ravishda talabalar bilimini baholashni elektron tizimda ham yuritishi mumkin.
Professor-о‘qituvchi Jurnalda talabaga qо‘yilgan baholarni shu kunning о‘zida qayd etib boradi. Agar talabaning bilimini baholash yozma ish shaklida о‘tkazilgan bо‘lsa, bunda profeseor-о‘qituvchi talabalarning natijalarini 3 kundan kо‘p bо‘lmagan muddatda Jurnalga qayd etishi lozim.
Nazorat turi bо‘yicha talabaning bilimi “3” (qoniqarli) yoki “4” (yaxshi) yoxud “5” (a’lo) baho bilan baholanganda, nazorat turini qayta topshirishga yо‘l qо‘yilmaydi.
Talaba nazorat turi о‘tkazilgan vaqtda uzrli sabablarsiz qatnashmagan hollarda Jurnalga “0” belgisi yozib qо‘yiladi.
Jurnal tegishli fan bо‘yicha о‘quv mashg‘ulotlarini olib borgan professor-о‘qituvchi, kafedra mudiri va fakultet dekani tomonidan imzolanadi hamda fakultet dekanatida saqlanadi. Jurnalning saqlanishi uchun fakultet dekani mas’ul hisoblanadi.
Talabalarning yakuniy nazorat turi bо‘yicha baholari Jurnalga qayd etilganda, shu kunning о‘zida talabaning Baholash daftariga ham yozib qо‘yilishi kerak.
Yakuniy nazorat turi bо‘yicha talabaning bilimi “2” (qoniqarsiz) baho bilan baholangan yoki Jurnalga “0” belgisi yozib qо‘yilgan xollarda ushbu baho yoki belgi talabaning Baholash daftariga yozilmaydi.
Jurnalning о‘z vaqtida, tо‘g‘ri va tо‘liq yuritilishi, shuningdek undagi baho va boshqa ma’lumotlarga asossiz о‘zgartirishlar kiritilmasligi uchun fakultet dekani va tegishli fan bо‘yicha profeseor-о‘qituvchi mas’ul hisoblanadi
Tegishli о‘quv yili yakuni bо‘yicha ishchi о‘quv rejadagi fanlar bо‘yicha “3” (qoniqarli) yoki “4” (yaxshi) yoxud “5” (a’lo) baho bilan baholangan talaba oliy ta’lim muassasasi rektorining (boshlig‘ining, filial direktorining) buyrug‘iga asosan keyingi kursga о‘tkaziladi.
Baholash natijalari kafedra yig‘ilishlari, fakultet va oliy ta’lim muassasasi Kengashlarida muntazam ravishda muhokama etib boriladi va tegishli qarorlar qabо‘l qilinadi.
О‘zbekiston Respublikasining oliy ta’lim muassasalarida talabalar о‘zlashtirishini baholash tizimini 5 baho yoki 100 ballik tizim va ilg‘or xorijiy davlatlar oliy ta’lim tizimida qо‘llaniladigan baholash tizimiga qiyosiy taqqoslash xamda ularga о‘tkazish mazkur Nizomning ilovasiga muvofiq jadvallar asosida amalga oshiriladi.
5-bob. Yakunin qoida
Mazkur Nizom О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasi huzuridagi Davlat test markazi, Xalq ta’limi vazirligi, Vazirlar Maxkamasi xuzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish inspeksiyasi, Sog‘liqni saklash vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Madaniyat vazirligi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Qurilish vazirligi, “О‘zbekiston temir yо‘llari” aksiyadorlik jamiyati, Avtomobil yо‘llari davlat qо‘mitasi, “Navoiy kon-metallurgiya kombinata” davlat korxonasi, О‘zbekiston Badiiy akademiyasi hamda Davlat soliq qо‘mitasi bilan kelishilgan.
Baholashni 5 baholik shkaladan 100 ballik shkalaga о‘tkazish
JADVALI:
Do'stlaringiz bilan baham: |