Xulosa
Menga berilgan kurs loyihasini ishlash davomida, kurs davomida olingan bilimlarimga tayanib ventilyator qurilmalarini tanlash, ularni to‘g‘ri ekspluatatsiya qilishni o‘rgandim. Bundan tashqari ventilyator qurilmasini konning qaysi qismiga o‘rnatish kerakligini ham, konning geologik sharoitlaridan kelib chiqib qabul qildim.
Men kurs loyihamni ishlash davomida berilgan qiymatlar asosida hisobiy unumdorlik va hisobiy bosimni hisobladim hamda bu asosida o‘q chiziqli ventilyatorlarning ishlatish chegaralari jamlangan xarakteristikadan foydalanib ВОД-21 ventilatorni tanlab oldim. Undan so’ng ventilyator qurilmasining ish rejim ko‘rsatkichini aniqladim hamda ekvivalent tuynukni hisoblab uning tashqi tarmoq xarakteristikasida ish rejimini aniqlab, kesishgan nuqtalardan kerakli qiymatlarni
qabul qilib oldim. Qabul qilingan ВОД-21 ventilyatorimni har bir ko‘rsatkichi alohida hisoblashlar asosida sharoit talablarini hisobga olgan holda tekshirdim ya’ni hisoblashlar natijasida unumdorlik, quvvat, ventilyatorning foydali ish koeffitsienti aniqlandi. Mazkur ko‘rsatkichlarni aniqlashimda albatta ventilyator ish rejimini grafik usulda topish diagrammasidan foydalandim.
Ventilyatorni ish rejim ko‘rsatkichlaridan foydalanib elektr yuritgichni quvvatini hisoblab topdim. Hisoblangan quvvat va ventilyator qurilmasining aylanish tezligiga qarab, СД12-36-8 rusumli yuqori kuchlanishli sinxron elektradvigatel tanladim hamda iqtisodiy ko‘rsatkichlarini hisoblab chiqdim.
Tekshirishlar natijalariga ko‘ra ventilyatorning barcha ko‘rsatkichlari loyihada belgilangan havo miqdorini kerakli masofaga yetkazib bera oladi. Qabul qilingan ventilyatordan unumli samarali foydalanish hamda ularni to‘g‘ri ekspluatatsiya qilish uchun muntazam ravishda remont naladka ishlarini konning sharoiti doirasida amalga oshiriladi. Unumdorlik tekshirilganda bu ventilyator belgilangan unumdorlikni ta’minlash imkoniga ega ekanligi asoslandi. Xulosa qilib aytish mumkinki, qabul qilingan shamollatish tarmog‘i va mos tanlangan dvigatel ko‘rsatib o‘tilgan ko‘rsatkichlarda ishlatilsa, o‘z vaqtida texnik ko‘rikdan o‘tkazilib turilsa, konni shamollatish me’yorlar doirasida bo‘ladi va ko‘p yillar unumli, barqaror hizmat qiladi.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. Sodiqov. A. Boymirzayev B “Kon mexanikasi” Toshkent , Turon iqbol 2007
2. Тихонов Н.В., Лимитовский А.М. “Горная механика” Москва, Недра, 1987.
3. Попов В.М. “Рудничние водоотливные установки” Москва, Недра, 1983.
4. Гейер В.Г., Тимошенко Г.М., “Шахтные вентиляторные и водоотливные установки”. Москва, Недра, 1987.
5. Хаджиков Р.Н., Бутаков С.А. “Горная механика” Москва, Недра, 1982.
Do'stlaringiz bilan baham: |