dunyo bo‘yicha ayni kunda 37 mln kishi OIV infeksiyasi bilan kasallangan. Kasallik ko‘pincha 20-49 yoshlilar o‘rtasida qayd etiladi. Bu xastalikning uzoq vaqt yashirin tarzda kechishi, natijada bemorning o‘zi bilmagan holda boshqalarga ham kasallikni yuqtirishi bilan boqliq.OIV infeksiyasi OIV bilan zararlangan shaxs bilan himoyalanmagan jinsiy aloqa qilganda, giyohvand moddalarni guruh bo‘lib tomir orqali qabul qilganda, virus bilan zararlangan, tekshirilmagan qon va uning tarkibiy qismlari quyilganda, zararsizlantirilmagan jarrohlik, doyalik, stomatologik va boshqa tibbiy asboblar orqali muolajalar olganda, shprits va ignalardan umumiy foydalanilganda, infeksiyani yuqtirib olgan homilador onadan bolaga homiladorlik davrida jarohatlangan yo‘ldosh orqali, bola tug‘ilishi jarayonida tug‘uruq yo‘llari jarohatlanishi tufayli va bolani emizish jarayonida ona suti orqali yuqadi.
─ OITSga qarshi kurashga yo‘naltirilgan davlat dasturlari asosida tibbiyot muassasalari moddiy-texnik bazasi mustahkamlandi, bu esa OIV infeksiyasining parenteral yo‘l (in'yeksion muolajalar orqali) bilan yuqishi ko‘rsatkichini kamaytirdi. Infeksiya onadan bolaga yuqishining oldini olish bo‘yicha ham ishlar yo‘lga qo‘yilgan. Ya'ni, har bir ayol homiladorlikning o‘n to‘rtinchi haftasidan joylardagi tibbiyot muassasasi tomonidan nazoratga olinib, OIVga tibbiy tekshiruvdan o‘tkaziladi. OIV infeksiyasi aniqlangan homilador ayolga belgilangan muddatdan tug‘ruq amalga oshirilgungacha virusga qarshi maxsus profilaktika dori vositalari beriladi. Tug‘ilgan bolaga ham bir oy davomida virusga qarshi profilaktik dori preparatlari beriladi. Buning natijasida kasallik onadan bolaga yuqishi ko‘rsatkichlari keskin kamayishiga erishildi. 2013 yilda OIV infeksiyasining onadan bolaga yuqishi 2,3 foizni tashkil etgan bo‘lsa, 2018 yilda bu ko‘rsatkich 0,3 foizga teng bo‘ldi. Ayni vaqtda O‘zbekiston OIV infeksiyasining onadan bolaga yuqish holatlaridan ozod hudud sifatida sertifikat olish arafasida turibdi.
«Odamning immunitet tanqisligi virusi keltirib chiqaradigan kasallik (OIV infeksiyasi) tarqalishiga qarshi kurashish to‘g‘risida»gi Qonunning 15-moddasiga muvofiq, turmush qurmoqchi bo‘lgan yoshlar OIV infeksiyasi bo‘yicha tekshiruvdan o‘tkaziladi, agar ularda kasallik aniqlansa, dispanser nazoratiga olinadi.
Tadbir davomida talaba yoshlar o’zlarining saxna ko’rinishi sifatida tayyorlagan chiqishlari bilan qatnashchilarning barchasini ta’sirlantirishdi va yana ham sergakroq bo’lishga va bu kasallikni oqibatlari nimalarga olib kelishi mumkinligini yana bir marotaba eslatib o’tishdi.
Tadbir yuqori darajada va ma’lumotlarga boy ibratli va qiziqarli ko’rinishda o’tdi.
143-21 guruh talabalari ham ushbu tadbirdan o’zlariga tegishli to’g’ri xulosalarni chiqarishdi va shu bilan bir qatorda yangi va o’zlari bilmagan ko’plab ma’lumotlarga ega bo’ldilar.
Qaror qabul qilindi:
Guruh talabalari OITS kasalligi haqida to’liq ma’lumotga ega bo’lishgani belgilab qo’yilsin.
Guruh talabalari yil davomida davomat ko’rsatgichi 100 foiz bo’lgan holda darslarga qatnashsin.
O’zlashtirish ko’rsatgichi past bo’lgan talabalarga guruhdagi a’lo baholarda o’qiydigan talabalar namuna bo’lsin hamda yordam bersin.
Guruh Tyuteri: Choriyev O`.B_________
Kotib: Axmatov A__________
Do'stlaringiz bilan baham: |