Aniq va to'g'ri javob tanlab olinadi
1 – rasm. “Aqliy hujum” metodining tuzilmasi
“Aqliy hujum” metodi ta’lim beruvchi tomonidan qo‘yilgan maqsadga qarab amalga oshiriladi:
1. Ta’lim oluvchilarning boshlang‘ich bilimlarini aniqlash maqsad qilib qo‘yilganda, bu metod darsning mavzuga kirish qismida amalga oshiriladi.
2. Mavzuni takrorlash yoki bir mavzuni keyingi mavzu bilan bog‘lash maqsad qilib qo‘yilganda –yangi mavzuga o‘tish qismida amalga oshiriladi.
3. O‘tilgan mavzuni mustahkamlash maqsad qilib qo‘yilganda-mavzudan so‘ng, darsning mustahkamlash qismida amalga oshiriladi.
“Aqliy hujum” metodini qo‘llashdagi asosiy qoidalar:
Bildirilgan fikr-g‘oyalar muhokama qilinmaydi va baholanmaydi.
Bildirilgan har qanday fikr-g‘oyalar, ular hatto to‘g‘ri bo‘lmasa ham inobatga olinadi.
Har bir ta’lim oluvchi qatnashishi shart.
Yuqorida “Aqliy hujum” metodining tuzilmasi keltirilgan. (1 - rasm)
“Aqliy hujum” metodining bosqichlari quyidagilardan iborat:
Ta’lim oluvchilarga savol tashlanadi va ularga shu savol bo‘yicha o‘z javoblarini (fikr, g‘oya va mulohaza) bildirishlarini so‘raladi;
Ta’lim oluvchilar savol bo‘yicha o‘z fikr-mulohazalarini bildirishadi;
Ta’lim oluvchilarning fikr-g‘oyalari (magnitafonga, videotasmaga, rangli qog‘ozlarga yoki doskaga) to‘planadi;
Fikr-g‘oyalar ma’lum belgilar bo‘yicha guruhlanadi;
Yuqorida qo‘yilgan savolga aniq va to‘g‘ri javob tanlab olinadi.
2- rasm. “Stansiya va podstansiyalarning elektr jihozlari bilan tanishish” mavzusiga “Aqliy hujum” metodi namunasi
“Tushunchalar tahlili” metodi
Metodning maqsadi: mazkur usul talabalar yoki qatnashchilarni mavzu boʻyicha tayanch tushunchalarni oʻzlashtirish darajasini aniqlash, oʻz bilimlarini mustaqil ravishda tekshirish, baholash, shuningdek, yangi mavzu buyicha dastlabki bilimlar darajasini tashhis qilish maqsadida qoʻllaniladi. Usulni amalga oshirish tartibi:
- ishtirokchilar mashg‘ulot qoidalari bilan tanishtiriladi;
- talabalarga mavzuga yoki bobga tegishli boʻlgan soʻzlar, tushunchalar nomi tushirilgan tarqatmalar beriladi (individual yoki guruhli tartibda);
- talabalar mazkur tushunchalar qanday ma’no anglatishi, qachon, qanday holatlarda qoʻllanilishi haqida yozma ma’lumot beradilar;
- belgilangan vaqt yakuniga yetgach oʻqituvchi berilgan tushunchalarning toʻg‘ri va toʻliq izohini oʻqib eshittiradi yoki slayd orqali namoyish etadi;
- har bir ishtirokchi berilgan toʻg‘ri javoblar bilan oʻzining shaxsiy munosabatini taqqoslaydi, farqlarini aniqlaydi va oʻz bilim darajasini tekshirib, baholaydi.
“Stansiya va podstansiyalarning elektr jihozlari bilan tanishish” mavzusiga “tushunchalar tahlili” metodi na’munasi
Do'stlaringiz bilan baham: |