Elektr-shlak payvandlashda elektr toki shlakli vannadan o‘tayotib asosiy va qo‘shimcha metallni eritadi va eritmaning yuqori haroratini ushlab turadi.
Elektr-shlak payvandlash chizmasi:
1 – s qalinlikdagi payvandlanayotgan detal; 2 – elektrod uzatish uchun mundshtuk; 3 – elektrod; 4 – shlak vannasining h chuqurligi; 5 – metall vannasining hm chuqurligi; 6 – qoliplaydigan polzun. Detallar bpay oraliqda tanlangan; lpay – elektrod chiqishi.
Plazmali payvandlash Bu eritib payvandlash usuli bo‘lib, bunda metall qizishini siqilgan yoy ta’minladi. Plazmali payvandlashda issiqliq manbai sifatida elektr yoy qo‘llaniladi, uning ustuni ishlanayotgan buyumning issiqliq energiyasini tarkibini oshirish maqsadida iloji boricha qisilgan. Plazmali payvandlashda asosiy uskuna bo‘lib plazmatron - plazmaning generatori ya’ni yuqori haroratga ega bo‘lgan ionlashgan gaz.
Plazmali payvandlash chizmasi:
1 – plazmali gaz tashkil qiluvchi ariqcha; 2 – himoya yoki fokuslash ariqchasi.
Elektron-nurli payvandlash Bu eritib payvandlash usuli bo‘lib, bunda metall qizishi elektr maydon ta’sirida tez harakatlanuvchi elektron nurlar oqimi natijasida qiziydi. elektronlar buyum yuzasiga tegib o‘zining kinetik energiyasini berib issiqliq energiyasiga aylanadi va metallni 5000–6000 °C gacha qizdiradi. Ushbu jarayon, odatda, germetik yopiq kamerada bajariladi (vakuum ushlanib turilishi kerak). Elektron nur yordamida payvandlashda buyumlar qalinligi 0,01 dan 100 mm va bundan ham qalinroq bo‘lishi mumkin.
Elektron-nurli payvandlash sxemasi:
1 – payvandlanayotgan detallar; 2 – kamera; 3 – siljuvchi mexanizm; 4 – elektron-nur.
Lazerli payvandlash Bu eritib payvandlash usuli bo‘lib, bunda detalni qizdirish uchun lazer nurlanish energiyasi qo‘llaniladi. XX asrning 60-yillarida rus fiziklari N.G. Basov va A.M. Proxorov va amerikalik fizik Ch. Taunslarning ishlari asosida optik kvant generatorlar yoki lazerlar ishlab chiqildi. Birinchi bo‘lib metallarni lazerli payvandlash ma’lumotlari 1962-yilga tegishli. 1964–1966‑yillarda rubinli qattiq jismli lazerlar ishlab chiqilgandan so‘ng, lazer qurilmalari ishlab chiqildi. Lazerli payvandlashda issiqliq manbayi sifatida, maxsus qurilmadan olinadigan texnologik lazer deb ataluvchi kuchli konsentratlashgan yorug‘lik nuri ishlatiladi
Lazerli payvandlash chizmasi:
1 – faol muhit o‘zagi; 2 – damlash lampasi; 3 – rezonator ko‘zgulari; 4 – yoritgichning ko‘zguli silindri; 5 – payvandlanayotgan detalning fokuslash tizimi va payvandlash jarayonini nazorat qilish.
Foydalanilgan Adabiyotlar: - M.M.Abraov , N.S.Dunyashin, Z.D.Ermatov
“Gaz alangasi yordamida metallarga ishlov berish texnologiyasi va jihozlari” - M.M.Abralov “Payvandlash materiallari”
- N.K.Dadaxonov “Elektr-gaz payvandlash texnologiyasi”
- “Справочник сварщика” В.В.Степанов
Do'stlaringiz bilan baham: |