S: Quyidagi qaysi mamlakatning hukumati demokratik, biroq o‘ta markazlashgan va qat’iy boshqariluvchi davlat doirasida xalq mandatini saylovlar orqali qo‘lga kiritib borgan?
+: Singapur
-: Janubiy Koreya
-: Yaponiya
-: Xitoy
I:
S: Ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot esa demokratik qadriyatlarning shakllanishiga asos bo‘lgan, hukumat tepasiga yangi siyosiy etakchilar avlodining kelishi bu davlatda o‘ziga xos fuqarolik jamiyatini rivojlantirishga sharoit yaratib berishi mumkin. Gap qaysi janubiy-sharqiy osiyo mamlakati haqida bormoqda?
+: Singapur
-: Janubiy Koreya
-: Tailand
-: Malayziya
I:
S: Birinchidan, hukmron partiya hanuz yirik siyosiy partiyaligicha qolmoqda. CHunki u turli sohalarda davlat boshqaruvidagi noyob tajribasiga ega. Ikkinchidan, iqtisodida bozor tamoyillar amal qiladi, biroq davlat asosiy xalq xo‘jaligi tarmoqlarini boshqaradi va nazorat qiladi. Uchinchidan, boshqaruv organlarining, davlat muassasalariga eng munosib kadrlarni to‘g‘ri tanlashi va taqsimlashi samarali natijalarni bermoqda. To‘rtinchidan, puxta o‘ylangan ta’lim tizimi ijtimoiy mobillikning muhim omili sifatida xizmat qilib qabul qilinan qarorlarning yuqori professionallik darajasini ta’minlangan. Beshinchidan, milliylik masalasining hal etilgan va etnik diskriminatsiya yo‘q, etnik teng huquqlilik jamiyat barqarorligining muhim sharti sifatida qaror topgan. Oltinchidan, ma’naviy-axloqiy asos sifatida, mamlakat siyosatiga o‘z ta’sirini o‘tkazuvchi – insoniy munosabat, muomala, tartib-intizom va o‘zarokelishuvga katta e’tibor qaratilgan. Ettinchidan, ushbu davlatning iqtisodiy rivoji va boshqa ijtimoiy muammolarning hal etilishi omma siyosiy hayotini faolashtirgan va mahalliy o‘z-o‘zini boshqarish, zamonaviy parlamentarizmni rivojlanishiga asos bo‘lgan. Ushbu samarador davlat boshqaruvi va fuqarolik jamiyatini rivojlantirishda islohotlar aynan qaysi mamlakat uchun xos?
+: Singapur
-: Indoneziya
-: Filippin
-: Malayziya
I:
S: Davlat iqtisodiyot sohalarini keng miqyosda qamrab olgan bo‘lsada bu mamlakat jahon hamjamiyatidan uzib qo‘yilmagan. U boshqa mamlakatlar va umuman xalqaro tashkilotlar bilan samarali hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘ygan. Bu mamlakat mana bir necha o‘n yillardan beri o‘z yo‘lidan borish va bu yo‘ldan qaytmaslik tamoyiliga qattiq amal qiladi. Bu yo‘lning mazmun-mohiyati – jamiyatning konkret-tarixiy sharoitini, milliy, diniy, madaniy xususiyatlarini hisobga olish; iqtisodiy taraqqiyotga an’anaviy axloqiy va madaniy qadriyatlar bilan uyg‘unlikda erishishdan iborat. Gap qaysi mamlakat haqida bormoqda?
+: Singapur
-: Janubiy Koreya
-: Yaponiya
-: Xitoy
I:
S: Quyidagi qaysi davlatning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotidan kelib chiqqan holda aytish mumkinki, yaqin orada uning ijtimoiy-siyosiy hayotida biror bir jiddiy o‘zgarish yuz berishi amri mahol. CHunki hukumat tuzilmalaridagi o‘zgarishlar asta-sekin, shakllanib bo‘lgan va bunday o‘zgarishlar siyosiy tizimga dahl qilmagan holda amalga oshirilgan. Hukumat rahbarlarining hukumat tuzilmalaridagi o‘zgarishlarni ko‘pchilik aholining hurmat va e’tirofiga sazovor bo‘lgan an’anaviy siyosiy institularni saqlab qolish bilan birgalikda amalga oshirishi, mavjud hukumat faoliyatiga bo‘lgan ishonchni mustahkamlanishiga sabab bo‘lmoqda?
+: Singapur
-: Janubiy Koreya
-: Yaponiya
-: Xitoy
Do'stlaringiz bilan baham: |