I: S: O‘zbekiston Respublikasida yarashtiruv instituti qachon joriy etilgan? +: 2001 yil 29 avgustda
-: 2000 yil 27 avgustda
-: 2003 yil 2 avgustda
-: 2005 yil 1 avgustda
I: S: Qachondan boshlab mamlakatimizning Jinoyat kodeksida o‘lim jazosini nazarda tutuvchi moddalar soni keskin kamaytirilib, mol-mulkni musodara qilish jinoiy jazo sifatida bekor qilindi va shu kabi inson huquqlarini himoya qilishga qaratilgan qator chora-tadbirlar qo‘llanila boshlangan edi? +: 2001 yildan
-: 2000 yildan
-: 2003 yildan
-: 2005 yildan
I: S: «Saylovlar – bu mamlakatimizda amalda bo‘lgan huquqiy me’yorlarning nechog‘liq demokratik ruhda ekanini namoyon etadigan, demokratik huquqiy davlatning uzviy belgisi, xalqning o‘z xohish-irodasini erkin ifoda etishining, fuqarolarning davlat va jamiyat boshqaruvidagi ishtirokining asosiy shakli bo‘lib, o‘ta muhim va hal qiluvchi ahamiyatga ega masaladir». O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti I.Karimov tomonidan aytilgan ushbu saylov to‘g‘risidagi mulohazalar uning qaysi asarida yoki ma’ruzasida o‘z aksini topgan? +: Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasida
-: Inson manfaati, huquq va erkinliklarini ta’minlash, hayotimizning yanada erkin va obod bo‘lishiga erishish bizning bosh maqsadimizdir asarida
-: O‘zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida asarid
-: O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 22 yilligiga bag‘ishlangan ma’ruzasida
I: S: Qaysi yili Parlamentlararo ittifoq Kengashi «Erkin va adolatli saylov prinsiplari to‘g‘risidagi deklaratsiya»ni qabul qildi? +: 1994 yili
-: 1993 yili
-: 1995 yili
-: 1996 yili
I: S: Har bir inson o‘zi yashayotgan davlatning boshqaruvida bevosita yoki erkin saylangan vakillar orqali qatnashish huquqiga egadir. Xalq irodasi hokimiyatning asosi bo‘lmog‘i lozim; bu iroda davriy va soxtalashtirilmagan, umumiy va teng saylov huquqi asosida yashirin ovoz berish yoki ovoz berish erkinligini ta’minlaydigan boshqa teng qiymatli shakllar vositasida o‘tkaziladigan saylovlarda o‘z aksini topishi lozim. Ushbu qat’iy belgilangan qoida quyidagi qaysi tashkilotning hujjatlarida o‘z aksini topgan? +: BMTning Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasida
-: EXHTning demokratik saylovlar sohasidagi asosiy andozalari Insoniylik mezonlari bo‘yicha Kopengagen hujjatida
-: Mintaqaviy xalqaro tashkilotlar ham o‘zlarining Inson huquqlari va asosiy erkinliklarini himoyalash to‘g‘risidagi Evropa konvensiyasida
-: Inson huquqlari to‘g‘risidagi Amerika konvensiyasida
I: S: BMTning “Fuqarolik va siyosiy huquqlar to‘g‘risida”gi xalqaro Paktining nechanchi moddasiga muvofiq har bir fuqaro kamsitishlarsiz hamda asossiz cheklovlarsiz: bevosita va erkin saylangan vakillar orqali davlat ishlarini boshqarishda qatnashish; umumiy va teng saylov huquqi asosida, yashirin ovoz berish orqali o‘tkaziladigan va saylovchilarning erkin holdagi xohish-irodasini ta’minlovchi chinakam davriy saylovlarda ovoz berish va saylanish; o‘z mamlakatida umumiy shartlarda davlat xizmatiga kirishda teng huquqqa ega bo‘lishi joizligi ta’kidlangan? +: 25-moddasiga
-: 24-moddasiga
-: 21-moddasiga
-: 19-moddasiga