Islom dinining ma'naviyatimizning shakillanishidagi o'rni Reja: Kirish Asosiy qism


Islomning muqaddas manbaalari. Hadislar. Buyuk muhaddislar



Download 63,2 Kb.
bet4/4
Sana02.03.2022
Hajmi63,2 Kb.
#477314
1   2   3   4
Bog'liq
Islom dinining ma\'naviyatimizning shakillanishidagi o\'rni

1.2 Islomning muqaddas manbaalari. Hadislar. Buyuk muhaddislar
Qur’oni Karim Islom dinining asosiy ilohiy, muqaddas kitobidir. Islom dinida aytilishicha Qur’on Allohning kalomi (kalomulloh) bo’lib, uning har bir kalomi Alloh tarafidan so’zma-so’z nozil etilgan va Jabroil alayhissalom orqali payg’ambarga yetkazilgan. Alloh taolo tarafidan oxirgi payg’ambar Muhammad alayhissalomga yuborilgan bu so’nggi kitob to qiyomat-qoyim bo’lgunga qadar, insonlar orasida abadiyan amal qiladi deyiladi.
Islomda aytilishicha Qur’oni Karim va Islom dini muayyan qabila, xalq, elatlarga yuborilgan bo’lmay, balki butun bashariyatga, yer yuzidagi barcha xalqlarga nozil etilgan.
Qur’onning nozil qilinishi-vahiy qilib yuborilishi muqaddas ramazon oyining yigirma yettinchi kuni kechasi boshlangan. Shuning uchun ham bu oy muqaddas hisoblanib, ro’za tutilgan kunning yigirma yettinchi kechasi “Laylat ul-Qadr”, ya’ni qudrat kechasi, ilohiy qudrat namoyon bo’lgan tabarruk kecha deb ulug’lanadi.
Qur’ondaa aytilishicha Islom aqidalari, e’tiqod talablari, xuquq va axloq me’yorlari, inson uchun foydali bo’lgan, har bir zamonga to’g’ri keladigan va qiyomatgacha o’zgarmaydigan hikmatli hukmlar yozilgandir. Qur’oni karimning asosiy mavzusi va maqsadi bashariyat tafakkurida ko’p xudolikka barham berish, yakka xudolikka targ’ib qilish va Islom dinini o’rnatishdir.
Qur’on har xil hajmdagi 30 pora (bo’lak, qism), 114 suraga bo’lindi va 77439 kalima, 325743 harfdan iborat 6236 oyat joylashtirilib, har bir suraga nom berildi, Qur’onning oxirgi oyati payg’ambar vafodan 18 kun avval nozil bo’lgan. Qur’onning birinchi surasi - “Fotiha”, oxirgi bir yuz o’n to’rtinchisi - “An-nos” surasidir.
Qur’ondagi suralar makkiy va madiniy suralarga bo’linadi. Jumladan, 90 sura, 4780 oyat Makkada 610-622 yillarda, 24 sura, 1456 oyat Madinada 622-632 yillarda nozil bo’lgan.
Qur’on Muhammad payg’ambar tomonidan hali jamlanib to’plam holiga keltirilmagan edi. Rasullulloh vafot etgan vaqtda Qur’on sahobalar, qori-hofizlar tomonidan to’liq yod olinib, xurmo po’stloqlariga, toshtaxtalarga, teri va boshqa narsalarga yozib qo’yilgan edi. O’sha davrlarda Qur’onni to’liq holda yod olgan sahoba-hofizlaridan 30 kishi sanab o’tilgan. Rasulullohning 24 nafar vahiy yozuvchi kotiblari bo’lgan. Ular navbatma-navbat kotiblik qilganlar. Rasululloh mirzalaridan eng mashhuri Zayd ibn Sobit raziyallohu anhudir.
Ma’lumki, Muhammad alayhissalom o’qish-yozishni bilmagan: “Siz, ilgari biror kitobni tilovat qiluvchi emas edingiz va o’z qo’lingiz bilan xat ham yozgan emas edingiz. Aks holda buzg’unchilar, albatta, shubhaga tushgan bo’lur edilar”(29-“Ankabut” surasi, 48-oyat)
O’uronda aytilishicha Muhammad payg’ambar Qur’on oyatlarini farishta Jabroil alayhissalomdan eshitib, yod olgan va sahobalariga aytib, o’qitib, uqtirib turgan, ular esa yodlab olganlar. Payg’ambarimiz har bir yangi oyatni qaysi suraga taaluqli ekanligini va o’rnini kotiblarga tushuntirib turganlar. Qur’on suralari shu tariqa 23 yil davomida yod olingan va xatga bitilgan.
Islomning asosiy hujjati bo’lgan Qur’on musulmonlarning diniy, ijtimoiy va siyosiy hayotida yagona qo’llanma, doimiy yo’lboshchi bo’lib xizmat qilib kelgan. Qur’oni Karim jumlalariga biron-bir o’zgartirish kiritish, bironta harfni, xatto harflar belgisi-zer-zabarini ham o’zgartirish mumkin emas, qat’iyan taqiqlangan;
Qur’on ta’limotining markaziy g’oyasi yakkayu yagona Alloh to’g’risidagi ta’limotdir. Shuningdek, unda iymon, Allohga ishonch, olamning yaratilishi, farishtalar, payg’ambarlar, oxirat-qiyomat, qayta tirilish, qazoi qadar, Islom dinining asoslari va boshqa diniy ko’rsatmalar belgilab berilgan. Undagi axloqiy, xuquqiy, ijtimoiy, iqtisodiy meyorlar Islom dinining qonunlari majmuasi-shariatga asos qilib olingan3.
Qur’oni Karimning asosiy nomlari:

  • Qur’on. Mazmuni “O’qish kitobi”. Bu kalom faqat Muhammad a.s.ga nozil qilingan ilohiy kitobga qo’llaniladi.

  • Furqon. Haq bilan nohaqni ajrim qilib beruvchi degani. Bu nom Qur’onga, gohida Tavrot va Injil kitoblariga ham qo’llanilgan.

  • Kalomulloh. Allohning kalomi degani.

  • Mus’haf. Sahifalangan, muqovalangan kitob degani.

“Qur’on” - arabcha “qara’a” (o’qimoq) felidan olingan. Qur’on suralardan iborat. Sura Qur’ondan bir bo’lak bo’lib, eng kami uchta yoki undan ortiq oyatlarni o’z ichiga oladi. Qur’onda jami 114 ta sura mavjud. Oyatlar soni esa, Qur’on mantlarini taqsimlashning turli yo’llariga ko’ra, 6204 ta, 6232 ta, hatto 6666 tagacha belgilangan. Bu narsa Qur’on nusxalarining bir-biridan farqli ekanligini emas, balki undagi oyatlarning turlicha taqsimlanganini bildiradi.
Suralar Qur’onda o’z mazmuniy izchilligiga yoki o’qilgan vaqtiga, ya’ni xronologik tartibiga qarab emas, balki hajmiga ko’ra-avval katta suralar, undan so’ng kichik suralar tartibi Muhammad s.a.v. ko’rsatmalariga binoan joylangan. Suralarning hajmi ham har hil: eng katta hajmga ega bo’lgan 2-surada 286 oyat bor, eng kichik suralar faqat 3 oyatdangina iborat.
Qur’on matnlarining to’planishi, tahrir qilinishi va muqaddas yozuv sifatida e’tirof etilishi Muhammad vafotidan keyin 20-25 yil davomida, dastlabki xalifalar Abu Bakr, Umar, Usmon davrida amalga oshirilgan.
Muhammad suralarni yoddan o’qigan, targ’ibot vaqtida musulmonlar ham uni yod olgan. Boshqa xalqlardagidek, arablar o’rtasida ham folklorga hos she’rlar, rivoyatlar faqat yod olish va og’izdan-og’izga ko’chirish yo’li bilan avloddan-avlodga o’tib saqlangan. Faqat ayrim savodli kishilargina ba’zi suralarni pergament, yog’och tahtakach, kurak suyaklariga yozib olganlar. Suralarni to’la yodlab olgan musulmonlar anchagina bo’lgan.
Abu Bakr hukmronligi davrida barcha suralarni to’la yod bilgan 7 tagina odam qolgan edi. Muhammad umrining oxirlarida 5 yil davomida unga kotiblik qilgan Zayd ibn Sobit bitta suraning oxirinigina bilmagan, qolgan barcha suralarni yod bilgan. Ko’pchilik musulmonlar ayrim sura yoki parchalarni yod bilganlar, xolos. Binobarin, yana bir necha janglardan so’ng suralarni yod bilgan odamlar qolmasligi va Qur’on matnini tiklash mumkin bo’lmay qolish xavfi paydo bo’lgan.
Shuni hisobga olib, Abu Bakr eng yaqin safdoshi Umar maslahati bilan 633 yilda Qur’on suralarini to’plab, dastxat qildirishga qaror bergan va bu vazifani bajarishni Zaydga topshirgan. Rivoyatlar bo’yicha, u masjidga o’tqazib qo’yilgan, sahobalardan har biri o’zi bilgan suralarni o’qigan, Zayd yozib borgan. Har bir sura, parcha yoki oyatlar qismini avval bir kishi o’qib,so’ngra ikkinchi kishi o’qiganda aynan mos kelsa, o’shandagina yozib borilgan. Bu to’plam dastavval Suhuf (sahifalar) deb nom olgan. Binobarin, u alohida pergament sahifalarga yozilgan bo’lishi kerak. Lekin bu nusha saqlanib qolmagan. U haqidagi ma’lumotlarni biz faqat ilk manbalardangina bilamiz.
Qur’onning hozirgi nusxasidagi 114 ta sura bilan taqqoslab ko’rilsa, Suhufda hammasi 109 ta sura bo’lganligi va 1, 34, 41, 45 va 96-suralar bo’lmaganlligi aniqlanadi. Shundan ham ma’lum bo’ladiki, Suhuf tarkibi to’la bo’lmagan.
Oradan 17-18 yil o’tgach, ilgaridan o’z ixtiyorlari bilan suralarni yozib yurgan va alohida to’plam qilib olgan ayrim kishilar qo’lidagi nushalarni xalifalikning ayrim shaharlarida o’qish va ibodatxonalarda ulardan foydalanish kengayib borgan sari ana shu nushalar orasidagi tafovut sezilib borgan. Bunday nusxalarni ayrim shaxslar o’z ixtiyori bilan to’plab yurgan, shu sababli ularda Suhufga nisbatan ba’zi suralar yo’q, yoki aksincha, Suhufda yo’q suralar bor bo’lgan. Ilohiy yozuvda kelajakda yuz berishi mumkin bo’lgan xilma-xilliklarning oldini olish maqsadida Usmon barcha dastxatlarni to’plab, taqqoslab chiqish va ular asosida bo’lajak Qur’onning yagona nushasini tayyorlashga amr bergan va o’zi bu ishga bosh bo’lgan.
Ma’lumotlar bo’yicha Muhammadning yaqin sahobalaridan Ubay ibn Ke’b (vafoti 643), Ibn Ma’sud (vafoti 650) va boshqalarning xususiy to’plamlari bo’lgan. Bular Damashq, Kufa, Basra, Homis shaharlarida amalda qo’llanilgan.
Usmon amrini bajarish uchun to’rt kishilik guruh belgilangan. Unga Zayd rahbarlik qilgan, uning tarkibiga Qur’onni yahshi bilgan sahobalardan az-Zubayr, al-Os, ibn Hishomlar kiritilgan. Bular barcha nusxalar va topilgan suralarni qaytadan tekshirib, taqqoslash asosida yagona nusxani tayyorlagan. Ilgarigi shahsiy nusxalarning barchasi yo’qotilgan. Yangidan dastxat qilingan yagona nusxa tarixda “Xalifa Usmon mushafi” deb nom olgan. Lekin ayrim nusxalar saqlanib qolgani ham ma’lum. Masalan, mashhur avstraliyalik arabshunos olim Adam Mes o’zining “Musulmanskiy renessans” kitobida o’rta asr arab tarixchisi al-Javziyga asoslanib, bir voqeani keltiradi. 1008 yilda rasmiy Musxafdan farq qiladigan va Ibn Ma’sudning qo’lyozma nushasi degan nom ostida yana bir bor Qur’on dastxati paydo bo’lgan, qozilar hukmi bilan yoqib yuborilgan. Usha kuni yarim kechada dastxatning egasi paydo bo’lib, uni yoqib yuborilganini bilgandan keyin, bu ishni qilganlarni la’natlagan. Bunga javoban uning o’zi ham o’limga hukm qilingan. Har holda XI asr boshida yuz bergan ana shu voqeadan keyin, rasmiy Mushafdan farq qiladigan Qur’on nusxasining topilgani haqida biror ma’lumot uchramaydi.
Usmon buyrug’i bilan yozilgan Mushaf Madina shahrida saqlanadi. 1964 yilda u yerda nashr qilingan Madina shahridagi islom yodgorliklari haqidagi kitobda, bir necha asrlar davomida Mushaf Madinadagi Muhammad masjidida saqlangani, keyinchalik islom mamlakatlari tomonidan masjid yaqinida ana shu Qur’onni va Muhammaddan qolgan muqaddas yodgorliklarni saqlash uchun maxsus qurilgan binoda saqlanayotgani qayd qilingan.
Mushaf qo’lyozmasi tayyor bo’lgandan keyin tez orada Usmon buyrug’i bilan undan 2 nusha (ba’zi ma’lumotlar bo’yicha 4 nusxa) buqa terisiga kufiy alifbosida ko’chirilgan va o’qishda hamda ibodatda barcha yerlarda Qur’onning yagona matnidan foydalanishni amalga oshirish maqsadida, bu nusxalar Kufa, Basra, Damashq va boshqa shaharlarga yuborilgan.
Hozirgi kunda Islom olamida 4 ta qadimiy Mushaf nusxalarining borligi ma’lum. Ulardan biri Madinada saqlanayotgan asl nusxasi bo’lib, islom manbalarida u “Imom” nomi bilan tilga olinadi. Ikkinchi nusxa Ka’bada, uchinchi nusxa Qohiradagi Misr milliy kutubxonasida saqlanmoqda. To’rtinchisi Toshkentda O’zbekiston xalqlari tarixi muzeyida saqlanib, 1989 yil boshlarida Movarounnahr musulmonlari diniy boshqarmasiga topshirilgan.
Mushaflarning bu nusxasining qanday qilib Markaziy Osiyoga kelib qolgani haqida bir necha xil tarixiy ma’lumotlar va rivoyatlar saqlangan. Ular qisman ilmiy adabiyotlarda ham tilga olingan. Mushafning Samarqanddan 1865 yilada Sankt-Peterburgga olib ketilgani, 1920 yilda musulmonlarga qaytarib berilgani, 1923 yilda Toshkentga olib kelingani yoritib berilgan.
Biz bu masalaga mufassal to’xtalib o’tirmaymiz. Shuni ilova qilib aytish kifoyaki, bu mushafning Markaziy Osiyoga olib kelinishi bilan bog’liq bo’lgan ma’lumotlar ichida tarixiy jihatdan asoslirog’i va ishonchlirog’i sohibqiron Amir Temurning Iroqdan Samarqandga Qur’onning qadimiy bir nusxasini jo’natgani haqidagi ma’lumot deb hisoblash mumkin.
Mushaf keyinchalik musulmon olamida tarqalgan va minglab marotaba nashr qilinayotgan Qur’onning asl nusxasi hisoblanadi. Qur’on qayerda nashr qilinmasin, uning birinchi sahifasida Usmon mushafi matniga muvofiq ekani yozib qo’yilgan bo’ladi.
Qur’on suralarining to’planishi va dastxat qilinishi ilk islom manbalarida batafsil bayon etilgan va islomda eng keng tarqalgan yo’nalishi sunniylikda e’tirof etilgan.
Dastlab islom jamoasida faqat Qur’on dinshunoslikning, shu bilan birga huquqning asosi va manbai deb tan olingan. Lekin arab istilosi davrlarida (632-751 yillar atrofida) bu manbaaning o’zi talabni qondira olmagach, asta-sekin uning yoniga boshqa manba (sunna) qo’shilgan.
Zabt etilgan Osiyo oldi, Markaziy Osiyo va Shimoliy Afrika mamlakatlarida eski arab jamiyatiga qaraganda nisbatan murakkab iqtisodga, ijtimoiy munosabatlarga va madaniyatga ega bo’lgan jamiyatga duch kelganlar. Arablar zabt etgan mamlakatlarda yer-mulk munosabatlari, shahar hayoti, mulkiy qonun-qoidalar majmui, hokimiyat tashkilotlari, ijtimoiy-maishiy hayot arablar mamlakatlaridagiga qaraganda ancha murakkab edi. Bu yerlarda arablar bir qator muammolar va talab-ehtiyojlarga duch keldilarki, ularga Qur’on to’la javob bera olmas edi. Bu davrlarda hali arablar diniy jamoa va davlat, din va siyosat, diniy qonun va davlat huquqini aniq farqlamaganliklari tufayli yangi ijtimoiy munosabatlarga asoslanadigan hayotning hamma talablariga javobni istilochilar din nufuzi bilan asoslashga harakat qilganlar. Shundagina go’yo payg’ambar Muhammad hayotligida bo’lib o’tgan amaliy ishlar va uning taxminiy so’zlariga tayana boshlaganlar. Ayni vaqtda bu usulni qo’llashda taqvodorona soxtakorlikdan ham hazar qilmas edilar. Shu tariqa pand-nasihatlar yig’indisi - Sunna shakllangan.
Arabcha Sunna (as-sunna, ko’plikda sunan) - yo’l, yo’nalish, ko’chma ma’nosi - “ajdodlardan qolgan urf-odatlar”, ya’ni “rivoyat”, “naql”, “xotira”, “odat”, “hatti-harakat” ma’nolarini beradi.
Sunna islomda Qur’ondan keyingi, uni to’ldiruvchi manba, islom ilohiyoti va shariatining ikkinchi asosi sifatida e’tirof etilgan. U VII asr o’rtalaridan e’tiboran yig’ila boshlagan. Unda arab xalifaligidagi sinfiy munosabat, ijtimoiy ziddiyatlar, islom mafkurasi doirasidagi ichki kurashlar o’z ifodasini topgan. Islomgacha davrdagi Arabistonda bu nom bilan odat tusini olgan axloqiy-huquqiy yo’l-yo’riqlar majmuasi- Shimoliy Arabistondagi eski jamoaning oddiy huquqlari atalgan. Sinfiy jamiyat va islom vujudga kelgandan so’ng bu eski arab majusiy sunnasi rad etilib, asta-sekin yangisi, musulmon sunnasi bilan almashtirila boshlangan. Eskisidan yangisiga o’tgan qismlar esa go’yo payg’ambar ko’rsatmasi sifatida talqin qiinar edi. Keyin, arab harbiy yurishlaridan so’ng Musulmon sunnasiga ko’plab Rumo, Vizantiya va Eron hududidan olingan xristian, iudaizm, zardushtiylik dinlari elementlari kirgan, lekin yana ular payg’ambardan kelayotgan qoida va yo’l-yo’riqlar sifatida ifodalangan.
Musulmon sunnalari ko’plab hadislardan tashkil topgan. Hadis so’zining dastlabki ma’nosi (arabchada ko’plikda “ahadis” so’zidan) -“xabar”, “hikoya”, “bildirish”, tor ma’noda - “parcha” (sitata). Rasmiy ma’noda hadis-Muhammad so’zlari va amaliy ishlari haqidagi rivoyatlardir. Bu ma’noda hadis faqat Muhammad so’zlariga nisbatangina ishlatiladi.
Ba’zi ulamolar esa, hadis deganda faqat Payg’ambarninggina emas, balki sahoba va tobeinlarning ham bergan xabarlarini tushunadilar.
Ba’zi hadisshunoslar faqat Payg’ambar so’zlarinigina hadis deb, boshqalarnikini esa xabar deb ataganlar. Shu boisdan ham Payg’ambar hadislarini to’plovchilarga muhaddis, boshqa tarix, qissa kabilarni naql qiluvchilarga axboriy deyilgan.
Qandayligidan qat’i nazar, har qalay. Hozir musulmon olamida hadis deyilganda Payg’ambarning so’zlari, fe’l va atvorlari tushuniladi.
Hadis - islomda Qur’ondan keyingi muqaddas manba hisoblangan. Bunda Muhammadning hayoti, faoliyati va ko’rsatmalari, uning diniy, axloqiy dasturlari ham o’z ifodasini topgan. Muhammad biror gap aytgan yoki ma’lum ishni qilib ko’rsatgan bo’lsa, yoxud boshqalarning qilayotgan ishini ko’rib, uni man etmagan bo’lsa shu uch holatning har biri hadis deb atalaveradi. Ma’lumki, hadislarda islom ahkomlari, ya’ni farz, vojib, sunnat, mustahab, halol, harom, makruh, muboh kabi amal turlaridan tashqari, axloq-odobga doir dasturlar talqin etiladi. Unda xalq orasida keng tarqalgan axloq-odobga doir maqol, qimmatli, hikmatli gaplar ham qamrab olingan.
Hadislarni saqlab, kelajakka yetkazuvchilar birinchi navbatda sahobalar-payg’ambarning qarindoshlari, do’stlari, yordamchilari va shogirdlari, uning o’limidan keyin asosan Madinada yashab kelganlar hisoblanganlar.

II BOB Islom dinining ma'naviyatimizning shakillanishidagi o'rni


2.1 Jahon dinlari tarixiy taraqqiyoti
Islom falsafasida ma`naviy omil jamiyat rivojida yetakchi o`ringa qo`yiladi. Shu tariqa mintaqamizda yashaydigan turli xalqlarning dunyoqarashida, e`tiqodi va ma`naviy hayotida, ijtimoiy hamda insoniy munosabatlarida ijobiy inqilob yasadi va yangi sivilizatsiyani boshlab berdi. Ma`naviy, ahloqiy barkamollik hukmron bo`lgan jamiyatda ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotni ta`minlash g`oyasi Qur`oni Karim va Hadisi Sharif mazmunida o`z yechimini topadi. Bu muqaddas kitoblar va shariat ko`rsatmalari inson ma`naviy – ma`rifiy kamolotining asosi bo`lgan ahloq-odob tarbiyasining barcha qirralarini o`z ichiga oladi. 
Qiska qilib aytganda, Qur`oni Karim va Hadislar ma`naviy-ahloqiy tarbiyaga, shuningdek ma`rifiy ilmlarga oid bo`lgan fikrlarning mukammal to`plamidir. Prezident I.Karimov islom dinini xalq ma`naviyati va ma`rifatining yuksalishiga katta hissa qo`shib kelgan milliy va umuminsoniy qadriyatlar sifatida ta`riflab: «Islom dini ota-bobolarimiz dini, biz uchun ham iymon, ham ahloq, ham diyonat, ham ma`rifat ekanligini unutmaylik. U quruq aqidalar yig`indisi emas. Ana shu ma`rifatni kishilarimiz jon-jon deb qabul qiladilar va yaxshi o`gitlariga amal qiladilar. Mehr-oqibatli, nomusli, oriyatli bo`lishga, izzat-ehtirom tushunchalariga rioya etishga harakat qiladilar», - deb yozadi. Yurtboshimiz qayd qilganidek, hozirgi O`zbekiston hududida ilm-ma`rifat, madaniyat va ma`naviyat rivojlanishida islom ijobiy rol o`ynagan. Islom, ayrimlar tushunganidek, faqat aqida emas, avvalo ma`rifat ilmidir. Payg`ambarimiz Hadislari kishilarni donolik va ma`rifatga chaqirish, fahm-farosatga, o`tkir zehnlilikka o`rgatish, diniy ahloqiy dastur, shuningdek, huquqiy – diniy yo`l-yo`riqlar, asrlar davomida vujudga kelgan fan, adabiyot, madaniyat bo`sag`asidagi diniy va dunyoviy ilmlar majmuasidir. Hadislarda ilmsiz e`tiqod bo`lishi mumkin emasligini ko`zda tutib, ma`naviy barkamol inson, ilm sirlarini boshqalarga o`rgatib, jamiyat farovonligi uchun sarf qilsa, kelajak avlodga meros sifatida qoldirsa, bunday insonning borligi pokiza bo`ladi deb hisoblanadi. Islomda ilm-fanni egallab ma`rifatli bo`lish savobli ish deb qaraladi. Shu bois ham Hadisda «Beshikdan qabrgacha ilm izla» deb alohida ta`kidlanadi. Aks holda bilgan narsani hech kimga o`rgatmaslik ma`naviy qashshoqlashishga sabab bo`ladi. Bunday hasislik Hadisda qoralanadi. Umuman islom dinining tom ma`nodagi mohiyati, islomiy ta`lim-tarbiya, diniy va dunyoviy bilimlarni barobar o`rganish komil inson bo`lib yetishishga imkon beradi, deb hisoblanadi. 
Markaziy Osiyo mutafakkirlarining islom ilmlari, madaniyati va ma`naviyatiga bo`lgan munosabatlari va ularning rivojidagi o`rniga e`tibor berilsa, ular dunyoviylik bilan ilohiylikni uyg`unlashtirganliklarini ko`rish mumkin. Masalan, Abu Nasr Farobiy «Baxt-saodatga erishuv haqida», «Falsafani o`rganishdan oldin nimani bilish kerakligi to`g`risida», «Ilmlar va san`atlar fazilati» kabi asarlarida insonning ma`naviy rivojlanishi ilm-ma`rifatga bog`liq deb ta`kidlaydi. Al-Xorazmiy esa, insonning hulq-atvori, hatti-harakati mantiqiy fikrlashga asoslangandagina maqsadga muvofiq rivojlanadi deb hisoblaydi.
Sa`diy SHeroziy ilmga amal qilmaganlarni nodondur, ilmsiz odam boylikka, mansabga, har xil tubanlikka mansubdir desa, Yusuf Xos Xojib ezgulikka ilm orqali erishiladi, deb fikr yuritadi.
A.Navoiy fikricha, odamgarchilikning eng yuksak belgisi islomdagi sahiylik va himmat hisoblanadi, «Sahiylik inson bog`ining hosildor daraxtidir, balki daraxtning mevasi shirin bo`lgan asl gavharidir. Sahovatsiz kishi bilan gavharsiz sadafni birday hisoblasa bo`ladi. Sahovatlilik va himmatlilik pokiza kishilarga xosdir» deb ta`kidlaydi.
Markaziy Osiyo mutafakkirlarining islom ilmlari va madaniyati rivojidagi qo`shgan hissalari to`g`risida fikr yuritsak, xijriy III asrlarda Movaraunnaxr va Xuroson zaminidan yetishib chiqqan At-Termiziy, An-Nisoriy, Imom al-Buxoriy kabi buyuk zotlar jahonga mashhur oltita xadislar to`plamini yaratib, islom ilmi va madaniyatiga buyuk hissa qo`shganlar.
Imom Al-Buxoriy onasi va akasi Ahmad bilan hajga borib, Haj amallarini bajargandan keyin ularni kaytarib yuboradi. O`zi qolib, Arab mamlakatlarining ko`plab shaharlarida hadis ilmini uzoq vaqt o`rganadi. Natijada 600000 dan ortiq hadis to`plab, shundan 7250 tasini «ishonarli» hadis deb topadi. Al-Buxoriy ijodi-faoliyati davomida 20 dan ortiq hadis to`plamlarini yaratgan. Shulardan «Al-Jome` as-sahih» (ishonchli hadislar) asarini yaratib, bashariyat tarixidagi buyuk siymo sifatida tanildi. Bunday ulug` zotning O`zbekistonning tabarruk zaminidan yetishib chiqqanligi tasodifiy hol emas edi. Bu ko`hna diyorimizda ilm-fan va madaniyatning ildizi chuqurligidan, o`lkamizda azal-azaldan an`anaviy madaniy-ma`naviy va diniy muhit mavjud bo`lganligidan, eng muhimi bu yurtda yashovchilarning jamiyat va insoniyat yo`lida har qanday ilmni tez va teran anglab, yuksak pog`onalarga ko`tarish layoqatiga qodir ekanligidan dalolat beradi4.
Islom ilmlari va madaniyatini rivojlanishida buyuk hissa qo`shgan vatandoshimiz at-Termiziy o`zining «Al Jome` as-sahih», «Shamoili Nabaviya» (Payg`ambarning shakl va sifatlari), «Kitob o`z-zuxd» (zohidlik kitobi) kabi bir qator asarlari bilan islom dunyosiga ma`lum va mashhurdir. Bulardan tashqari ulug` o`zbek shoiri va mutafakkiri A. Navoiy o`z ijodi faoliyatida islom ma`naviyatini rivojlantirishda islom ta`lim-tarbiyasiga oid, «Arbain hadis» (qirq xadis) nomli asarida Muhammad alayhissalomning ko`rsatma va o`gitlari, fe`l-atvorlari, musulmonchilik ta`lim-tarbiya qoidalari to`g`risidagi qirq hadisni sharhlab targ`ib qiladi.
Shunday qilib, Markaziy Osiyo, hozirgi O`zbekiston hududida yetishib chiqqan mutafakkirlar islom ma`naviyati, ma`rifati va madaniyatiga umuminsoniy qadriyat sifatida qarab, uning rivojiga munosib hissa qo`shganlar.
2.1 Jahon dinlari tarixiy taraqqiyoti
Jahon dinlari tarixiy taraqqiyoti tajribasidan ma`lumki, ular rivojining muayyan bir bosqichida turli yo`nalish va oqimlarga bo`lingan. Shuningdek, Islom dinida ham VII asrning ikkinchi yarmidayoq dastavval xorijiylar yo`nalishi shakllangan (hozir ular mavjud emas). Keyinchalik ikkita yo`nalish: sunniylik (ahli sunna val-jamoa-sunnat va jamoat ahli) va shialikka ajralib chiqqan. Bu yo`nalishlarning har birida turli masalalar bo`yicha, turli qarashlarga ega bo`lgan mazhablar kelib chiqqan. Mazhab so`zi arabcha «oqim, yo`l, ta`limot, yo`nalish» yoki biror diniy masala bo`yicha ma`lum bir olim-ulamolar yo`nalishidan borish mazmunini anglatadi. Ilk islomda mazhab tushunchasi asosan fikxiy (huquqiy) maktablarga nisbatan qo`llanilgan va hozir ham shunday tushunmoq lozim.
Islomning sunniylik yo`nalishi «Ahli sunna val-jamoa» deb atalib, undan 4 ta fiqxiy, ya`ni islom qonunchiligini o`zida aks ettirgan mazhablar mavjuddir. Ular xanafiylik, molikiylik, shofiylik va xanbaliylik mazhablaridir. Sunniylikda fikxiy maktablardan tashqari aqidaviy masalalarda bir-biridan farq qiladigan ikkita mazhab bor. Ular ash`ariy va motrudiy mazhablari nomi bilan yuritiladi. Aqidaviy mazhablar qo`yidagi masalalarda bir-biridan farq qiladi, ya`ni, ular birinchi-Oliy hokimiyat (imomat, xalifalik) masalasi, ikkinchisi - Imon masalasida, uchinchisi – Qazo va qadar masalasida, to`rtinchisi – Ollohning zoti va sifatlari masalasida beshinchisi-fikxiy (huquqiy) masalalardir.
Bugungi kunda dunyoda 1,3 milliard musulmon aholisining 92,5 foizini sunniylar tashkil etib, ular mazhablar bo`yicha tahlil qilinganda: xanafiylar 47 %, shofiylar – 27 %, molikiylar – 17 %, xanbaliylar – 1,5 % dan iboratdir.
Islomning shialik yo`nalishida ham ayrim masalalarda bir-biridan farq qiladigan ismoiliy, ibodiy, ja`fariy, zaydiy kabi mazhablar mavjud bo`lib, u jahondagi musulmonlarning 7,5 % ini tashkil qiladi.
Fikxiy mazhab tushunchasi Olloh Taolo o`z Payg`ambari Muhammad s.a.v. orqali nozil qilgan shariat huquqshunosligida Qur`oni Karim va Payg`abarimizning sunnati bo`lgan Hadislarga tayanib hukm chiqarishni ko`zda tutadi. Fikxiy mazhab imomlari Qur`oni Karim va Sunnatni mazmunini kishilarga osonlik bilan tushuntirgan va ularga amal qilish yo`llarini musulmonlarga o`ziga xos oddiy usul bilan bayon qilib bergan buyuk olimlardir.
Sunniylikning molikiylik mazhabi asoschisi Molik ibn Anas al-Asbaxiy (713-795) bulib, uning «al-Muvatta» (Barchaga tushunarli) asarida bu mashabning qarashlarini asoslab beradi. Ular Afrika va Arab mamlakatlarida yashaydi.
Shofiylik mazhabining asoschisi Usmon ibn Shofiy (767-820) bo`lib, «al-Umm» nomli asarida o`z qarashlarini yoritib beradi. Shofiylar Misr, Falastin, Iordaniya, Suriya va Iroqda yashashadi.
Xanbaliylik mazxabining asoschisi Ahmad ibn Xanbal bo`lib, u «al-Musnad» nomli asarida huquqiy masalalarni yoritadi. Bu mazhabdagilar Saudiya Arabistonida, Qatarda, Suriya, Falastin va Iroq kabi mamlakatlarda undan amaldagi qonun sifatida foydalanadi.
Sunniylikning Xanafiylik mazhabi islomga e`tiqod qiluvchi mamlakatlarda, islom qonunchiligi sifatida juda keng tarqalgan. Jumladan, Markaziy Osiyo mamlakatlari, O`zbekiston musulmonlari ham shu mazhab asosida shariat qonunlariga suyanadi. Xanafiylik mazhabini asoschisi Imom A`zam Abu Xanifa (699-767) dir. Sunniylik huquqshunosligida Imom A`zam maktabi hadislarga tayanganligi uchun «Ahl al-Xadis» nomini oladi. Umumiy tarzda Abu Xanifaning huquqiy nazariyasi «Ra`y» tushunchasi orqali shaxs erkinligini hurmatlagan, shariat masalalarida mustaqil fikr yuritishga ruxsat beradi va shu xususiyati bilan boshqa islom huquqshunoslaridan farq qiladi. Shu mazhab, birinchi bo`lib, savdo va iqtisodiy sohalardagi bitimlarga oid qoidalarni ishlab chiqqan. Shaxsiy huquq doirasida balog`at yoshiga yetgan inson mustaqil bo`lib, o`z mulki bilan o`zi hohlagan narsani qilishi mumkin.
Imom A`zam Abu Xanifaning shogirdlari bu mazhabni jamiyatning turli sohalariga tadbiq qilganlar. Masalan, Abu Yusuf Muhammad Ibn Xasan ash-Shayboniyning qator asarlarida soliqlar to`lash, merosxo`rlik, nomoz, tahorat, janoza, zakot, ro`za, haj, savdo, meros, nikoh, huquqbuzarlik kabi ko`plab hayotiy masalalarda fuqaro kodeksining asosini tashkil etib, huquqiy islohotlarning o`zviy qismini tashkil etgan.
Xanafiylik islom davlatlarida eng keng tarqalgan mazhab bo`lib, Abbosiylar davrida Abu Yusuf egallagan maqom «Qozilar qozisi» martabasi tufayli bu mazhab boshqalar oldida ustuvor, eng mu`tadillikka erishadi. Usmoniylar imperiyasi davrida va hatto hozirgi davrda ham Misr, Suriya, Livan, Irok, Iordaniya, Falastinda rasmiy mazhab sifatida fatvolar chiqarish huquqiga ega. Bolqon yarim orolida Kavkaz, Afg`oniston, Pokiston, Hindiston, Markaziy Osiyo Respublikalari, jumladan, O`zbekistonda, Xitoyda ham ustuvor mazhab hisoblanadi. Demak, xanafiy mazhabi musulmonlar dunyosining deyarli yarmiga yoyilgan.
Islom tarixida musulmonlar orasida bahsli masalalar shariatga binoan mahkama qozisi tomonidan hal etiladi.
Umumlashtirib aytganda, ilmda mazhabimiz Qur`oni Karim, amalda mazhabimiz Imomi A`zam, e`tiqodda mazhabimiz ahli sunnat va jamoatdaligini bildiradi.
O`zbek xalqi sunniylikning mo`tadil mazhabi xanafiylikning bag`rikengligi bilan siyosiy-iqtisodiy va ilmiy – madaniy hamda ma`naviy yuksalishga qo`lay sharoitlar yaratib kelgan. Xanafiylik o`z tarixiy taraqqiyotining barcha bosqichlarida musulmonlarning hamjihatligi, o`zaro inoqligi va birligini ta`minlash uchun kurashib kelgan. U musulmonlar orasidagi har qanday firqachilikka qarshi bo`lib, qavmning diniy e`tiqod belgilari bo`yicha guruhlarga bo`linish g`oyasini hech qachon tan olmagan.
Xulosa qilib aytganda, xanafiylikning boshqa mazhablardan farq qilib turuvchi asosiy fazilati, uning mo`tadilligi va boshqa dinlar bilan ham munosabatida bag`rikengligi, hayotiy ehtiyojlar bilan hamnafasligi, tirikchilik va taraqqiyot zaruratini chuqur idrok etish bo`lib, O`zbekistonning bugungi demokratik taraqqiyoti yo`liga ham hamohangdir.
Islomda yirik diniy-mistik (sirli) falsafiy oqimlardan biri tasavvuf ta`limotidir. Tasavvuf islom dini doirasida ahloqiy-ma`naviy xususiyatlarni Ollohu Taologa bog`lab, unga e`tiqod qilib umid bog`lash, unga sodiq bo`lish, sabr-toqat, shukronalik va qanoat, aql-idrok bilan ish ko`rishni ko`zda tutadi. Boshqacha aytganda tasavvuf ta`limotining mazmunida odamlarni halollikka, poklikka, tinchlikka, inson qadrini yerga o`rmaslikka chorlab, har kim o`zining halol mehnati bilan ijtimoiy adolat qoidalariga rioya qilishni targ`ib etuvchi qoyadir. Unda hayotiy muammolar bilan bog`liq bo`lgan ilohiy haqiqatga yetishishi bosqichma-bosqich va asta-sekinlik bilan yaqinlashib boradi deb hisoblanadi. Boshqacha aytganda, «Tasavvuf» shaxsning komil inson darajasiga yetishish natijasida Olloh vasligi musharraf bo`lishi orqali Olloh bilan yaqinlashib ketishi haqidagi ta`limotdir. Insonning komillikka yetishishi uchun eng avvalo kishining diliga, ko`ngliga tayanib, qalbni tarbiyalashga intiladi.
Komil inson bo`lishi uchun nafs ehtiyojidan voz kechishni, nafs hamma gunoh va balo-qazolarga olib boruvchi, kishini tubanlikka yetaklovchi hodisa deb tushuniladi. Inson o`z nafsining qo`li bo`lishidan ochko`zlik, hasislik va ta`magirlik kabi salbiy illatlar kelib chiqadi deb hisoblanadi. Buning uchun insonni nafsini jilovlab, qanoat bilan halol yashashga chaqiradi. Demak, tasavvuflik ilmi umuman, inson haqidagi ilm bo`lib, kishi qalbiga ma`naviy saykal beruvchi ilmlardan hisoblanadi.
Tasavvuf sufiylik tushunchasini ham o`z ichiga oladi. Sufiy so`zi- sof bo`lmoq ma`nosida bo`lib, sufiylar Qur`oni Karim sura va oyatlari va Muhammad Payg`ambar sunnatlariga qat`iy amal qilish asosida o`zini pok, toat ibodat bilan kechalari nafl nomozlari o`qib bedor o`tkazuvchi, faqat ilohiy ruhga qo`shilishini maqsad qilib, Olloh diydoriga erishish yo`lida darveshlik, faqirlik asosida har qanday nafsdan voz kechib Ollohga intilishga ehtiyoj sezadigan kishilar bo`lgan. Lekin shuni ham alohida qayd etish lozimki, Markaziy Osiyodagi sufiylik, ayrimlar tushunganidek, faqat mistikaga o`ralib qolgan ta`limot emas, balki islomda tasavvuf shaklida hal qilinuvchi, mo`g`ullar bosqinidan ozod qilishda xalqni birlashtiruvchi g`oya rolini ham bajargan.
Tasavvuf ta`limoti taraqqiyoti bosqichlarida inson ma`naviyatini rivojlantirish va boyitishda o`ziga xos yo`nalish bo`lgan tariqatlar kelib chiqdi. «Tariqat» tushunchasi – komil inson darajasiga erishishni ko`rsatuvchi birdan bir to`g`ri yo`l demakdir. YA`ni ruhiy, ma`naviy va ahloqiy poklanishda qo`yidagi taraqqiyotning to`rtta bosqichi: shariat, tariqat, ma`rifat va haqiqat mavjud. Bu bosqichlarni bosib o`tilgandagina komilikka erishish mumkinligini ko`rsatuvchi to`g`ri yo`ldir.
Markaziy Osiyoda tasavvuf tariqati yo`llarini ishlab chiqqan ta`limotlarga Ahmad Yassaviyning «Yassaviya», Bahouddin Naqshbandiyning «Naqshbandiya», Najmiddiy Kubroning «Kubraviya» yo`nalishlari kiradi. Bundan tashqari Naqshbandiya tariqatini yanada boyitib mazmunan yangi bosqichga ko`targan Hoja Ahror Valiy qarashlaridan iborat sufiylik tariqati ham mavjud. Bu tariqatlar bir-biridan insonning yuksak ma`naviy kamolotga erishishdagi ahloqiy tamoyillar, talablar va usullari bilan o`zaro farq qiladi.
Ulug` bobomiz Ahmad Yassaviy asos solgan «Yassaviya» tariqatida (yo`lida) Olloh vasliga erishish yo`lida nafs-ehtiroslaridan voz kechib, «Tarkidunyochilik» targ`ib qilinadi. «Naqshbandiya» tariqati mazmunida inson halol mehnati va hunar bilan noz – ne`matlarni ishlab chiqarishga, mavjud hokimiyat bilan hamkorlik qilish hamda insonlar o`rtasida mehr-oqibat, do`stlik va tinchlikka da`vat etadi. Har bir insonni «Qo`li mehnatda, qalbi Olloh zikrida» bo`lishga undaydigan «Dil ba yoru dast bakor» nomli mashhur shiori bilan insonni ma`naviylik yo`li sari yetaklaydi. Umumlashtirib aytganda, Naqshbandiylik mazmunida ma`rifiy, hayriyatparvarlik, xalqparvarlik, adolat, kamtarlik, mehnatkashlik, vatanparvarlik, yaratuvchilik g`oyalari bilan sug`orilgan deyish mumkin.
Shunday qilib, islomning tasavvuf yo`nalishidagi ta`limoti mazmun-mohiyatida ma`naviy yetuk, komil inson – nafs ehtiyojlariga tobe bo`lmagan, aqlni ustun qo`yuvchi, fayzu karomatga boy, ezgulikka intiluvchi, rahmdil,
Hozirgi vaqtda mintaqa xalqlari hayoti va kishilarning ma`naviy – axloqiy qarashlari shakllanishida islom dinining o`rni va ahamiyatining o`sishi haqida fikr yuritilsa, islom falsafasida ma`naviy-ma`rifiy, ahloqiy omil jamiyat rivojida yetakchi o`ringa qo`yiladi. Shuning uchun mintaqamizda islom ma`naviyati va ma`rifati milliy qadriyatlarimiz bilan yashaydigan Turon zamin xalqlarining dunyoqarashi, e`tiqodi, ibodati, ma`naviy-ahloqiy hayoti, ijtimoiy va insoniy munosabatlarda islom tarbiyasi ijobiy inqilob yasab, yangi davrni boshlagan ma`naviy omil hisoblanadi. Bu g`oyalar Qur`oni Karim va Hadisi Sharifda yaqqol namoyon bo`ldi.
Mustaqillik tufayli o`zligimizni anglayotgan, an`anaviy qadriyatlarimizni qayta tiklayotgan hozirgi vaqtda g`urur bilan bemalol aytishimiz mumkinki, ota-bobolarimiz dini, imoni, e`tiqodi, vijdoni bo`lib kelgan islom dinimiz o`ziga xos o`zbekona urf-odatlar bilan o`yg`unlashib ketgandir5.

Xulosa
Shu nuqtai nazardan birinchi Prezident I. Karimov islom dinini xalqimiz ma`naviyati va ma`rifatini yuksalishiga katta hissa qo`shib kelgan, milliy va umuminsoniy qadriyat sifatida ta`riflab, «O`zbekistonning siyosiy – ijtimoiy va iqtisodiy istiqbolining asosiy tamoyillari» nomli asarida islom dini ota-bobolarimiz dini, ahloqi, diyonati hamda ma`rifati ekanligini unutmaylik. U quruq aqidalar yig`indisi emas. Ana shu ma`rifatni kishilarimiz jon-jon deb qabul qiladilar va yaxshi o`gitlarga amal qiladilar. Mehr-oqibatli, nomusli, oriyatli bo`lishga, izzat-ehtirom tushunchalariga rioya etishga harakat qiladilar» deb yozadi. Prezidentimiz fikrlaridan kelib chiqib aytish mumkinki, ilm-ma`rifat, madaniyat va ma`naviyat rivojida islom tarbiyasining katta rol o`ynaganligini, milliy iroda va ruhiyatimizga, turmush tarzimizga singib ketganligini ko`zda tutib, tarbiyaviy ishlarimizda islomiy ahloq odobdan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Yurtboshimiz yana ta`kidlab yozadiki, «Biz demokratik yangilanish pallasiga kirar ekanmiz, ruhiy poklanishni ham unutmaylik». Demak, ma`naviy merosimizning bir qismi bo`lgan islom dini yuksak madaniyat va ma`naviyat vositasi ekan, uni bugungi sharoitda ham odamlarni diniy bag`rikenglik asosida insofga, diyonatga, dinlararo va millatlararo hamjihatlilikka da`vat etuvchi ma`naviy-ma`rifiy g`oya sifatida tushunib, mamlakatimizda hukm surayotgan tinchlik va barqarorlik, xalqimizdagi xush kayfiyat, porloq kelajakka ishonch kabi g`oyalarning zaminida xalqimizning shonli o`tmishi va islom dinini ham tarbiyaviy roli borligini e`tirof etmoq lozim.


Shu boisdan ham islom diniga xalqimizning ma`naviyati va madaniyati tarixining ajralmas tarkibiy qismi sifatida, unga umuminsoniy qadriyatlar nuqtai nazaridan qarab, uni umumma`naviy taraqqiyotimiz jarayonining ajralmas qismi deb hisoblash lozimdir. Islom dini kishilarda kamtarlik, ahloqiylik kabi insoniy fazilatlarni shakllantiradigan, kishilarni to`g`ri yo`lga boshqaradigan tarbiyaviy omil sifatida qarab, bugungi huquqiy demokratik davlat va adolatli fuqarolik jamiyati qurilishi jarayonida keng foydalanish maqsadga muvofiqdir.
Xulosa qilib shuni aytish lozimki, islom yuksak umuminsoniy fazilatlarni shaklantirish – insonni diniy bag`rikenglik asosida yuksak ma`naviyatga chorlovchi Prezident Islom Karimov O`zbekiston6 Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senatini qo`shma yig`ilishida qayd etganidek, bugun bag`ri keng, ma`rifatli islomni niqob qilib olgan ekstremistik g`oyalardan himoya qilish bilan birga, undan hozirgi istiqlol oldimizga qo`yayotgan dolzarb ma`naviy – ma`rifiy va tarbiyaviy muammolarni hal qilishda ustuvor omilardan biri sifatida foydalansak, maqsadga muvofiq bo`ladi. Zero, ming yillik ma`naviyatimiz tarixi ham shak-shubhasiz fikrimiz to`g`riligini tasdiqlaydi.

Adabiyotlar:


1. O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Toshkent Islom Universitetida tayyorlangan ma`ro`zalar tezislari. T, 2004 y. 
2. Abdulatif qori Hoshimjon qori o`g`li. Zalolatga ketmang! «Hizb-ut tahrir» fitnasidan ogoh bo`ling. T., Movaraunnahr, 2003 yil.
3. Bag`rikenglik tamoyillari Deklaratsiyasi. T., 2002.
4. Bahromov A. Islom va ma`rifat. T., Movaraunnahr, 2002.
5. Bzejinskiy Z. Velikaya shaxmatnaya doska. – M, 1999.
6. Jurjoniy A.SH. Islom huquqshunosligi. – T, Toshkent islom universitet, 2002.
7. Jo`rayev N. Xalqaro terrorizm va mintaqaviy mojorolar. T, 2000.
8. Zikirlayev A. G`oyalar kurashi. T, Movaraunnahr, 2000.
9. Inson huquqlari: Universal xalqaro hujjatlar to`plami. – T, 1996.
10. Inson huquqlari to`g`risida xalqaro byulleten.. – T. Adolat, 1992.
11.  www.eduportal.uz

  1. O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi. Тoshkent, «O’zbekiston», 2012 yil.

  2. “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to’g’risida” gi O’zbekiston Respublikasi qonuni (yangi tahriri). T.: Adolat 1998 yil.

  3. Prezident I. A. Karimovning O’zbekiston Respublikasi mustaqilligining 23 yilligiga bag’ishlangan tantanali marosimdagi tabrik so’zi. Xalq so’zi gazetasi 2014 yil 1 sentyabr soni.

  4. Karimov I. A. O’zbekiston xalqiga tinchlik va omonlik kerak. T.: O’zbekiston 2013yil.Karimov I. A. O’zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida. T.: O’zbekiston. 2011yil. Karimov I. A “Inson huquqlari va erkinliklari eng oily qadriyat” Тoshkent “O`zbekiston ” nashriyoti 2007 yil.Karimov I. A. Yuksak ma’naviyat – engilmas kuch. T.: “Ma’naviyat”, 2008 y.

  5. At-Termiziy. Shamoili Muhammadiya. Sayid Mahmud Taroziy-Alixon to’ra tarjimasi. T.: “Mehnat” nashr, 1991.

  6. Ибрагимов Н. И. Святых в исламе по арабским источникам XII-XIV вв; Ислам в истории народов Востока. М., 1991 год.

  7. At-Termiziy. Sahih at-Termiziy. A.Abdullo tarjimasi. T.: G’.G’ulom nomidagi “Adabiyot va san’at” nashriyoti, 1993.

  8. Ismoil Mahdum. Toshkentdagi “Mushafi Usmoniy” tarixi. T.: 1996.

  9. Imom al-Buxoriy. Al-Jomi as-Sahih: IV jild. T.: Qomuslar bosh tahririyati, 1991-1993.

  10. Imom al-Buxoriy. Al-Adab al-Mufrad. T.: O’zbekiston, 1990.

  11. Uvatov U. Muslim ibn al-Hajjoj. T.: A.Qodiriy nashriyoti, 1998.

  12. Uvatov U. Muhaddislar Imomi. T.: “Ma’naviyat”, 1998.

  13. Ислам. Энциклопедический словарь. М.:1991.

  14. Хрестоматия по Исламу. М.:1994.

  15. Islom ma’rifati. Toshkent, «Islom universiteti», 2005 yil.

  16. Islom ensiklopediyasi. Toshkent, “O’zbekiston Milliy Ensiklopediyasi” 2004 yil.

  17. Qur’oni Karim. (A. Mansur tarjimasi). Toshkent, 1992 yil.

  18. Juzjoniy A.Sh. Islom huquqshunosligi. Toshkent, «Islom universiteti», 2002 yil.

  19. Jo’rayev U., Saidjonov I. Dunyo dinlari tarixi. Тoshkent, 1998 yil.



1 O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Toshkent Islom Universitetida tayyorlangan ma`ro`zalar tezislari. T, 2004 y.
2. Abdulatif qori Hoshimjon qori o`g`li. Zalolatga ketmang! «Hizb-ut tahrir» fitnasidan ogoh bo`ling. T., Movaraunnahr, 2003 yil.

2 Bag`rikenglik tamoyillari Deklaratsiyasi. T., 2002.
4. Bahromov A. Islom va ma`rifat. T., Movaraunnahr, 2002.

3 Inson huquqlari: Universal xalqaro hujjatlar to`plami. – T, 1996.
10. Inson huquqlari to`g`risida xalqaro byulleten.. – T. Adolat, 1992.

4 1.O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi. Тoshkent, «O’zbekiston», 2012 yil.
2. “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to’g’risida” gi O’zbekiston Respublikasi qonuni (yangi tahriri). T.: Adolat 1998 yil.

5 4.Karimov I. A. O’zbekiston xalqiga tinchlik va omonlik kerak. T.: O’zbekiston 2013yil.Karimov I. A. O’zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida. T.: O’zbekiston. 2011yil. Karimov I. A “Inson huquqlari va erkinliklari eng oily qadriyat” Тoshkent “O`zbekiston ” nashriyoti 2007 yil.Karimov I. A. Yuksak ma’naviyat – engilmas kuch. T.: “Ma’naviyat”, 2008 y.

6 1.Qur’oni Karim. (A. Mansur tarjimasi). Toshkent, 1992 yil.
2. Juzjoniy A.Sh. Islom huquqshunosligi. Toshkent, «Islom universiteti», 2002 yil.
3. Jo’rayev U., Saidjonov I. Dunyo dinlari tarixi. Тoshkent, 1998 yil.



Download 63,2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish