Islom dinidagi Xavorijlar yo’nalishi va ularning siyosiy harakati



Download 89 Kb.
bet10/11
Sana25.03.2022
Hajmi89 Kb.
#509570
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Islom dinidagi Xavorijlar yo

Og’axoniylar. XIII asrga kelib ismoiliylarning nizoriy oqimi deyarli yo’q bo’lib ketdi. Biroq XIX asrga kelib, asli shialardan bo’lgan Hasan Ali SHoh (1804-1881) Eronda o’z atrofiga bir qancha qo’shinlarni yig’ib, davlatga qarshi isyon ko’tardi. Ko’pchilik Hasanni qo’llab-quvvatladi. Natijada Eronda davlat to’ntarishi boshlandi. Inglizlar forsiylar yurtlariga bo’lgan qiziqishlari tufayli ushbu to’ntarishga homiylik qildilar. Lekin bu to’ntarish 1840 yilga kelib samarasiz yakunlandi. Hasan Ali SHoh va uning qo’shinlari asir olindi. Keyinchalik inglizlar asirga olinganlarni katta pul evaziga hamda Erondan olib chiqib ketish sharti bilan ozod qildilar. Inglizlar ularni Afg’onistonda qaror topishlari uchun qo’llab-quvvatladilar. Afg’onlar bunga yo’l qo’ymay, ularni Hindistonga chiqarib yubordilar. Natijada ular Bombey shahrida qarorgoh barpo qilib, o’z faoliyatlarini davom ettirdilar. Inglizlar Hasan Ali SHohdan o’z maqsadlari yo’lida foydalandilar. Hasanga ismoiliylar tarafdorlarining mutlaq hokimligi berilib, ismoiliy-nizoriylarning imomi deb e’lon qilindi va unga Og’axon laqabi berildi. Hasan Ali atrofiga Hindiston ismoiliylari qo’shildi, natijada Og’axoniylar oilasi barpo qilindi. Hasan Ali vafot etgach, o’g’li Ali SHoh (vaf. 1885 y.) Ikkinchi Og’axon nomi bilan tanilib, otasining ishlarini davom ettirdi. Ikkinchi Og’axon vafotidan so’ng yakka hokimlik uning o’g’li Muhammad SHoh al-Husayniy Uchinchi Og’axonga (vaf. 1957 y. ) o’tdi. Uchinchi Og’axon o’z vafotidan oldin ismoiliylar an’anasiga xilof ravishda hokimlikni katta o’g’liga emas, balki nevarasi Karimxon al-Husaynga vasiyat qildi. Karimxon Amerika universitetlarining birida tahsil olgan va u hozirgi kunda ismoiliylarning 48-imomi, To’rtinchi Og’axon deb hisoblanadi.
Og’axoniylar Og’axonlarni Fotima naslidan, ular barcha gunohlardan pok va muqaddasdirlar, deb ularga e’tiqod qiladilar.
Og’axoniy imomlar Yevropa mamlakatlarida badavlat hayot kechirayotgan bo’lsalar-da, ularning tarafdorlari imomlarini ulug’lashda davom etib, topgan boyliklarining beshdan birini berib turadilar. SHu sababli Uchinchi Og’axon dunyoning eng boy kishilaridan biriga aylangan edi.
Hozirgi kunda Og’axoniylar Karachida o’z markazlarini bunyod etganlar, uning tarafdorlari Afrikaning sharqiy qismi Nayrobi, Dor as-Salom, Madagaskar, Zanzibar, Kongo, Hindiston va Pokistonda o’z ta’limotlarini yoyishda davom etmoqdalar. SHuningdek, Suriya va Livanda ham ularning tarafdorlari mavjud. Hozirgi kunda bu aqida tarafdorlarining soni taxminan 20 mln. ga yaqindir.

Download 89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish