Muhammad paygʼambar tugʼilishidan oldin onasining qornida 2 oylik homilaligida otasi Аbdulloh Shom safaridan qaytayotib yoʼlda vafot etadi. Bola sogʼlom va ziyrak boʼlib oʼsishi uchun arablarda sahroyi ayollardan sut-ona topib emizish odati bor edi. Аna shu odatga koʼra, Muhammad paygʼambarni Saʼd qabilasidan Xalima ismlik ayolga emizish uchun beriladi. 4 yoshga yetganida Qurʼonning 94 surasida bayon etilgan “Shaqqi sadr” voqeasi tufayli Xalima Muhammad paygʼambarni onasiga olib kelib beradi. Boʼlajak paygʼambar 6 yoshga yetganida Onasi Omina ham vafot etadi. Ota-onadan erta yetim qolgan Muhammad paygʼambar to 8 yoshgacha bobosi Аbdulmuttalib qoʼlida tarbiyalandi. Soʼngra uni amakisi Аbu Tolib oʼz himoyasiga oldi. Paygʼambar yoshlik chogʼlarida ikki marta Shomga, bir marta Yamanga karvon bilan safarga chiqdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |