Bir soʼz bilan aytganda, islom dini Аrabiston yarim orolidagi vaziyatni eʼtiborga olib islomdan oldingi davrni Johiliya davri deb atadi. Bu soʼz arab tilida “Johillik”, “Bilmaslik”, “Nodonlik” maʼnolarini anglatadi. Chunki bu davrda arablar orasida al-vasaniyya – yaʼni koʼpxudolik hukm surib, ular yakkaxudolikdan bexabar edilar. Bundan tashqari xalq orasida qizlarini tiriklayin koʼmish, mayxoʼrlik va boshqa bir qator axloqiy buzuqliklar keng yoyilgan boʼlib, islom dini bunday odatlarga chek qoʼydi. Аrablar orasida koʼpxudolik shu darajada avj olgan ediki, xatto har bir qabila va har bir oilaning oʼz xudosi boʼlgan. Shuning uchun ham islomdan oldin Kaʼbani ichida 360 ta but va sanamlar boʼlgan. Keyinchalik muhammad paygʼambar Makkani fath qilgach, bularni sindirib tashlashni buyurgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |