Islomning asosiy oqimlari va yo’nalishlari.Ilohiyotda Islom dini uch elementdan – imon, Islom, ehsondan iborat deb etirof etilgan. Imon talablari 7 ta aqidani – Allohga, farishtalarga, muqaddas kitoblarga, payg’ambarlarga, oxirat kuniga, taqdirning ilohiyligiga va o’lgandan keyin tirilishga ishonish talablarini o’z ichiga oladi. Islom talablariga, ya’ni din asoslari – arkon ad-din deb nom olgan 5 ta amaliy marosimchilik talablari kiradi. Bular – kalima keltirish, namoz o’qish, ro’za tutish, zakot berish va imkoniyati topilsa Haj qilish talablari. Ehson aqidalarga sidqidildan ishonish va marosimlarni ado etishdir.
Islomning kishilar ongi va turmush tarziga ta’sir etishi, ular hayotidan mustahkam o’rin olishini ta’minlovchi diniy marosimchilik – xatna, ramazon hayiti, qurbonlik va qurbon hayiti, mavlud, ashuro va boshqalar ham shakllangan. Bundan tashqari, mahalliy halqlarda islomgacha mavjud bo’lgan urf-odatlar, jumladan kinna soldirish, fol ochirish, dam soldirish, muqaddas joylarga, avliyolarga sig’inish kabi odatlar ham islom marosimlariga moslashib ketgan.
Islom ma’naviyatining qirralari rango-rang va mohiyatan terandir.
Qur’oni karim oyatlarida, avvalo insonning yer yuzida xalifa ekanligining bir necha qayta ta’kidlanishi islom ma’naviyatining eng ulug’ qadriyatlaridandir. Qur’oni karimning juda ko’p oyatlarida insonning aziz va mukarram qilib yaratilgani, unga eru osmondagi barcha narsalar bo’ysundirib qo’yilganligi alohida uqtirib o’tiladi.
Yaxshilik va ezgulik, bag’rikenglik va tinchlik, yaqinlari va begonalarga birdek marhamatli bo’lish, qon to’kmaslikka chaqiruvchi, nafs vasvasasiga uchmaslik, ota-onaga ular hayot ekanliklarida mehribon va sahiylik ila munosabatda bo’lish, dunyodan o’tganlarning haqlariga duo qilishga, vatanni sevishga da’vat qiluvchi muqaddas dinimiz, ayniqsa mustaqillik yillarida o’z qadrini hamda o’zining azaliy vazifasi – ezgu maqsadlarga chin ma’noda xizmat qilish imkoniyatini topdi.
Hadislar Islom dinida Qur’ondan keyingi muqaddas manba. Hadislar to’plami “sunnat” deb ataladi. Hadisi shariflarda Muhammad alayhissalomning so’zlari, qilgan ish faoliyatlari va sahobalar tomonidan amalga oshirilgan ishlarga munosabatlari bayon etilgan.
Hadisi shariflarni yig’ib kitob shakliga keltirish, asosan payg’ambarimiz alayhissalomning vafotlaridan keyin amalga oshirilgan.
VIII asr boshlarida Ummmaviy halifalardan Umar ibn Abdulaziz noiblariga Muhammad (s.a.v.) hadislarini jamlash haqida farmon berdi. Abdumalik ibn Abdulaziz Jurayh, Ar-Rabi’ ibn Subayh, Imom Molik ibn Anas, Imom Shofe’iy, Imom Ahmad ibn Xanballar tomonidan dastlabki hadis to’plamlari yaratildi. O’lkamizda esa quyidagi zotlar birinchi bo’lib hadis to’plamlarini tuzdilar: Imom Abdulloh ibn Muborak al-Marvaziy, Ishoq ibn Rahovayh al-Marvaziy, Imol al-Haysam ibn Qulayb ash-Shoshiy va boshqalar.
Do'stlaringiz bilan baham: |