Bog'liq Bitiruv malakaviy ishi Mavzu Arab-musulmon madaniyatining shakl
Me`morchilik. Kordova shahrining faxri sanalmish Katta masjid (Ummаviylаr mаsjidi deb ham yuritiladi) Al-Andalus me`morchiligining bebaho namunasi hisoblanadi. Ushbu me`moriy yodgorlik islоm оlаmidаgi eng kаttа ibоdаtхоnа bo`lib (180х130 mеtr), bugun hаm o`z go`zаlligi bilаn kishilаrni lоl qоldirаdi. Uning qurilishi Abdurahmon I ad-Doxil davri (756-788-yillar)da boshlangan edi. Abdurahmon II al-Mutavassit davri (822-852-yillar)da qurilish miqyosi yanada kengaytirildi. Abdurahmon III an-Nosir davri (912-961-yillar)da esa masjid minorasi bunyod etildi va nihoyat Al-Hakam II al-Mustansir (961-976-yillar) davrida ham masjidda katta qurilishlar amalga oshirildi. Masjid binosining markaziy qismi kafedral sobor uchun joy ochish maqsadida olib tashlandi, lekin X asr oxirida ham uning asosiy qismi o`zgarishsiz qoldi104.
Masjid shahar markazida bunyod etilgan bo`lib, uning eng qadimiy qismi o`zida yangi me`morchilik an`anasini mujassam etadi. Arxitekturasi juda mukammal ishlangan va hozirga qadar uning hech qanday o`xshashi topilmadi, faqatgina ummaviylar va suriyaliklar qurilishiga xos ba`zi bir elemenlarni uchratish mumkin. Masjidning 4 ming mаrmаr ustun (kоlоnnа)lаridаn ko`pchiligi (1 mingdаn ziyodi) Vizаntiya, Frаnsiya vа Tunisdаn kеltirilgаn edi105. Masjidda keng ko`lamda foydalanilgan arka vestgot arkasidan o`zlashtirilgan bo`lsa, qo`shaloq arka balandlik imkoniyatini yanada oshirib o`zida mutlaqo yangi me`morchilik namunasini namoyon etadi. Musavvirlikning eng yuksak namunalari Al-Hakam II davriga tegishli deb tan olinadi. Ayniqsa go`zal arkalar va mehrob atrofida bezatilgan naqshlar tahsinga loyiqdir. Arkalar go`zal bezaklar bilan yasatilgan, mehrobga ishlangan naqshlar esa Makkaga yo`nalish ko`rsatib turardi.
Yana bir ajoyib san`at namunasi shahar-qal`a bo`lgan Madinat az-Zahra hisoblanadi. Bu go`zal obida vayron bo`lib, 1013-yildan uning aholisi qal`ani tark etib ketgan bo`lsa-da, shahar xarobalari topilib, qaytadan ma`lum qismi restavratsiya qilindi. Shu bois biz hozir shahar-qal`a qanday ko`rinishga ega bo`lganini yaqqol tasavvur qilishimiz mumkin.
Shahar aholi yashashi uchungina bo`lib qolmay, tez orada birinchi xalifaning o`zini namayon qilish vositasiga aylandi. Uni betakror go`zal shaharga aylantirish uchun barcha say-harakat amalga oshirildi. Shaharning loyihasi va bezaklari Rim va Vizatiya an`analarini o`zida saqlab qolgan. Balki buning uchun Kordovadan vizantiyalik haykaltaroshlar olib kelingandir. Al-Hakam II vizantiyalik mozaika ustalarini olib keltirgan degan ma`lumotlar ham bor106.
Mahalliy hukmdor Abu Ja`far al-Muqtadir (1049-1081-yillar) tomonidan barpo etilgan Saragosadagi Alxoferia saroyini X asr yodgorliklari bilan qiyoslar ekanmiz, bezaklarga qizg`ish tus berish ortib borganini guvohi bo`lamiz. Saroyning arklari dandanalar (kunguralar) bilan alohida-alohida ajratilgan, ularga tushirilgan geometrik naqshlar nihoyatda murakkab va ayni paytda betakror hamdir. Naqshlar shunday ishlanganki, bir-biridan yaqqol farq qilib turadi. Shuning uchun naqshning ba`zi elementlari sathdan bo`rtib ishlangan, jim-jimador, bezaklar esa bir-birini takrorlamaydi. Bularning hammasi ummaviylar davri san`atining Al-Andalusda nihoyatda taraqqiy etganligidan darak beradi107.
Аl-Аndаlus аrхitеkturаsi tа`siridа dunyogа kеlgаn “ispаniya-mаvritаniya” mе`mоrchilik uslubi butun O`rtаyеr dеngizi hаvzаsigа vа Lоtin Аmеrikаsigа kеng tаrqаldi.