I. Qo’chqortoyev bu masalaga ancha ehtiyotkorlik bilan yondoshadi: «O’zbek adabiy tilining stilistik
ixtisoslashuvi, uning funksional uslublari ilmda ham qat’iy chegaralab berilgan emas. – deydi u. –
, izchil bir fikr aytish qiyin, albatta. Lekin o’zbek
adbiy tili doirasida badiiy, ilmiy, ijtimoiy-siyosiy uslublarning o’ziga xos xususiyatlari, ularni bir-
Toshkent, 1973, 110-bet).
Vazifaviy uslublar tasnifi masalasiga oid fikrlar S. Muhamedov tomonidan ham aytilgan (
M u h a m
ye d o v S.
O’zbek tili funksional stillarini belgilash to’g’risida // O’zbek tili va aabiyoti, 1983, № 4,
B.O’rinboyev ham «Funksional uslubiyat va uning mohiyati» asarida ushbu masalaga to’xtaladi:
I.Til uslublari.
1.Kitobiy uslub; 2. So’zlashuv uslubi.
II. Nutq uslublari.
1.Asosiy kommunikativ uslub. Bu uslubga o’z navbatida: a) so’zlashuv nutqi uslubi; b) ilmiy nutq
Funksional uslubiyat va uning mohiyati. - Toshkent: Fan, 1992, 32-33-bet).
N.A. Baskakovning quyidagi mulohazalari turkiy tillarda uning yana boshqa turlari mavjud
bo’lganligidan dalolat beradi: «Turkiyning har bir mahalliy varianti stilistik sistemalari, birinchidan,
ham prozaik, ham poetik janr tiplari va ko’rinishlarining ulkan rivoji va murakkablashishi bilan,
ikkinchidan, barcha funksional uslublarning; 1. ilmiy – publisistik, (tarixiy) jug’rofiy, filologik
1/10/22, 10:03 PM
R ye j a - Islohot deb ataladigan ko’p qirrali va o’ta murakkab jarayon ijtimoiy-siyosiy hayotimizning, shubhasiz,...
https://muhaz.org/islohot-deb-ataladigan-kop-qirrali-va-ota-murakkab-jarayon-ijt.html?page=5
8/22
xarakterdagi prozaik va poetik traktatlar, tabiiy va aniq fanlar bo’yicha prozaik hamda poetik asarlar
va boshqalar; 2) badiiy (prozaik va ulkan darajadagi poetik asarlarning ko’plab poemalar, dostonlar,
g’azallar, muxammaslar, soqiynomalar, qit’alar, ruboiylar, tuyuqlar kabi har xil turlari va xillari); 3)
xizmatga doir (farmonlar, tarxon yorliqlari, nomalar, turlicha diplomatik hamda huquqiy hujjatlar va
boshqalar); 4) diniy uslub (vaqf hujjatlar, diniy falsafiy va huquqiy asarlar, tafsirlar, imomlarning
diniy murojaatlari kabi) larning ko’plab poetik va prozaik janr ko’rinishlari shakllanishi bilan
xarakterlanadi.
Funksional uslublarning bu barcha tiplari va ko’rinishlari o’rta va yangi davr yozma va og’zaki turkiy
tillarda sezilarli darajada ko’pchilik turkiy xalqlar uchun rasmiy din bo’lgan islom ta’sirida, u orqali
esa o’sha davrda amalda bo’lgan qoidalar – adabiy yozma, qisman og’zaki, arab va fors tillari ta’sirida
shakllandi» (
B a s k a k o v N.A.
Strukturnыye i funksionalnыye stilisticheskiye modifikasii v
sovremennыx tyurkskix yazыkax // Razvitiye stilisticheskix sistem literaturnыx yazыkov narodov
SSSR. – Ashxabad, 1968, s.57). Ko’rinadiki, o’zbek tilidagi vazifaviy uslublarga doir qarashlar
umumlashtiriladigan bo’lsa, uslublar dastlab og’zaki va yozma shakllarga, ularni yana o’z navbatida
ilmiy, rasmiy, ommabop, badiiy, diniy va so’zlashuv kabi ko’rinishlarga ajratish haqida qarashlar
mavjud. Hozircha ulardan beshtasi – ilmiy, rasmiy, ommabop, badiiy, so’zlashuv uslublari va ularning
me’yoriy xususiyatlari, til materiali sifatidagi hamda nutq jarayonidgi o’ziga xosliklari o’zbek
tilshunosligida monografik yo’nalishda o’rganilgan (
O’ r i n b o ye v B.
O’zbek so’zlashuv nutqi
masalalari. DD. – Toshkent, 1974;
M u k a r r a m o v M.
Hozirgi o’zbek adabiy tilining ilmiy uslubi
semantik-funksional aspektda. DD. – Toshkent, 1985;
K a r i m o v S.A.
O’zbek tilining badiiy uslubi.
DD. – Toshkent, 1994;
B o b o x o n o v a D.A.
Hozirgi o’zbek adabiy tilining rasmiy-ish uslubi, ND.
– Toshkent, 1978;
Q u r b o n o v T.I.
Hozirgi o’zbek adabiy tilining publisistik uslubi. ND –
Toshkent, 1987). Ammo diniy uslub o’zbek tilida haqiqatdan mavjudmi, agar mavjud bo’lsa, uning
lingvostilistik xususiyatlari nimalardan iborat, degan masala hozircha o’rganilgan emas.
Mavjud materiallar asosida har bir uslubning me’yoriy xususiyatlari to’g’risida qisqacha ma’lumot
berish mumkin bo’ladi. Bu o’rinda biz R. Qo’ng’urov, S. Karimov, T. Qurbonovlarning «O’zbek
tilining funksional stillari» kitobidan ham foydalanamiz (
Q o’ n g’ u r o v R.Q., K a r i m o v S.A., Q u
r b o n o v T.I.
O’zbek tilining funksional stillari. – Samarqand, 1984).
Do'stlaringiz bilan baham: