O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA’LIMI VAZIRLIGI
NAMANGAN VILOYATI XALQ TA’LIMI
BOSHQARMASI
MINGBULOQ TUMAN XALQ TA’LIMI
BO‘LIMIGA QARASHLI
19-SONLI UMUMIY O‘RTA TA’LIM MAKTABI TARIX FANI O‘QITUVCHISI
ISKANDAROVA YULDUZXONNING
“Buxoro amirligida shaharlar hayoti va
savdo sotiq ishlari”
MAVZUSIDA O‘TKAZILGAN
OCHIQ DARSi ISHLANMASI
Ushbu dars ishlanma Tarix fani o'qituvchilari uchun 9-sinflarda uzviyligi va uzluksizligi ta’minlangan “Buxoro amirligida shaharlar hayoti va savdo sotiq ishlari” mavzusini o’tish bo’yicha metodik tavsiya sifatida foydalanishga mo’ljallangan.
Тuzuvchi:
Y.Isandarova - Mingbuloq tumani XTB ga qarashli
19- sonli umumiy o`rta ta`lim maktabining
Tarix va huquq fani o`qituvchisi.
Taqrizchi:
Isroilov - Mingbuloq tumani XTBning ijtimoiy
iqtisodiy fanlar uslubchisi
Mavzu:Buxoro amirligi shaharlar hayoti va savdo-sotiq ishlari.
I.Darsning maqsadi:O'quvchilarga Buxoro amirligi haqida hamda olib borgan
siyosatini tushuntirish.
Ta'limiy maqsad:O'quvchilarga Buxoro amirligi shaxarlari va savdo-sotiq
bo'yicha siyosati haqida tushuncha, bilim, malakalarini shakllantirish.
Axborot bilan ishlash kompetensiyalarini shakllantirish
Tarbiyayiv maqsad:o'quvchilarda vatanparvarlik, mehnatsevarlik hissini oshirish.
Milliy va umummadaniy kompetensiyalarini shakllantirish.
Rivojlantiruvchi maqsad:o'quvchilarda mustaqil fikrlash qobilyatini oshirish va matn bilan ishlash ko'nikmalarini o'stirish.
O`zini - o`zi rivojlantirish kompetensiyalarini shakllantirish.
II. Darsni uslubi:aqliy xujum,ananaviy metod,interfaol metod,Axborot soati,suxbat usullari,turli treninglardan foydalanish.
III.Darsning jixozlari:"O'zbekiston tarixi" darsligi,O'zbekiston siyosiy xaritasi,Buxoro,Samarqand shaharlari haqida turli xil ko'rgazmalar,texnik vositalar,slaydlar.
Qo'shimcha adabiyotlotlar:I.A.Karimovning "Yuksak ma'naviyat-yengilmas kuch"asari.
IV.Darsning borishi:
1.Darsni tashkil etish.
2.O'quvchilarni darsga jalb etish.
3.Siyosiy daqiqa o'tkazish.
4.Uy vazifasini tekshirish.
5.o'quvchilarni guruhlarga ajratish.
O'quvchilar tomonidan "O'zbekiston va dunyo hamjamiyati" mavzusida axborot soati o'tkazildi.
Sinf o'quvchilari guruhlarga bo'linidi va guruhlar o'z nomlariga ta'rif berdilar.
1-guruh Turon.
2-guruh Istiqlol.
3-guruh Yuksalish
"Aqliy hujum" usulidan foydalangan holda o'tgan mavzu so'raldi.
1.Buxoro amirligi qachon tashkil topgan?
2.Amirlikda qanday soliq turlari mavzuj bo'lgan?
3.Amirlik qaysi davlatlar bilan chegaradosh bo'lgan?
4.Buxoro amirligi qishloq xo'jaligida nimalar yetishtirgan?
O'quvchilar savollarga ko'rgazma,tarqatmali materiallar va xarita yordamida javob berdilar
V.Yangi mavzu bayoni:
Mavzu:Buxoro amirligi shaharlar hayoti va savdo-sotiq ishlari.
Reja
1.Samarqand.
2.Buxoro.
3.Hunarmandchilik.
4.Ichki va tashqi savdo.
Tayanch iboralar
Madrasa- o'rta asrlardagi oliy o'quv yurti.
Masjid- musulmonlar ibodat qiladigan bino.
Maqbara- qabr ustiga qurilgan bino.
Qarorgoh- aholi yashaydigan joy.
1-guruh
Demokratiya guruhi Samarqand shahri haqida so'zlab berdilar.
Buxoro amirligida shaharlar davlat hokimyati tayanchi, savdo va hunarmandchilik markazi, madaniyat hamda ilm-fan o'chog'i vazifasini bajargan.Samarqand amirlikni eng yirik shaharlaridan biri bo'lib, Samarqandda kulolchilik, cho'yan quyish, qog'oz, kiyim-kechak, qurol-yaroq ishlab chiqarishlari rivojlangan.
Samarqand qadimiy shahar bo'lib, miloddan avvalgi VII asrda barpo etilgan.
Samarqandning qadimiy nomi Afrosiyob deb atalgan. Samarqandda 7 ta madrasa faoliyat ko'rsatgan. Ulug'bek, Sherdor, Tillakori, Xo'ja Axror, Shayboniyxon, Xo'ja Abdulg'ofur, Qozi Soqiy madrasalari bo'lgan.
Shahar Ashtarxoniylar davrida vayron qilingan. Buxoro amirligi Shohmurod (1785-1800) davrida Samarqand qayta tiklangan.
2007-yilda Samarqandni 2750 yilligi nishonlandi.
Temuriylar davrida Samarqand poytaxt bo'lib, bu davrda Go'ri Amir maqbarasi, Bibixonim Jomiy masjidi, Shoxi Zinda ansanbili va ko'plab bog'lar barpo etilgan.
I. Karimov "Yuksak ma'naviyat- yengilmas kuch" asarida Samarqand shahrida alohida to'talib, shahar O'bekistonning ko'ki ekanligi hamda uning obidalari YUNESKO tashkiloti tomonidan ro'yhatga olinganligi haqida ro'yhatga olingan.
I.Karimov, 2014-yil 15-16- mayda Saarqandda "O'rta asrlar sharq allomalari va mutafakkirlarining tarixiy merosi, uning zamonaviy sivilizatsiya rivojidagi roli va ahamiyati" mavzusidagi xalqaro konferensiyadagi nutqida Samarqand qadimiy ilm-fan va madaniyat markazi ekanligi haqida quyidagi fikrlarni ayon etgan: "Samarqand- xalqimiz, millatimiz dovrug'ini butun dunyoga taratgan, ming yillik tarixga ega ilohiy maskandir. Samarqand o'mishi sharafli, buguni saodatli, kelajagi abadiy shahardir".
O'quvchilar klaster usulidan foydanlangan holda Samarqand shahriga quyidagicha ta'rif beradil
2-guruh Vatan guruhi Buxoro shaxri haqida ma`lumot berdilar.
XIX-asr 40-yillarida Buxoroda 38ta karvon saroy bo`lib, ularda musofirlar va mahalliy sovdagarlar yashaganlar. Karvon saroyda ombor, do`kon, ustaxona va mehmonxonalar bo`lgan. Karvosaroylarga har yili 12-15 ming tuyada mol kelgan. Buxoroda ichki va shaxarlar aro savdo 9 ta tim va chorsuda amalga oshirilgan. Buxoro shaxrida 103 ta madrasa, 360 ta masjid va 83 ta xovuz mavjud bo`lgan. Buxoro shaxriga IX-asrda “Qubat ul-islom”- “Islom dininig gumbazi”degan nom berilgan. Buxoro qadimiy ko`xna shaxar bo`lib millodan avalgi VI-asrda bunyod bo`lgan. 1997-yilda Buxoro shaxrini 2500 yilligi nishinlandi.
Buxoroda Farjak madrasasi, Ismoil Somoniy maqbarasi kabi tarixiy obidalar bunyod etilgan.
3-gurux Ma`naviyat guruhi Amirlikdagi hunarmandchilik haqida ma`lumot berdilar.
Amirlikdagi hunarmandchilik asosiy turlaridan biri to`qimachilik bo`lgan.
Buxoro bo`zi, bo`zga gul bosish yo`li bilan tayorlanadigan chiti, shoyisi,
Samarqandning rangli baxmali mashhur bo`lgan.
Hunarmandchilikni asosiy turlaridan temirchilik va misgarlik bo`lib, ular tomonidan pichoq, o`roq, qurol - aslahalar yasalgan.
Temirchilar qilich, hanjar, oy bolta, nayza qalqon, kamon va uni o`qini yasaganlar. Amirlikda zargarlik, kulolchilik, yog`och sozlik ham asosiy soha bo`lgan.
Yog`ochdan eshik, beshik, deraza, arava, sandiq, qayiq va boshqalar yasalgan.
Bugungi kunda Buxoro va Samarqanda hunarmandchilikni yuqoridagi barcha turlari rivojlangan bo`lib ular mahsulotlari jahon mamlakatlarigacha chiqarilmoqda.
Amirlik ichki bozorida hunarmandchilik va qishloq ho`jalik mahsulotlari savdosi etakchi o`rin egalagan. Buxoro bozorlaridagi narx – navo, tosh-torozi qattiq nazorat qilingan kimki haridor haqiga hiyonat qilsa, qattiq jazo berilgan.
Buxoro shaxri madaniyat va marifat markazi bo`lgan. Bozorlarda hukumdorning farmonlari o`qib eshittirilar, aybdorlar jazolanar, bayram kunlari turli tomoshalar ko`rsatilar hamda ko`plab yangiliklar e`lon qilinib borilgan.
Buxoro amirligi jaxoning ko`plab mamlakatlari bilan savdo –sotiq olib borgan.
Hindiston, Xitoy, Eron, Avg`aniston va Rosiya mamlakatlari bilan savdo aloqalari yaxshi yo`lga qo`yilgan.
Buxorodan chetga ip gazlamalar, bahmal, qog`oz, egar-japduqlar, meva va boshqa mahsulotlar chiqarilgan. Samardand va Buxoro kabi shaharlarga ko`plab chet elik savdogarlar kelib turishgan.
Buxoroda Hind savdagarlari va sut ho`rlari yashaydigan alohida mahalalar ham bo`lgan. Turkmanlar buxoro bozorlariga zotdor otlar olib kelib sotganlar.
Amirlik Rossiya bilan savdosi o`sib borgan. Orinburgda 1804-yili amirlik savdogarlarining qarorgohi qurilib, unda 20 ta xonadon isteqomat qilgan.
Ko`pchilik hunarmandlar o`z mahsulotlarini shu erda sotuvga tayorlaganlar. Buxoro iqtisodiyoti Rasiya bilan savdo qilishga mo`ljallangan.
1844-yilda Buxoroni Markaziy Osiyo-Rosiya tashqi savdosidagi ulushi 25%ni tashkil topgan bo`lsa, 1864-yilda bu ko`rsatkich 42%ga ko`tarildi.
Mustaqillik davrida ham O`zbekistonni Rosiya, Xitoy, Hindiston, Eron, Kariya va boshqa Yevropa mamlakatlari bilan savdosi rivojlanib bormoqda.
O`zbekiston jahon bozorida paxtasi, nefti, aftamabili va boshqa ishlab chiqarish mahsulotlari bilan o`z o`rniga ega bo`ldi.
Ayniqsa O`zbekiston paxtasiga talab kundan-kun o`sib bormoqda va O`zbekistoni milliy boyligiga aylanib bormoqda.
VI. Mavzuni mustahkamlash uchun “Aqliy hujum” usulidan foydalangan holda
quydagi savollar orqali o`quvchilarni bilimlari aniqlanadi.
1. Samarqand shahri qachon bunyod etilgan?
2. Samarqanda qanday tarixiy obidalar bor?
3. Samarqand qanday mahsuloti bilan mashhur bo`lgan?
4. Buxoro shaxriga IX asrda qanday nom berilgan?
5. Amirlik hunarmandchiligini asosiy tarmog`I haqida fikrigiz.
6. Buxoto amirligi jahonning qaysi mamlakatlari bilan savdo aloqalari olib borgan?
7. Bugungi kunda O`zbekiston jahon bozorida qanday o`ringa ega bo`lmoqda?
O`quvchilar har bir savolga xaritalar, ko`rgazmalar, tarqatmali materiallar hamda o`zlari tayorlab kelgan ko`rgazmalar asosida atroflicha so`zlab berdilar.
Ayniqsa mustaqil O`zbekistoning jahon maydonidagi bugungi obro`si va o`zbek halqining buyuk alomalari, tarixiy obidalari bilan mashhur ekanligi haqida alohida fikr bildirdilar.
Dars so`ngida darsda faol ishtirok etkan guruhlar aniqlandi va rag`barlantirildi.
“Istiqlol” va “Yuksalish” guruhlari g`olib deb topildi va o`quvchilar rag`barlantirilаdi.
VII. Uyga vazifa.
Buxoro amirligi XIX asr 1-yarmida mavzusini o`qish va mavzu bo`yicha 5 ta test tuzish.
Jahon va O`zbekistondagi yangiliklarni ommaviy axborot vositalaridan o`rganib kelish.
Foydalanilgan adabiyotlar.
1. I.Karimov “Yuksak ma`naviyat - yengilmas kuch” asari
2. I.Karimov “Tarixiy xotirasiz kelajak yo`q” asari
3. SH.Mirziyoyev. “Buyuk kelajagimizni mard va oliyjanob xalqimiz bilan birga quramiz” 2017 yil.
4. S. Maxkamov O`zbekiston tarixi, 8-sinf. O`qituvchilar uchun qo`lanma.
5. Amir Sayyid Olimxon, “Buxoro xalqining hasrati tarixi”asari
6. Q. Usmonov, U. Jo`rave, N. Norqulov O`zbekiston tarixi 8-sinf
Do'stlaringiz bilan baham: |