Iskandarova( Nortosheva) Shaxlo 403. O'TA
3-AMALIY MASHG‘ULOT TOPSHIRIG‘I.
2-GURUH
Kuntug‘di elig Ayto‘ldiqa adl sifatini aytur
Elig bir kun o‘ldrub o‘zi yalnguzun,
Evin qildi hali, irikti uzun.
O‘qidi, ko‘r, Ayto‘ldiqa qildi yo‘l,
Bu Ayto‘ldi kirdi, qavushturdi qo‘l.
Elig o‘tru turdi adaqin o‘ru,
Elig so‘zlamadi bir ancha turu.
Baqib ko‘rdi elig, ko‘zin imladi,
Isharat bila kelgil, o‘ldur, tedi.
Bu Ayto‘ldi o‘ldurdi aqru, amul,
Ko‘zin yerka tikdi, tarutti ko‘ngul.
Eligka baqa ko‘rdi yashru ko‘zun:
Qashi-ko‘zi tugmish, achitmish yuzin.
Kumush kursi urmish, uza o‘lturur,
Bu kursi adaqi uch adri turur.
Kuntug‘di elig Oyto‘ldiga adl sifatlarini aytadi. Elig bir kuni yolg‘iz o‘zi o‘ltirib, uyini (barchadan) xoli qildi, uzoq vaqt (yolg‘izlikda) siqildi. Ko‘rgin, u Oyto‘ldini chaqirdi, unga (kirishga) yo‘l berdi. Oyto‘ldi kirdi, qo‘l qovushtirib turdi. U elig qarshisiga kelib tik turdi. Elig bir muddat so‘zlamay turdi. Elig unga qarab, ko‘zi bilan imladi, Ishorat bilan kelgin, o‘tirgin, dedi. Oyto‘ldi ohista, ehtiyot bislan o‘tirdi. Ko‘zini yerga tikdi, yuragi siqildi. Ko‘z qiri bilan eligga qarab ko‘rdi, (Elig) qoshqovog‘ini solgan, yuzini burishtirgan (edi). Kumush kursi qo‘yib ustida o‘ltirardi. Bu kursining oyog‘i uch ayrilik edi.
1. Yalnguzun - yolg'iz.
2. Irikmoq - siqilmoq.
3. O'tru - qarshisiga.
4. Aqru - ohista.
5. Amul - ehtiyot.
6. Yashru ko'zun - ko'z qiri bilan.
7. Adaq - oyoq.
8. Adri - ayri.
9. Elig - hukumdor.
Badiiy san'atlar : tashbeh, istiora, tanosub.
2-topshiriq. (hamma uchun). Topshiriqni bajarishda qiroatga amal qiling.
1. “Qutadg‘u bilih” asaridan olingan mazkur parchalarni ifodali o‘qing va audio tizimga joylang.
O‘likni ko‘ruvchi ham tirik qolmaydi,
O‘limga hozirlan, fe’lingni dag‘al tutma.
O‘limni biluvchi ey fe’li g‘ofil,
Bu tiriklik o‘tib ketadi, o‘z ulushingni olib qol.
Beparvo bo‘lib yuruvchi orzu quli,
O‘limga bosqin bo‘lma, (u) olgani keladi.
O‘tkazgan kun(lar)ingni bu kun (bir qarab qo‘y),
U (kunlaring) butunlay tush kabi bo‘ldi, aql bilan o‘ylagin.
Agar o‘zing ezgulik qilgan bo‘lsang,
O‘zingga mangulik otani [ya’ni Xudoni] foyda qilasan.
Agar tiriklikni behuda o‘tkazgan bo‘lsang,
Afsus bilan tun-u kun uxlama, faryod qil.
Har doim tiriklikni istab topib bo‘lmaydi,
Yigitlik kuchi yana qaytib kelmaydi.
Otangni, onangni o‘lim qo‘ymadi,
Vaqti kelsa seni qo‘yadimi, ko‘r...
* * *
Elingda birorta (kishi) kechasi och qolsa,
Xudo uni sendan so‘raydi [hisobini sendan oladi], ko‘zni och.
Endi bu o‘rda, o‘rin senga tegdi,
Ko‘chingni o‘zingdan oldin, burun jo‘nat.
Bu kun bu yerda qasr, saroy(lar) bezatma,
Bu o‘tuvchi yil, kun, oylar seni (abad) qo‘ymaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |