U-simon trubali issiqlik almashinish qurilmasi. Bunday qurilmalarda bitta
teshikli truba panjarasi bo’lib, U-simon trubaning ikkala uchi unga mahkamlanadi.
SHuni alohida aytish kerakki, trubalarning o’zi kompensatsiyalovchi moslama
funktsiyasini bajaradi (24b-rasm). Qurilma tuzilishi sodda va trubalarning tashqi
yuzasini tozalash oson. Undan tashqari, ikki va undan ortiq yo’lli bo’lgani uchun
issiqlik almashinish jarayoni intensiv bo’ladi. Trubalarning ichki yuzasini tozalash
qiyin va teshikli panjarada ko’p miqdorda trubalar joylashtirish murakkab.
Do'stlaringiz bilan baham: |