Ishsizlik va uning turlari



Download 106,5 Kb.
bet1/2
Sana29.05.2022
Hajmi106,5 Kb.
#616716
  1   2
Bog'liq
ишсизлик


Mavzu: ISHSIZLIK VA UNING TURLARI.



  1. Dars maqsadi:

  • Ishizlik va uning kelib chiqish sabablarini bilish;

  • Ishsizlik darajasini soda misolda baholay olish;

  • Ishsizlik turlarini bir-biridan ajrata olish;

  1. Dars yoritilishi lozim bo’lgan asosiy atama va tushunchalar:

    • Ishsizlik;

    • Mehnat resurslari;

    • Ishsizlik darajasi;

    • Friksion ishsizlik;

    • Tarkibiy ishsizlik;

    • Davriy ishsizlik;

III.Dars uchun zarur jihozlar va ma’lumot manbalari:

  • 9-sinf darsligi.

IV.Darsning bosqichlari va vaqt taqsimoti:


V. Darsning tafsilotlari:

1

Tashkiliy qism

4 daqiqa

2

Uy vazifasini tekshirish

5 daqiqa

3

Yangi mavzuni boshlashga hozirlik

7 daqiqa

4

Yangi mavzuni yoritish:

      1. mustaqil ish

      2. munozara

  1. xulosa

8 daqiqa


5 daqiqa
6 daqiqa

5

Yangi mavzuni mustahkamlash

4 daqiqa

6

Baholash

3 daqiqa

7

Uyga vazifa

3 daqiqa

Dars quyidagi savollarni tahlil qilish bilan boshlanadi.

  • Ishsizlik nima?

O’quvchilar fikri tinglanadi.


Ishsizlik mamlakatda ishga layoqatli, belgilangan ish haqi evaziga ishlashga rozi, lekin ish topa olmagan yoki ish qidirib yurgan fuqarolarning borligi bilan ifodalanadi. Mehnatga layoqatli kishilar deganda, 16 yoshdan katta (Respublikamizda 16yoshdan mehnat qilishga ruxsat berilgan) va pensiya yoshiga yetmagan, mehnatga yaroqli aholi tushuniladi. Mamlakatimizning barcha mehnatga layoqatli aholisi mehnat resurslari hisoblanadi.Ishsizlikda kishilar ishlashni xohlasalarda, o’zlariga yarasha ish topa olmay qolishadi.

  • Ishsizlik qanday paydo bo’ladi?

Mehnat bozorida ishchi kuchiga bo’lgan talab va taklif o’rtasidagi muvozanat qator omillar ta’sirida o’zgarib turadi. Bu omillarning biri mehnat bozorining boshqa tovarlar bozoriga bog’liqligidir.
Iste’mol tovarlariga bo’lgan talabning o’zgarishi, ishlag chiqarilayotgan tovarlar tarkibini o’zgarishiga olib keladi. Bir tovarni ishlab chiqarishga qaraganda, ikkinchi bir tovarni ishlab chiqarish foydali bo’lib qaladi.
Mehnat bozorida han shunga mos ravishda, birinchi sohada ishchilar qisqaradi, ikkinchi sohada ishchilarga bo’lgan oshadi. Ishdan qisqartirilgan ishchilar, boshqa soha bo’yicha tovar ishlab chiqarish malakasini egallab bo’lguncha mehnat bozorida muvazanat buziladi. Ishchilar ishlashni xohlashsalarda o’zlariga yarasha ishni topa olmay qolishadi, natijada ishsizlik paydobo’ladi. Ishsizlikni bartaraf qilish maqsadida mamlakatda ishsizlik darajasi aniqlanib boriladi.
Ishsizlik darajasi – ishsizlar sonining mamlakat ishchi kuchining umumiy soniga nisbatan foiz miqdori bilan o’lchanadi.

Ishsizlik = Ishsizlik soni x 100%
darajasi Ishchi kuchi soni

O’quvchilarga mashq yechilib, tushuntirib beriladi.

Mashq.Bir mamlakatda jami 32 mln aholi bo’lib, uning yarmi mehnatga yaroqli. Agar bu mamlakatda ishsizlar soni 2 mln kishini tashkil qilsa, mamlakatda ish bilan bandlar va ishsizlik darajasini aniqlang .





Download 106,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish