Ishqqa oid qirq qoida



Download 1,34 Mb.
Pdf ko'rish
bet66/67
Sana11.01.2022
Hajmi1,34 Mb.
#341072
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   67
Bog'liq
Ishqqa oid qirq qoida

Sulton Valad

 

1248 yil, sentyabr, Konьya.

 

Kambag'al-nochorlar, ichkilikbozlar, 



fohishalar, yetim-yesirlar, o'g'rilar... U oltin va 

kumushlarni ularga va jinoyatchilarga ulashib 

berdi. O'sha dahshatli kundan buyon otam juda 

o'zgardi. Dard-alam uni aqldan ozdiripti, deb 

o'ylayapti hamma. Undan, nima qilayapsiz, deb 

so'raganlarga arablarning podshohi Imr-ul-

Qays tarixini gapirib berardi. Aytishicha, u 

juda boy va chiroyli bo'lgan, bir kuni bularning 

hammasidan voz kechib, darvishlik kiyimini 

kiyib, umrining oxirigacha darbadar dunyo 

kezgan. (Imru al-Qays asosan arab she'riy 

metrikasi asoschisi sifatida keng tanilgan.) 

- Inson o'z sevgilisini yo'qotganida shunday 

bo'ladi, - der edi otam. - Shohlik uning uchun 

changga aylangan, darvishlik mohiyati esa 

yuzaga chiqqan. Shams yo'q, endi men ham 




yo'qman. Men endi ustoz ham emasman, imom 

ham emasman. Men bo'm-bo'shman, 

bo'shliqman. Bu mening FANOyim, 

BAQOyim ham shu. (Tasavvufda fano - o'lmay 

turib o'lish; baqo - fanoga erishgan inson 

vujudan o'lgach erishiladigan abadiyat, Xudo 

bilan birlik holati.) 

Bir kuni uyimiz eshigini, ayyorligi aftidan 

shundoq ko'rinib turgan, bir mallasoch 

savdogar taqillatdi. U bir vaqtlar Bag'dodda 

Shams Tabriziy bilan tanishganini aytdi. Keyin 

ovozini pasaytirib Shamsni Hindistonda 

ko'rganini, u, qaytib kelish uchun qulay fursat 

kutib, hind ashramlari (ibodatgohlari)dan birida 

yashirinib, muroqaba qilib yurganini aytib, 

qasam ichdi. 

Bundan otamning esi batamom og'ib qoldi. U 

savdogardan bu xushxabar uchun nima 

istashini so'radi, u uyatsiz esa o'zining yosh 

bolalik vaqtida darvish bo'lishni istaganini, 

lekin hayoti boshqa yo'ldan ketgach, endi 

Rumiydek buyuk zotdan o'z ustidagi duxoba 




to'nini esdalik uchun olish istagi borligini 

aytdi. Otam buni eshitib, darhol duxoba to'nini 

echib, savdogarga uzatdi. 

- Ota, nima uchun qimmatbaho to'ningizni bu 

lo'ttibozga yechib berdingiz, axir har bir 

so'zining yolg'onligi shundoq ko'rinib turgan 

edi-ku? - so'radim men mallasoch savdogar 

ketgan zahoti. 

Shunda otam menga shunday javob qildi: 

- Seningcha, bu to'n uning yolg'oni uchun juda 

qimmatmi? Yo'q, o'g'lim, men to'nni shu 

yolg'on uchun berdim, agar rost aytsa, jonimni 

bergan bo'lardim. 

 

 



Rumiy

 

1260 yil, 31 oktyabr, Konьya.

 

Vaqt chopqillab o'tib borarkan, og'riqli holat 



o'rniga hasrat keldi, hasrat sukut bilan o'rin 

almashdi, sukut esa yolg'izlik bilan birga qop-

qorong'u cheksiz va chuqur ummon. Bugun 

Shams bilan uchrashgan kunimizga o'n olti yil 




bo'ldi. Har yili shu sanada yolg'iz o'zim 

qolishga harakat qilaman, har safargi yolg'izlik 

avvalgisidan og'irroq bo'lib bormoqda. Qirq 

kunni qirq qoida haqida fikrlab o'tkazdim. 

Hammasini esimda saqlayman, miyamda 

hamisha Shams Tabriziy haqidagi xayollar. 

Kutishga boshqa majol qolmadi. Qalb nuri 

so'ndi, butkul qorong'ulikda qolganim 

yaxshiroq, deb o'yladim. Lekin atrofda 

hammayoq zulmat va ko'zlar dunyo uchun 

yumilganda qalb uchinchi ko'zi ochildi. Shunda 

odatdagi ko'zlar ichki ko'z bilan ziddiyatda 

ekanini tushunar ekan kishi. Odatdagi ko'zimiz 

ishq ko'ziday aniq va o'tkir ko'ra olmaydi. 

Hasratdan keyingi davr boshlandi, boshqa 

inson paydo bo'ladi. Bunda hammayoqdan 

sevgan insoningni izlaysan, hech qayoqdan 

topa olmayotganday bo'lasan. 

Uni suv tomchisida ham ko'rasan, baland 

to'lqinlarda ham ko'rasan, musaffo tonggi 

saboda ham ko'rasan; qum ustidagi majoziy 

chizgilarda, quyosh nurida yaltiragan kichik 




toshlarda, yangi tug'ilgan chaqaloqning 

jilmayishida va vujudingda erkin aylanuvchi 

qonda ham ko'rasan. Hamonki u hamma yoqda 

ekan, Shamsni endi IShQ, deyish mumkinmi? 

Har kun, har on hijron va xomushlik og'ushida 

ohista aylanar ekanman, Shamsdan sira 

ajralmayman. Shams qalbimga hamishalikka 

ko'chib o'tgan. Men shu erda Shamsning 

ovozini asrayman. Bir vaqtlar ustoz va 

mudarris bo'lgan mendan asar ham qolmagan. 

Ishq barcha odat va mashg'ulotlarimni yutib 

yuborgan. 

Menga eng qiyin vaqtda ikki inson dalda bo'ldi 

- to'ng'ich o'g'lim va usta zargar, avliyo inson 

Salohiddin. O'zining kichkinagina ustaxonasida 

tillani bolg'a bilan ura-ura, mukammal shaklga 

solayotganini ko'rib, ovozini eshitib 

turarkanman, ne ajabki, aylanuvchi darvishlar 

raqsini eslayman. Salohiddinning o'z bolg'asi 

bilan taqillatish maromi Shams aytgan 

muqaddas marom bilan bir xil ekanini his 

etaman... 




Shu orada to'ng'ich o'g'lim Salohiddinning qizi 

Fotimaga uylandi. Hamisha porlab turadigan 

va qizikquvchan bu qiz menga Kimyoni 

eslatadi. Men uni Qur'on o'qishga o'rgatdim. 

Sekin-asta uni yaxshi ko'rib qoldim va u 

mening o'ng ko'zimday bo'lib qoldi, singlisi 

Qadriya esa chap ko'zim bo'ldi. Bir vaqtlar 

Kimyoginam qizlar ham o'g'il bolalar kabi 

yaxshi shogird bo'lishlari mumkinligini 

ko'rsatib, menga muhim narsani o'rgatgan edi. 

Men qizlar uchun darvishlar raqsini 

o'rgatadigan maktab ochdim va so'fiy opa-

singillarga shu an'anani davom ettirishlarini 

maslahat berdim. 

«Masnaviy»larni aytib turib 

yozdirayotganimga ham to'rt yil bo'ldi. Uning 

birinchi misrasi erta tongda, quyoshning ilk 

nurlarini kuzatib turganimda kelgan edi. 

Shundan buyon she'riy misralar tilimdan 

o'zidan-o'zi yog'iladi. Men ularni yozmayman. 

Dastlab Salohiddin yozib bordi. O'g'lim 

ulardan nusxa ko'chirdi. Ular tufayli she'rlar 




saqlanib qoldi, chunki, to'g'risini aytsam, agar 

mendan ularni yoddan qayta aytishni so'rasalar, 

men ayta olmagan bo'lardim. Nasriymi yoki 

nazmiymi, so'zlar to'plami menga 

kutilmaganda keladi, keyin esa kutilmaganda 

yana to'xtaydi, ular go'yo osmonda uchib 

o'tayotgan qushlar kabidir. 

Men poema ijod qilayotganimda, nima haqida 

bo'lishi mumkinligi haqida tushuncham ham 

bo'lmaydi. Uning hajmi ham katta yoki 

qisqagina bo'lishi mumkin. Lekin menda hech 

qanday reja bo'lmas edi. Uni tugatganimdan 

keyin yana xomush bo'lib qolaman. Jimgina 

yuraveraman. Va endi taxalluslarimdan biri 

«Xomush» bo'ldi. Ikkinchi taxallusim - Shams 

Tabriziy. 

Vaqt biz nazorat etishga va anglab etishga 

ulgura olmaydigan darajada tez o'tmoqda. 1258 

yil Bag'dod mo'g'ullarga taslim bo'ldi. 

Mustahkam istehkomlari va go'zalligi mag'rur, 

o'zini dunyoning markazi deb e'lon qilgan bu 

shahar yengildi. O'sha yili Salohiddin vafot 




etdi. Men o'z darvishlarim bilan birga 

ko'chalarda childirma va nay sadolari ostida 

yurib, juda yaxshi marosim o'tkazdik. Biz uni 

quvnoq kuy, raqslar bilan kuzatdik, zero 

avliyolar u dunyoga shunday ketishlari joiz. 

1260 yilga kelib mo'g'ullarning shashti pasaydi. 

Mamluklar ularni yengishdi. Kechagi g'oliblar 

bugun mag'lub. Barcha g'oliblar o'z 

g'alabalarini abadiy deb o'ylashadi. Barcha 

mag'lublar esa o'z mag'lubiyatlari abadiy 

bo'lishidan qo'rqishadi. Har ikki tomon ham bir 

sababga ko'ra nohaq. Xudodan boshqa hamma 

narsa o'zgaradi. 

Salohiddinning vafotidan keyin anchagina 

voyaga yetgan va ruhiyat yo'lidan dadil 

odimlay boshlagan shogirdim Xusomiddin 

Chalabiy she'rlarimni qog'ozga tushiradigan 

bo'ldi. Masnaviyni u qog'ozga tushirdi. U 

kamtar inson. Agar undan, kimsan, deb 

so'rasangiz, bir on ham ikkilanmasdan «Men 

Shams Tabriziyning kamtarin izdoshiman», 

deb javob beradi. 




Hammamiz ham qirq, ellik, oltmish yilliklarni 

bosib o'tdik, har o'n yillik o'tgach, o'zimizni 

mukammalroq, to'liqroq his eta bordik. Garchi 

bu yo'l nihoyasiz esa-da, yuraverish kerak. 

Koinot hamisha va charchamay harakatlanadi, 

Yer va Oy doim aylanadi, ularni Kim 

harakatlanishga majbur etadi? Bu sir. Biz 

darvishlar shuni tushunganimiz uchun, hatto 

boshqalar biz nima qilayotganimizni va nima 

uchun qilayotganimizni tushunmasalar ham, 

hamisha raqsu samo qilamiz. Biz hech nimaga 

qaramasdan - og'riqlarimiz va qayg'ularimizga, 

quvonch va lazzatlarimizga, tezlik va 

sekinlikka qaramasdan, yakka yoki ko'pchilik 

bo'lib raqs tushaveramiz, zero suv oqimi 

shunday. Buyuk uyg'unlik bizga nima ishora 

qilsa, shunday raqsga tushamiz. Hamma yoq 

o'zgarishda, ammo doira o'zgarmaydi. O’ttiz 

to'qqizinchi qoida: «Qismlar o'zgarsa ham, 

butun o'zgarmaydi. Bir yaramas inson 

dunyodan o'tsa, boshqa yaramasi dunyoga 

keladi. Bir yaxshi inson dunyoni tark etsa, 




o'rniga boshqa yaxshisi keladi. Shuning uchun 

nafaqat hech nima o'zgarmasdan qolmaydi, 

balki hech nima chinakamiga o'zgarmaydi 

ham. Bir so'fiy vafot etsa, qayerdadir boshqa 

yerda boshqa so'fiy dunyoga keladi». 

Bizningdinimiz – ishq dini. Bizlar yurak 

zanjirlari bilan o'zaro bog'langanmiz. 

Zanjirning bir bo'lagi uzilsa, uning o'rniga 

boshqa joyda yana bir bo'lak keladi. Shams 

Tabriziy vafot etganidan keyin boshqa joyda, 

boshqa yoshda, boshqa «Shams» paydo bo'ladi. 

Ismlar o'zgaradi, odamlar kelib va ketib 

turishadi, lekin mohiyat o'shandayicha qoladi. 

 

 



Ella

 


Download 1,34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   67




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish