II. Geometrik parametrlar bo‘yicha diagnostikalash
Geometrik parametrlar bo‘yicha diagnostikalash usuli (tirqishlar, liqillashlar,
erkin yurishlar, tebranishlar) transmissiya, rul boshqaruvi, oldingi ko‘prik,
podshipniklar texnik holatini baholash uchun qo‘llaniladi. Masalan, transmissiyadagi
umumiy burchak tirqishining o‘sishi tishli g‘ildiraklar, shlitsali va shponkali birikmalar
yeyilganligini taxmin qilish imkonini beradi. Ayrim geometrik parametrlardan sozlash
ishlari uchun bevosita foydalaniladi. Masalan, boshqariluvchi g‘ildiraklar o‘rnatish
burchaklari, klapanlar issiqlik tirqishlarini sozlashda. Qo‘llaniladigan vositalarga
bog‘liq holda, diagnostikalash subyektiv va Ob’ektiv bo‘lishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |