Diagnostik parametr – bu transport vositasi, uning agregat va uzellari texnik
holatining miqdoriy qiymatini bilvosita belgi (simptom)lar bo‘yicha bo‘laklarga
ajratmasdan turib aniqlanadigan sifatli o‘lchovidir. Diagnostik parametrlar tuzilmaviy
parametrlar bilan bog‘langan bo‘lib, Ob’ektning texnik holati to‘g‘risida kerakli
ma’lumot beradi.
Har qanday Ob’ektning chiqish jarayonlari ikkiga bo‘linadi:
1) ishchi jarayonlar - Ob’ektning ish funksiyalarini belgilaydigan jarayonlar
(masalan, dvigatelda yonilg‘i va boshqa ekspluatatsion materiallarni sarflash, energiya
ishlab chiqarish, ishlatilgan gazlarni chiqarib tashlash) va h.k;
Do'stlaringiz bilan baham: |