Haydovchining malakasi. Transport vositasini haydash tushunchasi uni
harakatdagi boshqarish jarayoni (ko‘cha qoidalariga rioya qilish, harakatning
ratsional tartibotlarini tanlash va h. k) hamda yo‘l sharoitida vujudga kelgan
nosozliklarni bartaraf etish va texnik xizmat ko‘rsatishni o‘z ichiga oladi. Kuch
uzatmalari va yurish qismi detallariga tushadigan dinamik yuklamalar hamda
dvigatelning issiqlik tartiboti transport vositasini haydash sifatiga bog‘liq. Bir
toifadagi transport vositalarining bir avtokorxonada, bir xil ekspluatatsiya tartibotlari,
texnik xizmat ko‘rsatish, saqlash sharoitlarida har xil ta’mirlararo yo‘l yurganligi va
ularning bir-biridan 1.5–2.0 marta farq qilishlari aniqlangan. Demak, bunda asosiy
omil-haydovchining malakasidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |