1. Quruq ishqalanish. Ob’ektning ishqalanayotgan sirtlari bir-biri bilan bevosita
tutashib, o‘zaro ta’sir ko‘rsatadi. Ular orasida moy bo‘lmaydi (masalan, transport
vositasi g‘ildiraklarining tormoz ustqo‘ymalari bilan barabanlari orasidagi
ishqalanish). Quruq ishqalanishda ishqalanish kuchi tutashayotgan detallar
mikronotekisliklarining bir-biriga tegishidagi qarshiliklar va unda paydo bo‘ladigan
molekular ilashuv natijasida sodir bo‘ladi. Molekular ilashuvlar esa notekisliklar
kontaktlarida juda katta solishtirma bosimlarning vujudga kelishi natijasida paydo
bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |