3.3 Yeyilish va uning tasnifi
Yeyilish deb, o‘zaro bog‘lanishda ishlaydigan detal sirtqi qatlamlarining
ishqalanish kuchlari va ular bilan birga sodir bo‘ladigan murakkab fizik-kimyoviy
jarayonlar ta’siridagi yemirilishiga aytiladi.
Yeyilganlik – o‘zaro bog‘lanishda ishlaydigan detallarning yeyilish natijasi bo‘lib,
u o‘lchamlar, shakllar, hajm va og‘irliklar o‘zgarishida namoyon bo‘ladi. Yeyilganlik
oqibatida o‘zaro bog‘lanishda ishlaydigan sirtlar yemiriladi, kinematik aloqalar
buziladi va natijada uzel yoki mexanizm ishdan chiqadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |