Ishonchli sayt va tarmoqlardan foydalanish Ko‘rinishidan soxtaga o‘xshovchi yoki firib beruvchi saytlarga kirmang



Download 442,42 Kb.
bet1/5
Sana29.04.2022
Hajmi442,42 Kb.
#590968
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Документ Microsoft Word (2)


Internetdan xavfsiz foydalanish haqidagi maqolamiz davom etadi. Maqolaning oldingi qismi bilan tanishish uchun bu yerga bosing.
Quyida ishonchli saytlar va tarmoqlardan foydalanish hamda smartfoningiz xavfsizligini ta’minlash borasida tavsiyalar berib o‘tamiz.
Ishonchli sayt va tarmoqlardan foydalanish
1. Ko‘rinishidan soxtaga o‘xshovchi yoki firib beruvchi saytlarga kirmang. Agar internetdan ko‘p foydalansangiz, haddan tashqari ko‘p pop-ap reklama ko‘rsatadigan, juda ko‘p imloviy/grammatik xatolarga yo‘l qo‘yadigan yoki aftidan soxtaligi ko‘rinib turgan veb-manzillarni ko‘rsatib qo‘ygan saytlar ham borligidan yaxshi xabardor bo‘lsangiz kerak. Bunday saytlarga iloji boricha kirmang va ulardan hech narsa yuklab olmang.
• Bunga o‘xshash saytlardan foydalanish kompyuteringizga virus tushirishi yoki uni ishdan chiqarishi ham mumkin.
2. Tez-tez brauzeringiz tarixini tozalab turing. Ko‘plab saytlar qurilmangizdagi cookie-fayllarga kira oladi. (Cookie-fayl nima ekanini bu yerdan o‘qing). Cookie-fayldan foydalanib xakerlar shaxsiy ma’lumotingizni o‘g‘irlashi mumkin.
• Cookie-fayllardagi shaxsiy ma’lumotlaringizni o‘chirib yuborish uchun har oyda bir marta brauzeringiz qidiruv tarixini tozalab turing.
3. Onlayn xaridlarni faqat shifrlangan saytlardan amalga oshiring. Internetdan biror narsa sotib olayotganda yoki onlayn bank hisobingizga kirayotganda, siz tashrif buyurayotgan sayt URL'i «http» bilan emas, balki «https» bilan boshlanayotganiga e’tibor bering. «s» harfi sayt ishonchli ekani hamda ma’lumotlaringiz shifrlanishi va o‘g‘rilanmasligini ko‘rsatib turadi.
• Xavfsiz saytlarga kirganingizda URL maydonida kichik qulf ikonkasi paydo bo‘ladi.
4. Faqat shaxsiy Wi-Fi tarmog‘idan foydalaning, ommaviy Wi-Fi'dan emas. Restoran, mehmonxona yoki aeroportlardagi ommaviy Wi-Fi tarmoqlari ko‘pincha ishonchli bo‘lmaydi. Bu esa kompyuteringizga buzib kirish imkonini oshiradi. Bunday ishonchsiz Wi-Fi'lardan faqatgina o‘ta zarur bo‘lgan hollarda foydalaning, biroq shunda ham xavfdan ogoh bo‘lishni unutmang!
5. Brauzeringizda antivirus kengaytmasidan foydalaning. Internetdan yanada xavfsiz foydalanish uchun — saytlardagi pop-ap reklamalarni bloklab qo‘yuvchi va saytda xavfli fayllar bor-yo‘qligini tekshiruvchi — antivirus kengaytmasini yuklab oling. Kengaytma ishonchli bo‘lishi uchun uni ishonchli manba, masalan, Chrome veb-do‘konidan yuklang.
6. Uy internetingizni himoyalash uchun tarmoqlararo to‘siqni o‘rnating. Tarmoqlararo to‘siq, tarmoq to‘sig‘i, brandmauer yoki fayrvol elektron to‘siq bo‘lib, ruxsatga ega bo‘lmagan qurilmalarning kompyuter yoki smartfoningizga kirishiga yo‘l qo‘ymaydi. Ko‘pgina kompyuterlarga zavoddanoq tarmoq to‘sig‘i o‘rnatilgan bo‘ladi. Sizda ushbu funksiya bor-yo‘qligini kompyuteringiz sozlamalaridagi xavfsizlik bo‘limidan tekshirishingiz mumkin.
• Norton, McAfee yoki Microsoft kabi ishonchli kompaniyalardan fayrvol dasturini to‘lov evaziga sotib olsangiz ham bo‘ladi.
7. Kompyuteringiz dasturiy ta’minotini doim yangilab boring. Smartfon yoki kompyuteringizga kelgan tizim yangilanishlari xavfsizlik apgreydiga ega bo‘ladi. Shuning uchun, har doim eng so‘nggi dasturiy ta’minotdan foydalanish muhim ahamiyatga ega. Apdeytlarni oson o‘rnatish uchun sozlamalardan yangilanishlarni avtomatik yuklab olish funksiyasini faollashtirib qo‘ying.

Download 442,42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish