Temperatura o‘zgarishi bilan bog’liq masalalar.
1. (00-5-46). Kumush nitratning 20°C dagi eruvchanligi 228 g, 80°C dagisi esa 635g bo‘lsa, 80°C dagi 100 g to‘yingan eritmasini 20°C gacha sovutilganda, kristall holda ajraladigan tuzning massasi (g) ni hisoblang.
A) 86,4 B) 69,5 C) 55,4 D) 41,3 E) 24,3
2. (00-8-53). Ammoniy xromatning to‘yingan eritmasida 70°C da tuz massa ulushi 40,3%, 20°C da esa 24,8% ni tashkil etadi. 70°C da tayyorlangan 500 g to‘yingan eritma 20°C gacha sovutilgandan keyin cho’kmaga tushadigan tuz massasi (g) ni hisoblang?
A) 105 B) 107 C) 103 D) 111 E) 101
3. (97-12-62). 80°C da natriy xloridning 600g to‘yingan eritmasi 0°C ga qadar sovitilganda, necha gramm tuz cho’kmaga tushadi? (Osh tuzining 80°C dagi eruvchanligi 38 g ga, 0°C dagi 35,8 g).
A) 4,5 B) 6,5 C) 7,5 D) 8,5 E) 9,6
4. (98-9-57). Kaliy nitratning 40°C dagi eruvchanlik koeffisienti 61 ga teng. Uning 250 g to‘yingan eritmasini bug’latish natijasida olingan tuz massasini (g) va shu temperaturadagi eritmasida erigan tuzning massa ulushini toping.
A) 94,7 va 0,38 B) 82,1 va 0,27 C) 86,6 va 0,32
D) 80,3 va 0,36 E) 90,2 va 0,32
5. (97-7-14). 200 ml 63% li kaliy nitrat eritmasi (1,35g/ml) 80°C dan 25°C gacha suvutilganda 120 g tuz cho’kmaga tushdi. Eritmada qolgan tuzning foiz konsentrasiyasi aniqlang.
A) 33,4 B) 23,4 C) 13,4 D) 7,4 E) 3,4
6. (01-4-33). 80°C da 300 g to‘yingan natriy nitrat eritmasi 20°C gacha sovutilganda cho’kmaga tushgan tuzning massasini (g) va eritmada qolgan tuzning massa ulushini % hisobida toping. S(20oC) = 88; S(80oC) = 148
A) 96,8; 35,5% B) 96,8; 46,8% C) 72,6; 46,8%
D) 142; 35,5% E) 238,7; 46,8%
7. (01-4-35). Bir tuzning xona temperaturasidagi to‘yingan eritmasidagi massa ulushi 0,2 ga teng. Shu tuzning massa ulushi 0,3 bo‘lgan 300 g eritmasi uy temperaturasigacha sovutilganda, necha gramm tuz cho’kmaga tushadi?
A) 37,5 B) 82,5 C) 50,0 D) 85,2 E) 48,0
8. (01-4-38). Agar ammoniy xloridning 100°C dagi to’yingan eritmasi tarkibida 50 ml suv bo‘lsa, bu eritma 0°C gacha sovutilganda, qancha ammoniy xlorid cho’kmaga tushadi? S(0°C)=37,0, S(100°C)=77,0
A) 10 B) 20 C) 30 D) 37 E) 78,6
9. (01-4-39). Kumush nitratning 60°C dagi to‘yingan eritmasi 20°C gacha sovutilganda, 15 g tuz cho’kmaga tushishi uchun zarur bo‘lgan eritmani tayyorlash uchun talab etiladigan tuz va suvning massasini toping? S(20°C) = 222, S(60°C) = 450
A) 11,8; 6 B) 36,2; 8,04 C) 29,6; 6,6
D) 16,1; 4 E) 41,1; 15
10. (01-4-40). Kaliy bromidning 80°C dagi to‘yingan eritmasi 20°C gacha sovutilganda, 120 g tuz cho’kmaga tushishi uchun zarur bo‘lgan eritmani tayyorlash uchun talab etiladigan tuz va suvning massasini toping? S(20°C)=65, S(80°C)=95
A) 500; 47,5 B) 32,5; 500 C) 380; 400
D) 475: 500 E) 510; 425
11. (01-4-41). Kaliy dixromatning 78°C dagi to‘yingan 500 g eritmasi 18°C gacha sovutilganda, qancha massa kaliy dixromat cho’kmaga tushadi? S(18°C)=10, S(78°C)=40
A) 128,6 B) 116,8 C) 360 D) 107 E) 140
12. (03-5-46). Agar 100°C da 100g suvda 155g, 0°C da esa 111g potash erib, to‘yingan eritma hosil qilsa, uning 770 g eritmasi 100°C dan 0°C gacha sovitilganda, cho’kmaga tushadigan tuzning massasini (g) hisoblang
A) 44,0 B) 55,6 C) 77,0 D) 132,9 E) 140,5
13. (03-5-47). Tuzning to‘yingan eritma 90°C dan 25°C gacha sovitilganda, 200 g tuz kristallandi. Agar 90° va 25°C da tuzning eruvchanligi 42,7 va 6,9 grammni tashkil etsa, boshlang’ich eritmada suv va tuz qancha massadan (g) olinishi kerak?
A) 558,7; 238,5 B) 597,2; 238,5 C) 478,1; 192,4
D) 180,6; 49,6 E) 150,3; 42,7
14. (03-10-21). Mis(II) nitratning 60°C li suvda eruvchanligi 64,2 ga teng. To‘yingan eritma hosil qilish uchun 500 g mis(II) nitratni 60°C li suvning qancha miqdorida (g) eritish kerak?
A) 755,5 B) 888,8 C) 778,8 D) 998,8 E) 889,9
15. (02-6-48). 60°C dagi kaliy nitratning 105 g to‘yingan eritmasini 0°C gacha sovitganda, qancha gramm kaliy nitratning kristali ajraladi? Ko’rsatilgan temperaturalardagi tuzning eruvchanligi 110 va 13 ga teng.
A) 48,5 B) 55,0 C) 52,3 D) 97,0 E) 50,0
19. Ammoniy xloridning 15oC da eruvchanligi 35. Ushbu temperaturada tuzning to’yingan eritmasining foiz konsentratsiyasini aniqlang.
A) 35 B) 29,5 C) 25,9 D) 21,8
20. Mis(II) xloridning 20oC dagi to’yingan eritmasi 42,7% li. Tuzning ushbu temperaturadagi eruvchanligini aniqlang.
A) 56,4 B) 74,5 C) 53,8 D) 42,7
21. 20oC da 100 g suvda 108,7 g natriy gidroksid eriydi. Ushbu temperaturada 40 g to’yingan eritma tayyorlash uchun qancha suv va asos (g) kerak bo’ladi?
A) 20,8; 19,2 B) 19,2; 20,8
C) 22,6; 17,4 D) 17,4; 22,6
22. 0oC da natriy ftoridning eruvchanlik koeffitsiyenti 4,1, 40oC da esa 4,5 deb olinsa, 500 g 40oC dagi eritma 0oC gacha sovitilganda qancha (g) cho’kma tushadi?
A) 0,4 B) 1,8 C) 1,91 D) 2,46
23. Tuzning 50oC dagi eruvchanligi 40; 10oC da esa 15 g. 70 g eritma 50oC dan 10oC ga tushirilganda, qancha cho’kma tushadi?
A) 12,5 B) 15 C) 25 D) 17,5
24. Kumush nitratning massa ulushi 0,82 bo’lgan 60oC dagi eritmasi to’yingandir. Massasi 140 g bo’lgan ushbu eritmani 10oC gacha sovitilganda 71,2 g tuz cho’kmaga tushdi. AgNO3 ning 10oc dagi eruvchanlik koeffitsiyentini aniqlang.
A) 173 B) 157 C) 135 D) 175
25. Ammoniy bromidning 30oC dagi eruvchanligi 81,8 g. Massasi 300 g bo’lgan 30oC da to’yingan NH4Br eritmasi 0oC gacha sovitilganda massasi 36,8 g tuz cho’kmaga tushdi. Tuzning 0oC dagi eruvchanligini hisoblang.
A) 57,5 B) 59,5 C) 61,5 D) 63,5
26. Normal sharoitda 100ml suvda 50,5 litr HCl eriydi. 50oC da vodorod xloridning eruvchanligi 59,6g. 0oCda massasi 40g bo`lgan eritmani 50oC gacha qizdirildi. Qolgan eritmaning massasini aniqlang.
A) 35 B) 30 C) 37,5 D) 32,5
27. 20oC dagi to’yingan osh tuzi eritmasining foiz konsentrat-siyasini aniqlang. (S20o = 37).
A) 22 B) 37 C) 32 D) 27
28. 500 ml suvda 300 g NH4Cl qizdirib eritildi. So’ngra 15oC gacha sovutilganda, necha gramm tuz cho’kadi? (S15o = 35).
A) 105 B) 125 C) 175 D) 265
29. Xona temperaturasida 100 g HgCl2 to’la eritish uchun necha litr suv kerak? (S20o = 7).
A) 1,2 B) 1,15 C) 1,34 D) 1,43
30. 80oC da 70 g to’yingan bertole tuzi eritmasi 10oC gacha sovutilganda qancha (g) cho’kma tushadi?
(S10o = 5; S80o = 40).
A) 17,5 B) 35 C) 50 D) 22,5
31. KNO3 ning 60oC dagi to’yingan 105 g eritmasi normal sharoit-ga keltirilganda qancha (g) cho’kma tushadi? (S600 = 110; S 0 0c = 15).
A) 47,5 B) 95 C) 54,5 D) 62,75
32. 45oC da kaliy va qo’rg’oshin(II) nitratlarning eruvchanligi bir xil 75. Agar ularning zichliklari ham bir xil deb olinsa, molyar konsentratsiyalari o’rtasidagi farqni toping.
A) 2,15 B) 2,57 C) 4,24 D) 3,27
33. Qaysi temperaturada mis sulfatning 20% li eritmasi to’yingandir? (S0o = 15; S30o = 25; S50o = 33; S70o = 45).
A) 0o B) 30o C) 50o D) 70o
34. 30oC da mis sulfatning eruvchanligi 25. Ushbu temperaturadagi mis kuporosining eruvchanligini toping.
A) 32 B) 39 C) 21 D) 45
35. Natriy xloridning 10oC dagi to’yingan 200 g eritmasini quri-guncha bug’latish yo’li bilan 52,6 g tuz olindi. Osh tuzining 10oC dagi eruvchanligi qancha?
A) 37,5 B) 35,7 C) 53,7 D) 57,3
36. Natriy nitritning 10oC dagi eruvchanligi 80,5 ga teng. Ushbu temperaturada 250 g suvda qancha (g) tuz eriydi?
A) 197 B) 199 C) 201 D) 203
37. Kaliy nitratni to’yinmagan eritmasi bor. Quyidagi qaysi usul to’yinmagan eritma olishga yordam bermaydi?
A) tuz qo’shish B) temperaturani kamaytirish
C) suvni bug’latish D) temperaturani oshirish
38. Kaliy xloridning 10oC da to’yingan eritmasi mavjud. Qaysi usullardan foydalanib undan to’yinmagan eritma olish mumkin?
1) suv qo’shib 2) tuz qo’shib 3) sovitib
4) suv bug’latib 5) qizdirib
A) 1,3,5 B) 2,4 C) 1,5 D) 2,3,4
39. Bariy xloridning 15oC dagi to’yingan 12,8 g eritmasidan suvni bug’latib yuborish yo’li bilan 4,1g BaCl2∙2H2O olindi. Bariy xloridning 15oC dagi eruvchanligini toping.
A) 43,7 B) 47,3 C) 34,7 D) 37,4
40. 84 g SrCl2∙6H2O ni eritish uchun 15oC da 100 g suv kerak. Ushbu temperaturadagi suvsiz tuzning eruvchanligi toping.
A) 50 B) 47 C) 41 D) 37,3
41. 45oC da 7,5 g kaliy sulfatni eritish uchun kamida qancha suv kerak? (S45o = 15).
A) 100 B) 200 C) 75 D) 50
42. 50oC da to’yingan 277 g eritmada necha gramm qo’rg’oshin nitrat bo’ladi? (S50o = 84,7).
A) 127 B) 172 C) 121 D) 171
43. 165 g kaliy nitratni eritib 36oC da to’yingan eritma olish uchun qancha suv kerak? (S36o = 55).
A) 100 B) 150 C) 200 D) 300
44. Kaliy nitratni 60oC dagi to’yingan 30 g eritmasini bug’latish yo’li bilan necha gramm tuz olish mumkin? (S60o = 110).
A) 10,2 B) 11,2 C) 12,2 D) 13,2
45. Kaliy nitratni 40oC dagi to’yingan 330 g eritmasi 30oC gacha sovitilsa necha gramm tuz kristallanadi? (S40o = 65; S30o = 47).
A) 28 B) 40 C) 36 D) 38
46. Massasi 11,6 g chinni kosachaga kaliy nitratning 15oC dagi to’yingan eritmasi solingan. Kosachaning eritma bilan birgalikdagi massasi 106 g, eritma bug’latilgandan keyin esa 30,5 g. Kaliy nitratning 15oC dagi eruvchanligini toping.
A) 10 B) 15 C) 20 D) 25
47. Kaliyli selitrani tozalash uchun uning 300 g massasi 200 g suvda qizdirilib eritildi. Agar ushbu eritma 10oC ga qadar sovutilsa, qancha cho’kma tushadi. (S10o = 22).
A) 278 B) 256 C) 234 D) 44
48. 10oC da 200 ml suvda 340 g AgNO3 eriydi. Ushbu temperaturadagi tuzning eruvchanligini toping.
A) 340 B) 170 C) 85 D) 17
49. 20oC da 160 g to’yingan kumush nitrat eritmasidan suvni bug’latib chiqarib yuborsak, 110 g suvsiz tuz qoldi. Tuzning ushbu temperaturadagi eruvchanligini toping.
A) 110 B) 55 C) 220 D) 68
50. 20oC da kumush nitratning eruvchanligi 220. Ushbu tempera-turadagi to’yingan eritmaning foiz konsentratsiyasini aniqlang.
A) 68,75 B) 66,67 C) 65,97 D) 67,85
51. 25oC da 100 g tuz 250 g suvda erimoqda, tuzning eruvchanligi va to’yingan eritmaning foiz konsentratsiyasini toping.
1) 40 2) 28,6 3) 250 4) 80
A) 1,2 B) 2,3 C) 3,4 D) 1,3
52. CO2 gazini suvda erishini yaxshilash uchun nimalar qilish mumkin?
1) bosimni orttirish 2) temperaturani orttirish
3) bosimni kamaytirish 4) temperaturani kamytirish
A) 1,2 B) 3,4 C) 1,4 D) 2,3
53. Qandaydir bir tuzning 70oC dagi to’yingan eritmasi 15oC ga qadar sovitilsa ……
1) to’yinmagan eritma hosil bo’ladi.
2) to’yingan eritma hosil bo’ladi
3) cho’kma hosil bo’ladi
4) erigan tuz miqdori kamayadi
A) 1,2,3 B) 1,3,4 C) 2,3,4 D) 2,3
54. Osh tuzining 10oC dagi eruvchanligi 35,8. Ushbu temperatu-radagi to’yingan eritmaning foiz konsentratsiyasini toping.
A) 35,8 B) 38,5 C) 27,8 D) 26,36
55. Osh tuzining 20oC dagi to’yingan eritmasining foiz konsen-tratsiyasi 26,74% bo’lsa, tuzning ushbu temperaturadagi eruv-chanligini toping.
A) 32 B) 36 C) 28 D) 26
56. Tuzning suvdagi to’yinmagan eritmani temperaturani o’zgartirmasdan qanday to’yingan holga keltirish mumkin?
1) suvni bug’latib 2) tuz qo’shib 3) suv qo’shib
A) 1,2 B) 1,3 C) 2 D) 3
57. 25oC da tuzning eruvchanligi 20. Ushbu temperaturada 240 g to’yingan eritma olish uchun necha gramm suv kerak bo’ladi?
A) 40 B) 100 C) 200 D) 210
58. Kaliy nitratning 50oC dagi eruvchanligi 85. Ushbu temperaturadagi 148 g eritmani 0oC gacha sovitsak 52 g cho’kma tushmoqda. Tuzning 0oC dagi eruvchanligini aniqlang.
A) 20 B) 25 C) 30 D) 40
59. NaNO3 ning 20oC dagi 600 g eritmasi 0oC gacha sovitilsa qancha tuz cho’kmaga tushadi? (S20 = 88; S0 = 73)
A) 15 B) 47,9 C) 17,5 D) 22,5
60. Kaliy bixromatning 10oC dagi eruvchanligi 10. 30oC dagi 460 g eritma 10oC ga qadar sovitilganda 20 g cho’k-ma tushdi. Tuzning 30oC dagi eruvchanligini toping.
A) 12 B) 15 C) 17 D) 25
61. Xona temperaturasida kaliy xloridning eruvchanligi 32. 50oC da esa 36. 14 g cho’kma olish uchun necha gramm 50oC dagi to’yingan eritma kerak bo’ladi?
A) 136 B) 350 C) 476 D) 512
62. Tuzning 20oC dagi eruvchanligi 15. Ushbu temperaturada 200 ml suvga 25 g tuz tashlandi. Eritma to’yinishi uchun yana qancha tuz (g) kerak?
A) 5 B) 10 C) 15 D) 12,5
63. Tuzning 10oC dagi 120 g to’yingan eritmasi 30oC gacha isitil-gan. Hosil bo’lgan eritmani to’yintirish uchun qancha tuz kerak? (S10 = 60; S30 = 80)
A) 10 B) 15 C) 20 D) 25
65. 50oC dagi 280 g to’yingan eritma 20oC ga qadar sovitilsa, qancha cho’kma tushadi? (S20 = 15; S50 = 40)
A) 25 B) 50 C) 32 D) 80
66. 40oC dagi to’yingan eritma 10oC gacha sovitib 30 g cho’kma olish uchun kerak bo’ladigan 40oC dagi eritmani tayyorlash uchun necha (g) suv kerak bo’ladi? (S10 = 10; S40 = 30)
A) 100 B) 120 C) 150 D) 200
67. 40oC da X ning eruvchanligi 80; Y ning eruvchanligi esa 60. 300 g suvga 16 g X va 50 g Y dan solib eritma tayyorlandi. Temperaturani o’zgartirmasdan suvni bug’latganimizda X tuzi cho’kishni boshlaganda idishda necha gramm qattiq Y bor edi?
A) 28 B) 36 C) 38 D) 46
68. 20oC da 100 l yomg’ir suvida necha gramm kislorod gazi erigan holda bo’ladi? Ushbu temperaturada 100 ml suvda 3,1 ml kislorod eriydi deb olinsin.
A) 0,784 B) 0,351 C) 0,912 D) 0,826
79. Ma`lum bir temperaturada to`yingan eritma
2,5 molyalli bo`lsa, eritmada erigan noma`lum
moddani aniqlang. Noma`lum moddaning shu
temperaturadagi eruvchanlik koeffitsiyenti 30ga
teng.
A) KOH B) Na2SO4 C) MgSO4 D) NaOH
80.480 g to’yingan eritma sovutilganda necha gramm tuz cho’kmaga tushadi?
(S-eruvchanlik; T-harorat)
A) 50 B) 60 C) 40 D) 70
81. 540 g to’yingan eritma sovutilganda 175 g cho’kma tushgan bo’lsa, y ni aniqlang?( S-eruvchanlik; T-harorat)
A) 60 B) 80 C) 50 D) 44
82. Oltingugurt (VI) oksidining eritmaga yutilishi natijasida suvsiz kislota olingan bo’lsa , x ni aniqlang?
A) 1450/30 B) 1350/114
C) 1000/120 D) 980/72
83. Qaysi moddalar uchun quyidagi holat o’rinli? ( s-eruvchanlik; t –harorat)
1) NaCl, 2) CO2 , 3) shakar , 4) NaOH, 5) O2
A) 1,3,4 B) 2,3,4 C) 3 D) 2,5
84. Qaysi moddalar uchun quyidagi holat o’rinli? ( S-eruvchanlik; P –bosim)
1) NaCl, 2) CO2 , 3) shakar , 4) NaOH, 5) O2
A) 1,3,4 B) 2,3,4 C) 3 D) 2,5
85. Quyidagi reasksiyada X g 36,5 % kislota eritmasi sarflandi va 11,2 litr (n.sh) gaz ajradi. X ni aniqlang?
A) 50 B) 100 C) 200 D) 150
86. Quyidagi reasksiyada 36,5 % kislota eritmasi sarflandi va 22,4 litr (n.sh) gaz ajradi. Hosil bo’lgan eritmaning konsentratsiyasini (%) ni aniqlang?
A) 47,2 B) 51,7 C) 62,6 D) 55,6
87. Quyidagi reaksiyada 116,5 g cho’kma ajralgan bo’lsa reaksiyada qatnashgan tuz massasini(g) aniqlang?
A) 208 B) 104 C) 52 D) 416
20,17,22,15,24,13,26,11,28,9,30,7,32,5,34,3,36,1
18,19,16,21,14,23,12,25,10,27,8,29,6,31,4,33,2,35
Malumotlar uchun Sheraliyev Akmaljon +998990778235
Do'stlaringiz bilan baham: |