AXBOROTNOMA
Eruvchanlik.
1. (99-5-56). Eritmaning muayyan hajmida erigan modda miqdori kam bo‘lsa, bunday eritma qanday nomlanadi?
1) konsentrlangan 2) to‘yinmagan 3) o‘ta to‘yingan 4) to‘yingan 5) suyultirilgan
A) 1,2 B) 2,5 C) 3,4 D) 1,4 E) 3,5
2. (99-5-59). Berilgan temperaturada erigan moddadan yana erishi mumkin bo‘lgan eritma qanday nomlanadi?
1) konsentrlangan 2) suyultirilgan 3) to‘yingan 4) to‘yinmagan 5) o‘ta to‘yingan
A) 1,5 B) 2,3 C) 2,4 D) 1,4 E) 4,5
3. (99-5-67). Qattiq modda suvda eritilganda, temperatura ko’tarilgan sari uning eruvchanligi odatda ......... , gazsimon moddaning eruvchanligi esa ........... .
A) kamayadi, o’zgarmaydi B) ortadi, kamayadi
C) ortadi, ortadi D) o’zgarmaydi, kamayadi
E) kamayadi, ortadi
4. (99-5-53). Gazsimon moddalarning suvdagi eruvchanligi qaysi omillar ta’sirida ortadi?
A) temperatura va bosim oshirilganda.
B) temperatura va bosim kamaytirilganda,
C) temperatura pasaytirilganda va bosim oshirilganda
D) temperatura oshirilganda va bosim kamaytirilganda
E) Eruvchanlikka temperatura va bosimning ta’siri yuk
5. (02-12-6). Agar eritmaga erigan moddadan qo’shganimizda, konsentrasiya oshmasa, buning sababi nimada?
A) erigan moddaning mol soni ortishi bilan eritmaning hajmi ham ortadi
B) erigan moddadan kristallizatsiya suvi ajralib chiqadi va erituvchi miqdori ortadi
C) eritma soviydi
D) eritma to‘yingan, qoshilgan modda cho’kmada qoladi
E) bundam hodisa bo‘lishi mumkin emas
6. (02-12-7). Konsentrlangan tuz eritmasiga shu tuzning suyultirilgan eritmasi qo’shilganda, nima kamayadi?
A) tuzning mol soni B) erituvchi miqdori
C) eritma temperaturasi D) eritmaning hajmi
E) eritma konsentratsiyasi
7. (03-5-40). Harorat ortishi bilan tuz eruvchanligining ortishi qanday jarayonga bog’liq bo‘ladi?
1) tuz eriganda, issiqlik chiqishi
2) tuz eriganda, issiqlik yutilishi
3) tuz eriganda, haroratning o’zgarmasligi
A) 1,2 B) 1,3 C) 2,3 D) 2 E) 1
8. (03-5-41). Erishda bo‘ladigan qanday jarayon tufayli harorat ortganda, moddaning eruvchanligi kamayadi?
1) modda eriganda, issiqlik yutilishi
2) modda eriganda, issiqlik chiqishi
3) modda eriganda, haroratning o’zgarmasligi
A) 1 B) 2 C) 1,2 D) 1,3 E) 2,3
9. (03-5-42). Qanday jarayonlar tufayli qattiq modda eriganda, issiqliq ajralib chiqadi?
1) modda eriganda, kristall panjaraning buzilishi
2) erigan modda zarrachalarning gidratlanishi
3) kristall panjarani buzishga sarflanadigan energiyaga qaraganda gidratlanishda ko’proq energiya ajralishi
4) modda eriganda, energetik jarayonlar bo‘lmasligi
A) 1,2 B) 1,3 C) 2,3 D) 1,4 E) 3,4
10. (03-5-43). Qanday jarayonlar tufayli qattiq modda eriganda, issiqliq yutiladi?
1) erigan modda zarrachalarining gidratlanishi
2) modda eriganda, kristall panjaraning buzilishi
3) erishning erituvchi tabiatiga bog’liq bo‘lishi
A) 1 B) 2 C) 3 D) 1,2 E) 2,3
11. (98-1-26). Kaliy sulfatning 50° da to‘yingan eritmasidan 58 g miqdorini bug’latilgandan keyin 8 g tuz qolgan. Tuzning ushbu temperaturadagi eruvchanligini aniqlang.
A) 8 B) 14 C) 16 D) 28 E) 32
12. (01-4-34). 60°C da 540 g to‘yingan litiy sulfat eritmasi bug’latilishi natijasida, 96 g litiy sulfat tuzi olindi. Litiy sulfatning shu temperaturadagi eruvchanlik koeffisientini toping.
A) 21,6 B) 31,6 C) 41,6 D) 63,1 E) 79
13. (00-9-33). Ammoniy xloridning 15°C dagi eruvchanlik koeffisienti 35 ga teng. Shu temperaturada to‘yingan eritmadagi tuzning massa ulushini aniqlang.
A) 0,26 B) 0,20 C) 0,35 D) 0,38 E) 0,215
14. (00-9-34). 40°C da 50 g suvda 56,5 g kaliy sulfat eriydi. Tuzning shu temperaturadagi eruvchanlik koeffisientini hisoblang.
A) 149 B) 164 C) 113 D) 134 E) 199
15. (00-9-35). Tuzning 20°C dagi eruvchanlik koeffisienti 25 ga teng bo‘lsa, 100 g to‘yingan eritmada shu tuzdan necha (g) bo‘ladi?
A) 40 B) 45 C) 35 D) 30 E) 20
16. (99-4-10). Kaliy dixromatning 20°C dagi eruvchanligi 12,5 g ni tashkil etadi. Shu moddaning 400 g suv bilan hosil qilgan to‘yingan eritmasining massasi (g) necha gramm bo‘ladi?
A) 437,5 B) 412,5 C) 425 D) 460 E) 450
17. (99-6-81). KNO3 ning 60°C dagi to‘yingan eritmasida 52,4% tuz mavjud. Shu temperaturadagi tuzning eruvchanlik koeffisientini aniqlang.
A) 35,5 B) 52,4 C) 524 D) 104,8 E) 110
18. (00-5-45). Natriy nitratning 20°C dagi to‘yingan eritmasidagi tuzning massa ulushi 85% bo‘ladi. Shu temperaturada 200 g suvda qanday massadagi tuzni eritish mumkin?
A) 250 B) 459 C) 567 D) 7075 E) 1133
19. (01-4-37). 15oC da kaliy nitratning to‘yingan eritmasida uning massa ulushi 20% ni tashkil etsa, shu temperaturada 50 g kaliy nitratni eritish uchun qancha massa (g) suv talab etiladi?
A) 158,3 B) 135,8 C) 138,5 D) 208,3 E) 200
20. (01-4-36). 25oC da kaliy nitratning to‘yingan eritmasida uning massa ulushi 34% ni tashkil etsa, uning shu temperaturadagi eruvchanlik koeffitsiyenti qanchaga teng bo‘ladi?
A) 31,6 B) 34,3 C) 24 D) 51,5 E) 12
21. (02-12-30). Vodorod bromidning n.sh.da suvdagi eruvchanligi 221 g. Shunday sharoitda bir hajm suvda necha hajm HBr eriydi?
A) 611 B) 620 C) 711 D) 720 E) 511
22. (03-5-44). 20°C da 545 g bariy nitrat eritmasida 45 g tuz erigan bo‘lsa, shu haroratdagi bariy nitratning eruvchanligini toping.
A) 12,2 B) 8,3 C) 6,3 D) 15,2 E) 9,0
23. (02-12-13). 30°C da KNO3 ning 50 g 20% li eritmasining to‘yinishi uchun yana 6,8 g KNO3 tuzi qo’shilishi kerak bo‘lsa, shu tuzning eruvchanligini aniqlang.
A) 34 B) 42 C) 16 D) 43,2 E) 37,5
24. (03-5-45). 0°C da 50 g kaliy sulfat eritmasida 3,44 g tuz erigan bo‘lsa, uning eruvchanlik koeffisientini va tuzning eritmadagi massa ulushini (%) hisoblang.
A) 7,4; 6,88 B) 14,5; 7,3 C) 11,5; 5,7 D) 9,4; 8,38
25. (03-10-22). Mis(II) sulfatning 24°C da to‘yingan eritmasida eruvchanligi 21,95. zichligi esa 1,2 g/ml bo‘ladi. Shu eritmaning molyar konsentrasiyasini (%) toping.
A) 2,35 B) 1,35 C) 1,53 D) 1,83 E) 2,15
26. (03-10-39). Kaliy nitratning 40oC dagi eruvchanlik koeffisienti 61 ga teng bo‘lsa, uning 500 g to‘yingan eritmasini bug’latish natijasida olingan tuzning qattiq qizdirilishi natijasida ajralib chiqqan gazning hajmini (l, n.sh.) toping.
A) 21 B) 22,4 C) 31 D) 189,4 E) 33,6
27. (03-10-40). Kaliy nitratning 40 oC dagi eruvchanlik koeffisienti 61 ga teng. Uning 500 g to‘yingan eritmasidagi suvning massasini (g) toping.
A) 189,5 B) 315,5 C) 310,5 D) 410,5 E) 250,5
28. (97-5-54). Eritma isitilganda gazlarning suvda eruvchanligi qanday o’zgaradi?
A) ortadi B) kamayadi C) o’zgarmaydi
D) ma’lum temperaturagacha ortadi
E) ba’zi gazlarniki kamayadi, ba’zilarniki ortadi
29. (01-8-38). 0°C da vodorod bromidning eruvchanligi 171 g bo‘l-sa, shu temperaturada 1 litr suvda qanday hajmdagi (l) gaz eriydi?
A) 5,6 B) 14,8 C) 17,3 D) 473 E) 238
30. (02-9-57). Qattiq moddalarning eruvchanligi qanday omillarga bogliq?
1) temperaturaga 2) bosimga 3) katalizatorga 4) erituvchining tabiatiga 5) erigan moddaning tabiatiga
A) 1,3,4 B) 2,3,4 C) 1,2,3 D) 1,4,5 E) 1,2,4,5
Do'stlaringiz bilan baham: |