Yo`ldoshev M. Badiiy matn va uning lingvopoetik tahlili asoslari. T.: Fan, 2006 yil 51-bet.
46
3. – Ulim, jo`q dema. Bir pusrman bolasi ekan. Pat – partingni minib,
pastga tushib chiq. Shay ham tugagan. Tuz ol, qand ol. Gugurt olish ham
esingdan chiqmasin.
4. – Soat odamdan qimbat emas, - dedi chol. – Bor meymonni aytganini
qil. (“Jimjitlik”, 52-bet).
5. – Sharshara bu yoqda – ku, dedi ajablanib Mirvali.
– Bilmasakansiz-ku, tog`a. Shovva bu yoqda. (“Jimjitlik”, 15-bet).
6.- Biz taraflarda shir yalang’och nima qilib juribsan, shirag’im?
(“Jimjitlik”, 51-bet).
7.-Umringdan baraka top, bolam. O’g’il, o’g’il ekan. Shuning uchun
ham o’gil tug’ilgan uyda to’y bo’lib ketadi. Beri kel peshonangdan bir o’pib
qo’yay. Ezilib adoyi tamom bo’lgan enangga boshqatdan jon ato qilding.
(“Jimjitlik”, 61-bet).
II. Leksik dialektizmlar:
1. – Endi bor, aylanib kel. Shoshma, esim qursin. O`tir. (“Jimjitlik”, 8-
bet).
2. – Tog`aaaa! Katta enam chaqiryaptilar. Choyingizni icharmishsiz!
(“Jimjitlik”, 53-bet).
3. – Qo`zg`almang, ena, qo`zg`almang. Sevibin qodingizmi, ena? Tolibjon
kelib bag`ringiz to`lib qoldimi?! (“Jimjitlik”, 13-bet).
4. – Katta ena, tog`am keldilar, Mirvali tog`am keldilar! (“Jimjitlik”, 13-
bet).
5.- Pulni-ku, to’laysan. Senga pul cho’t emas. Qurbonlar umrini nima
bilan to’laysan? Azob – uqubatda yo’qolgan navqiron umrimni nima bilan
to’laysan? Sarson- sargardon bo’lib, o’lib ketgan xotinimning umrini nima
bilan to’laysan? Yo’q bo’lib, to’zib, patarat topib ketgan oilamga qancha
haq to’laysan? Kiyimlarni yoq. Bo’lmasa tepkini bosaman. (
Jimjitlik, 45 b)
“Patarat” leksemasi so’zlashuv tiliga xos leksema bo’lib, uning ma’nosi
parokanda, tartibsiz, alg’ov-dalg’ovdir. Patarat topmoqlik esa parokandalikka
uchrab mahv bo’lmoq, yo’q bo’lib ketmoqlikdir. (O’TIL, III, 237b)
47
6
. Bolalar kattakon olma girdiga cho’p tiqib charxpalak yasashgan
ekan ariqchada pildirab aylanyapti. (“Jimjitlik”, 54-bet).
III. Grammatik dialektizmlar:
1. – Nu, bo`sh vaqtimga qoriy. Sploshnoy zanimatsa itsam, ikki kunda bir
ro`mol bita. (“Jimjitlik”, 72-bet).
2. – Chiyalining jahon bozorida oqini ikki yuz o`ttizga, qorasini ikki yuzga
sotalar. (“Jimjitlik”, 72-bet).
Dialektal leksika ma’lum hududda yashaydigan hamma kishilar
qo’llaydigan, o’sha hudud aholisi nutqiga xos bo’lgan so’zlar bo’lib, ular
og’zaki so’zlashuv nutqiga xosdir. Dialektal so’zlar badiiy adabiyotda
personajlar tilini individullashtirish uchun va stilistik maqsadlarda
qo’llaniladi. Badiiy adabiyot va kinofilmlarda mahalliy koloritni aks ettirish,
asar qahramonlari nutqini real berish maqsadida dialektizmlardan
foydalaniladi.
1
Said Ahmad voqelikni badiiy-estetik jihatdan ta’sirchan va yorqin
ifodalash uchun tilning, leksik, fonetik, grammatik imkoniyatlaridan o’ziga
xos foydalanadi. Bu yozuvchining individual uslubi so’zlashuv nutqi
imkoniyatlaridan foydalanishi va umumxalq tilining chegaralangan qatlamlari
boyligini o’zida aks ettirishi bilan xarakterlanadi.
1
Sayfullayeva R va boshqalar. Hozirgi O`zbek adabiy tili.Toshkent: 2009. 123-bet