-lik affiksi mangu, abadiy, qadimiy, davriy singari temporal sifatlarga qo‘shilib, asosdan anglashilgan belgiga oid holatlarni ifodalaydi: mangulikka daxldor, abadiylik ramzi, qadimiylik tusi, davomiylik xususiyatlari kabi. -lik affiksining xushvaqt, vaqtichog‘, vaqtixush so‘zlariga qo‘shilishi natijasida ruhiy holat bildiruvchi payt otlari hosil bo‘ladi: xushvaqtlik (vaqtichog‘lik) kunlari, vaqtixushlik damlari kabi.
-chilik, -garchilik qo‘shimchalari yordamida tabiat va jamiyat hodisalari bilan bog‘liq payt ma’noli holat otlari hosil bo‘ladi: yog‘ingarchilik – yog‘in, serob, payt; ta’rifi: yog‘in ko‘p bo‘lgan payt; yomg‘irgarchilik – yomg‘ir, ko‘p, payt; ta’rifi: yomg‘ir ko‘p bo‘lgan payt; qurg‘oqchilik – yog‘in bo‘lmagan, uzoq payt, davr; ta’rifi: uzoq payt yog‘in bo‘lmagan davr; to‘kinchilik – noz-ne’mat, ko‘p, davr; ta’rifi: noz-ne’mat ko‘p bo‘lgan davr; serobgarchilik – hamma narsa, ko‘p, davr; ta’rifi: hamma narsa ko‘p bo‘lgan davr; pishiqchilik – meva-sabzavot, pishgan, ko‘p, davr; ta’rifi: meva-sabzavot pishgan, ko‘p bo‘lgan davr; qahatchilik – hamma narsa, kam, qimmat, davr; ta’rifi: hamma narsa kam va qimmat davr; qimmatchilik – narsa, qimmat, davr; ta’rifi: hamma narsa qimmat davr.
O‘zbek tilida temporal otlar umumiy vaqt (vaqt, payt) va xususiy vaqtni (mavsum, mavrid), zamonga farqli (o‘tmish, kelajak) va zamonga farqsiz vaqtni (soat, kun) ifodalashiga ko‘ra privativ oppozitsiyalarga kirisha oladi.
Bahor leksemasi sememalarning semik tarkibi
№
|
Bahor 1
|
Bahor 2
|
Bahor 3
|
Bahor 4
|
Bahor 5
|
1
|
yil
|
umr
|
Ichki dunyo
|
-
|
Umr
|
2
|
fasl
|
-
|
-
|
-
|
-
|
3
|
Qishdan keyin
|
Bolalikdan keyin
|
-
|
-
|
-
|
4
|
Yozdan oldin
|
O‘rta yoshdan oldin
|
-
|
-
|
-
|
5
|
Tabiat
|
-
|
-
|
Jamiyat hodisasi
|
-
|
6
|
Yashnagan
|
Yashnagan
|
Yashnagan
|
Yashnagan
|
-
|
7
|
Gulgun
|
Gulgun
|
gulgun
|
gullagan
|
-
|
8
|
Uyg‘onish
|
-
|
-
|
uyg‘onish
|
-
|
9
|
Davr
|
Davr
|
-
|
davr
|
Bir yil
|
10
|
-
|
inson
|
inson
|
-
|
Inson
|
Ishda leksemalar polisemem sistemalarining shakllanishiga ham e’tibor berildi. Masalan, kun so‘zi semantik o‘zgarishlarga uchragan. Kun bir semasinig semalarini quyidagicha aniqlash mumkin: supka qismi, quyosh chiqishidan quyosh botkuncha (quyoshli), yorug‘. Ta’rifi sutkaning quyosh chiqqandan quyosh botkuncha bo‘lgan yorug‘ qismi.
Kun 2 sememasi kun 1 simemasidan ma’no kengayishi asosida o‘sib chiqqan. Bunda qism bilan (sutkaning yorug‘lik qismi bilan) butun (tun kunni) nomlanmoqda va o‘z-o‘zidan ma’lumki, sinekdoxa nom qo‘yish usuli amalda bo‘lmoqda. Bu so‘z shakllanishida ma’no kengayishi yuz bergan, ya’ni, “kechayu-kunduzni” aniq ifodalashdan vaqtning bundan kattaroq mavhum qismlarini ham ifodalay boshlashga o‘tilgan. Kun 2 sememaning semantik strukturasi bir kecha-kunduz 24 soatdan iborat vaqt, sutka. Ta’rifi: kechasi va kunduzidan iborat 24 soatli vaqt, sutka. Ushbu ma’noning ifodalanishida –lar affiksining ikkilamchi umumlashtiruvchima’eosi katta ahamiyatga ega, bolalik kularimda (vaqtimda), tahlil (vaqtida) kabi. Kun 2 semasining semik tuzilishda kun 2 semasidagi “sutka qism” semasining ma’nsi kengayib “sutka”ga aylangan.
Kun 3 sememasi kun 2 semasidan metonimiya asosida hosil bo‘lgan: K2-bir kecha-kunduzga teng vaqt. K3-oy yoki haftaning bir kecha-kunduzga teng semasi. Ko‘rinib turibdiki, K3 shakllanishida bir kecha-kunduz semasi muhim ahamiyat kasb etgan. Kun 3 sememasining semalari quyidagichadir; kalendar semasi, 24 soat, oy yoki hafta sanasi.
Kun 4 sememasi kun 2 sememasidan ma’no kengayishi asosida hosil bo‘lib, bu holatda kun 2 sememasi tarkibidagi, 24 soatdan iborat vaqt (chegaralangan vaqt) semasi kishi umridagi aniq chegaralanmagan muayyan vaqt, davr, bir ma’nolari uchun ixtisoslashgan.
Kun 4 sememasining semik strukturasi quyidagicha bo‘lishi mumkin: vaqt, inson umri sememasining ta’rifi, inson umridagi muayyan vaqt, davr, kez.
Kun 5 sememasi kun 4 sememasidan ma’no kengayishi asosida hosil bo‘lgan (inson umrining muayyan vaqti va inson umri). Bu holatda kun 4 sememasidagi “inson umri” asos bo‘lgan va “vaqt” semasi tashlab yuborilgan. Ushbu semema inson umri, hayot, tirikchilik kabi ma’nolarni ifodalaydi.
Kun 6 sememasi kun 1 sememasidan metonimiya asosida o‘sib chiqqan bo‘lib, nom ko‘chishi kun 2 semasidagi “quyosh” semasi asosida ro‘y bergan “quyosh” semasi o‘z-o‘zidan “yorug‘” semasini ham talab qiladi.
Kun 6 sememasining semik strukturasini semik strukturasini quyidagicha ko‘rsatish mumkin: nur sochuvchi, yorug‘, issiq, osmon qismi. Semema ta’rifi: nur sochuvchi, yorug‘, issiq osmon qismi. Hozirgi o‘zbek tilida ushbu holat yangi so‘z hosil bo‘lishi deb tushuntiriladi. Demak, bu o‘rinda polisemiya hodisasi omonimiyaga yetib borgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |