Ishning maqsadi: Gazlamalar assortimentini o’rganish. Ishni bajarish tartibi



Download 26,26 Kb.
bet2/9
Sana17.08.2021
Hajmi26,26 Kb.
#149898
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
AMALIY MASHG 1 kurs 1 Matershunoslik (2)

JUN GAZLAMALAR ASSORTIMENTI.
Jun gazlamalarni guruhlash. Ishlab chiqarish usuliga qarab, jun gazlamalar kamvol va movut gazlamalarga bo`linadi. Kamvol gazlamalar qayta tarash usulida yigirilgan kalava ipdan to`qiladi. Bunday gazlamalar jun gazlamalar ichida eng yupqa va yengil hisoblanadi, ularning o’rilish naqshi yaqqol bilinib turadi. Movut gazlamalar apparat usulida yigirilgan kalava ipdan to`qiladi va kamvol gazlamalardan qalinligii, massasi, chang oluvchanligi bilan farq qiladi.

Movut gazlamalar o`ziga xos momiqlikka ega, sirti kigizsimon yoki tarab chiqarilgan tukdor bo`ladi. Movut gazlamalar mayin jundan to`qilgan mayin movut va kalta tolali dag`al movutlarga bo`linadi. Dag`al movut gazlamalar mayin movutdan farqli o`laroq, barmoqlarga qattiq unnaydi va botadi. Savdo preyskurantiga ko`ra, jun gazlamalar guruhlarga ( ishlab chiqarilish usuliga va tola tarkibiga qarab) hamda kichik guruhlarga ( nimaga ishlatilishiga qarab) bo`linadi .

Jun gazlama artikulidagi birinchi raqam guruhni bildiradi, ya`ni ishlab chiqarish usuli va tola tarkibiga mos keladi. Artikuldagi ikkinchi raqam kichik guruhni bildiradi, ya`ni gazlamaning nimaga ishlatilishini ko`rsatadi. Masalan, artikuldagi birinchi raqam 1 bo`lsa, gazlama sof jundan kamvol usulda to`qilganligini, ikkinchi raqam 1 bo`lsa, gazlama ko`ylaklik gazlama ekanligini bildiradi. Artikuldagi uchinchi va undan keyingi raqamlar o`zgarishi mumkin; ular kichik guruh ichidagi gazlamalarning tartib raqamini ko`rsatadi.

Yangi strukturali va o’rilish naqshli gazlamalar ishlab chiqarish hamda klassik strukturali gazlamalarning tashqi ko`rinishi va plastik xossalarini yaxshilash hisobiga jun gazlamalar assortimenti yangilab turiladi. Assortimentni rivojlantirishdagi yangi yo`nalishlar ipaksimon silliq sirtli mayin plastik gazlamalar, ko`p rangli melanj kalava ipidan tekis sirtli gazlamalar, shakldor kalava ipdan mayda relefli, g’adir-budur yoki tekis sirtli gazlamalar, tukli, shu jumladan, baxmalsimon sirtli gazlamalar to`qish bilan bog`liq.

Ko`ylaklik gazlamalar assortimenti gul bosilgan gazlamalar, jakkard o’rilishda to`qilgan guldor gazlamalar, sof jun kalava ipdan va sintetik iplar qo`shilgan yarim kalava ipdan to`qilgan gazlamalar bilan to`ldiriladi.

Bejirim ko`ylaklar tikish uchun yangi strukturali sidirg’a va guldor gazlamalar; o’rilish naqshlari yangi bo`lgan yoki metallangan iplar va profillangan kapron ip aralashtirilib, shakldor qilib pishitilgan kalava ipdan to`qilgan gazlamalar ishlab chiqariladi.

Yozgi ko`ylaklar va ko`ylak-kostyumlar uchun kompanon gazlamalar ishlab chiqariladi. Bular har xil strukturali, lekin sidirg’a yoki aksincha, bir xil strukturali, lekin har xil rangga bo`yalgan gazlamalardir. Masalan, mayda donli sirt hosil qilib krep o’rilishda to`qilgan ikki gazlama; bittasi sidirg’a, ikkinchisi esa katak-katak yoki birinchi gazlama tusida gul bosilgan gazlamalar shular jumlasidan.

Kuzgi-bahorgi assortimentdagi ayollar kostyumlari tikish uchun tuguncha-tugunchali, halqasimon, buramdor kalava ip, yo`g`onlashgan joylari bor kalava ip ishlatib to`qilgan yengil ko`ylaklik gazlamalar tipidagi gazlamalar ishlab chiqariladi.

Erkaklar uchun bejirim kostyumlik gazlamalar assortimenti profillangan sintetik iplar qo`llash hisobiga jimirlash yoki uchqunlanish effektini beradigan, pishitilgan kalava ipdan to`qiladigan gazlamalar bilan to`ldiriladi.

Paltolik gazlamalar assortimenti uchun tik va etik tukli, jingalaklangan guldor va sidirg’a paltolik gazlamalar va draplar, nitron tolali hajmdor strukturali gazlamalar ishlab chiqariladi.




Download 26,26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish