12-Mavzu: Burchakli va tirnoqli birikmalarni tayyorlashda ishlatiladigan material.
ISHNI BAJARISHDAN MAQSAD.
1. Oynalanadigan buyumlarni tayyorlashda zakrov randada ishlashni o’rganish.
2. Zakrovli birikmalar tayyorlashga mos yog’och material tanlash.
3. Ishlash vaqtida xavfsizlik texnikasi qoidalariga rioya qilish.
4. Zakrovli birikmalarni ish chizmasini chizish.
ISHNI BAJARISH TARTIBI
:
1. Ishlatiladigan o‘rniga qarab oyuvchi asboblarni tanlash.
2. Ochiq teshiklar hosil qilish. Biriktiriladigan detallarni qalinligiga qarab quloqlar o‘lchamlarini
aniqlash.
3. Turum ishlash uchun detal tayyorlash.
4. Bir tirnoqli ochiq va ikki tirnoqli turumlar tayyorlash va bajarish.
5. Quloqcha va turumli birikmalar sifatini tekshirish.
6. Oyuvchi va qirkuvchi uskunalarni charxlash va qirovini to‘qish.
7. 0‘rganish uchun amaliy mashqlar: oyuvchi uskuna bilan oyishda moslama tanlash.
ISHNI BAJARISHGA DOIR MA'LUMOTLAR.
Oynalanadigan duradgorlik buyumlari tayyorlashda zakrovli birikmalar xosil qilinadi.
Zakrovli birikmalar dasta bet, to’g’ri tirnoqli, yoki porsi usulida biriktirilishi mumkin. Zakrovli
birikmalar boshqa turdagi birikmalarga qaraganda bir oz murakkab bo’lib, ma‘lum darajada
malaka bo’lishini talab etadi. Shuning uchun ham zakrovli birikmalar xosil qilish mashqini
o’quvchilarda yetarli ko’nikma va mehnat malakalari hosil bo’lgandan so’ng o’tkazilgani
ma‘qul.
Quyida to'g’ri tirnoqli zakrovli birikmalar hosil qilish usuli bilan tanishib
o’tamiz.
To’g’ri tirnoqli zakrovli birikmalar 5-texnologik kartada ko’rsatilgan ketma-
ketlikda tayyorlanadi
1) 1-texnologik kartaga muvofiq material tanlanadi va brusok tayyorlanadi
2) Brusoklarning uchi guniyali qilib tayyorlangandan so’ng a o’lchamda tirnoq
va qo’loq uzunligi rejalanib guniya yordamida qolgan tomonlarga olib o’tiladi. Zakrov
ochilganda quloqning qirg’ogidan qirqimi 1 sm bo’lgan a uzunlikdagi qismi randalanib
(chiqib) ketadi. Buni xisobga olib tirnoq chiqarishda zakrovlik tomonidan I sm qisqa
kiritiladi. Shuning uchun tirnoqni rejalashda a o’lchamdagi reja chizig’idan 1 sm
tashlab a - 1 o’lchamda qo’shimcha reja chiziladi va guniya yordamida qolgan
tomonlarga olib o’tiladi.
Tirnoq va qo’loqlarni rejalashda zakrov ochilishini xisobga olib xatkashning bitta
chizg’ichini hamma vaqt 1 sm o’lchamga sozlanadi. (Chunki zakrov randa qirg’og’idan
1 sm qirqimlik zakrov ochadi.) Ikkinchi chizg’ichni esa iskananing enini hisobga olib,
unga 1 sm qo’shib sozlanadi (iskananing eni 15 mm bo’lsa xatkashning ikkinchi
chizg’ichini 25 mm ga sozlanadi). Xatkashni shu tariqa ulchamga sozlab tirnoq va
qo’loq rejalanadi.
3) Tirnoq chiqarish va qo’loq ochish reja asosida olib boriladi. Tirnoq chiqarishda
zakrovli tomondan a - 1 sm ulchamli reja chizig’igacha tilinib so’ng kertiladi. Orqa
tomondan ulchamli rejagacha tilinnb so’ng kertiladi. Qo’loq odatdagidek ochilaveradi.
4) Zakrovlar bir yoqli ochilganda hamma vaqt brusokning «bet» va
«yordamchi bet»lar kesishuvchi qirrasidan ochiladi. Zakrov zakrovranda yordamida
ochiladi.
5) To’g’ri tirnoqli zakrovli birikmalarga sifat berish maqsadida «bet»
tomondan zakrov ochilsa, orqa tomondan faska chiqariladi. Buni hisobga olib tirnoq
chiqarishda orqa tomondan a o’lchamda kertmak chiqarmasdan, balki tilishni a
o’lchamgacha olib borib kertishda a - 1 o’lchamli reja chizig’idan a o’lchamli reja
chizig’iga tushadigan qilib burchak ostida arralab kertiladi. Barcha qismlardagi
faskalarning bir xil chiqishini ta‘minlash uchun faska chikariladigan qirra boyicha
xatkashning katta o’lchamli cho’pi bilan, opqa tomonga 1 sm ga sozlangan cho’pi bilan
reja chizib olinadi. Buning uchun xatkashni tirnoq, qo’loq rejalashga sozlangan xolicha
saqlash keraq Faska chiqarishda randalash reja chizig’igacha davom ettiriladi.Agar
zakrovli birikmalarga faska o’rnida gul chiqarilsa tirnoq, qo’loqlar porsi usulida
biriktiriladi. Biriktiriluvchi qismlardagi gullarni bir -biriga moe kelishini ta‘minlash
maqsadida gul chiqarishdan oldin qismlarni xomaki yigib, birikmaning tekisligi
ta‘minlangandan so’ng qayta qismlarga ajratib gul chiqariladi.
6) Tayyor bo’lgan qismlar yig’ilib, jipsligi ta‘minlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |