Yerdan foydalanish darajasi va samaradorligini oshirish yo`llari
Yerdan va suv samarali, oqilona foydalanish kelajak talab qilayotgan zaruratdir. Yer va suv resurslaridan foydalanish darajasi va samarasini oshirish quyidagi yo`nalishlarda amalga oshiriladi:
Eng avvalo, qishloq xo`jaligi ishlab chiqarishini yer va suv resurslarining talabi va imkoniyatidan kelib chiqqan holda joylashtirish lozim. Masalan, suv resurslari cheklangan regionlarda sholi ishlab chiqarishni joylashtirish maqsadga muvofiq emas. Katta miqdordagi suvni talab qiladigan ekinlarni sho`rlangan yerlarga joylashtirish ham samaradorlikni pasayishiga sabab bo`ladi. Albatta, mamlakat oziq – ovqat havfsizligini ta`minlash, mavjud resurslardan oqilona foydalangan holda bozor talab qiladigan mahsulotlarni ishlab chiqarish va bunda aholining ehtiyojini unitmaslik talab qilanadi. Shunga qaramasdan yer va suv resurslarining holatini hisobga olmasdan ishlab chiqarishni tashkil etish ma`lum salbiy oqibatlaga olib kelishi mumkin. Masalan, kuchli sho`rlangan yerlarga kuzgi don ekinlarini joylashtirish yerning unumdorligini pasaytiradi, sho`rlanishni yanada kuchayishiga olib keladi va yerdan foydalanish samradorligi pasayadi. Bu holatning uzoq davom etishi ushbu yer maydonlarining qishloq xo`jaligi maqsadlari uchun mutloq yaroqsiz holga kelib qolishiga sababchi bo`lishi mumkin. Chunki kuzga donli ekilgan maydonlarda sho`r yuvish ishlarini amalga oshirib bo`lmaydi. Ma`lumotlarga qaraganda 2004 yilda Respublikada mavjud qishloq xo`jaligi yerlarining 47,2 foizi sho`rlanmagan, 17,2 foizi o`rtacha sho`rlangan va 4,2 foizi kuchli sho`rlangan. O`zbekiston qishloq xo`jaligi yerlari meliorativ holatiga ko`ra, 38 foizi yaxshi, 53,4 foizi qoniqarli va 8,6 foizi qoniqarsiz, meliorativ holati yomon yerlardir. Bu holat yomonlashib ketishining oldini olish kerak.
Yerlarning bir sifat holatidan ikkinchi holatga o`tishi umumiy holda yer tranformatsiyasi deyiladi. Yer transformatsiyasi ijobiy (yomon yerlarning yaxshi yerlar safiga o`tishi) va salbiy (yaxshi yerlarning yomon yerlar safiga o`tishi) bo`ladi. Imkon boricha salbiy yer transformatsiyasiga yo`l qo`ymaslik lozim. Yer islohotlarini to`g`ri o`tkazish ham yer va suvdan foydalanish samaradorligini oshiradi. Yer duch kelgan kishiga emas, balki yerda ishlash tajribasi, bilimi bor kishilarga, xo`jaliklarga berilishi kerak. Bu borada yerdan olingan mahsulotga egalik qilish sharoitlarini to`g`ri hal etish talab qilinadi. Aks holda yer va suvdan samarali foydalanib bo`lmaydi.
Eng zarur omillardan biri yer va suvdan foydalanuvchilarning samaradorlikni oshirganliklari uchun manfaatdorligini ta`minlashdir.
Tanlangan ishlab chiqarish turini texnologiyani buzmasdan bajarish, melioratsiya va irrigatsiya tadbirlarini o`z vaqtida samarali o`tkazish qishloq xo`jaligi ishlab chiqarishi, yerdan foydalanish samaradorligini oshiradigan muhim omillardan biri hisoblanadi.
Yer va suvdan foydalanish samaradorligini oshirish ko`p jihatdan ilg`or texnologiyani ishlab chiqarishga joriy etish bilan bog`liq. Masalan, suvdan foydalanish samaradorligi tomchilatib yoki yomg`ir usulida sug`orishda oddiy bostirib sug`orishdigiga nisbatan ancha katta. Suv resurslari cheklangan holda bu texnologiyalarning ahamiyati keskin oshadi. O`zbekiston Respublikasi suv resurslari juda cheklangan bo`lib, hozirda foydalanilayotgan suvning 12-13 foizi mamlakat hududida vujudga keladi. Qolgan qismi Qirg`iziston va tojikiston davlatlari hududidan keladi. O`zbekistonda 50 daryo bo`lib, shulardan faqat 10tasigina 150km uzunlikda. Mamlakatda juda katta kanal va ariqlar tizimi yaratilgan. Ularning uzunligi 156 ming km.ni tashkil etadi. Ana shu irrigatsiya tizimidan samarali foydalanish mamlakatda yer resurslaridan foydalanishning samaradorligini oshiradigan omillardan biridir.
Fan yutuqlarini ishlab chiqarishga joriy etish ham yer va suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshiradi. Ishlab chiqarishga paxta va bug`doyning tezpishar, suvga chidamli navlarini joriy etish bunga misol bo`la oladi.
Ekologik muhit talablarini hisobga olgan holda kimyolashtirishni rivojlantirish ham yer va suv resurslarining samaradorligini oshirishga ijobiy ta`sir etadi.
Qishloq xo`jaligiga yaroqli yerlarni suv va shamol erroziyasidan asrash ham juda muhim tadbirlardan biridir. Masalan, ekin maydonlarining 2,1 mln. gektari shamol, 0,7 mln gektari suv erroziyasiga, shuningdek, mavjud 22,1 mln. gektar yaylovning 6 mln. gektari shamol va 3 mln. gektari suv erroziyasiga uchragan. Bu holat agrosanoat majmuasi iqtisodiyotiga sezilarli salbiy ta`sir qiladi. Shu sababli yerlarni asrash asosiy vazifalardan biridir.
Qishloq xo'jaligi uchun yer hayot -mamotning moddiy sharti bo'libgina qolmay balki ishlab chiqarishning aktiv ashyoviy omili hamdir. Ishlab chiqarish jarayoni tuproq unumdorligi bilan, tabiiy biologik jarayonlar bilan bevosita bog'liq. Yer takror ishlab chiqarmaydigan ishlab chiqarish vositalari qatoriga kiradi. Shu munosabat bilan umuman yer resurslari va ayniqsa qishloq xo'njaligida foydalanish uchun yaroqli bo'lgan yerlar cheklangandir. Tabiatan yerning cheklanganligi undan intensiv suratda foydalanish zarurligi masalasini juda keskin qilib qo'yadi. Qishloq xo'jaligida yer ishlab chiqarishning asosiy vositasi hisoblanadi. Mamlakat yer boyliklaridan oqilona foydalanishning davlatimiz agrosiyosatini asosi bo'lib, qishloq xo'jalik ishlab chiqarishni intensivlashtirishning eng muhim shartidir.
Tuproq juda ko'p xususiyatlarini o'zida mujassamlashtirgan tabiiy jism bo'lib, shulardan eng muhimi unumdorlik hosil etishtirish qobiliyatidir. Tuproq unumdorligi deganda o'simliklarning butun o'sish davri davomida talab etadigan miqdorda suv va oziq moddalar bilan uzluksiz ta'minlash orqali qishloq xo'jalik ekinlaridan yuqori hosil yetishtirish qobiliyati sanaladi. O’zbekistonning yer resurslari 45 mln. ga atrofida. Uning atigi 1/10 qismidan foydalaniladi xolos. Hozir 4,2 mln. ga yerlarda sug'orib dehqonchilik qilinadi. Sug'orib dehqonchilik qilinadigan hududlar anchagina, ammo suv yetishmasligi sababli ulardan foydalanib bo'lmaydi va quyidagilar.
1. Yer hajmi jihatidan cheklangan, ya'ni uni inson hohishiga kcTra kattalashtirib yoki kichiklashtirib bo'lmaydi.
2. Yerni hech qanday ishlab chiqarish vositasi bilan almashtirib bo'lmaydi. U qishloq xcTjaligining asosi hisoblanadi.
3. Yer tabiat maxsuli, u inson mehnati mahsuli emas.
4. Yer abadiy ishlab chiqarish vositasi bo" lib, undan to'g'ri foydalanish kerak.
O’zbekiston dehqonchilikda foydalaniladigan yerlar maydoni 5-6 mln. ga bo"lib; ular sog'oriladigan va lalmi yerlardir. Bu yerlarning 1,6 mln. gektari cho'l zonasida joylashgan. Sug'oriladigan yerlar Farg'ona Zarafshon vodiylarida va quyi Amudaryo rayonida ancha maydonlarni egallaydi.
O’zbekiston qishloq xo'jalik ishlab chiqarishni asosi sug'oriladigan dehqonchilikdir. Suv xo'jaligi (kanallar, suv omborlari, injenerlik va gidrotexnika inshoatlari) qurilish, yerning miliorativ holatini yaxshilash ishlari va boshqa tadbirlar Respublikada keng avj olib ketdi. Mirzacho'ldagi quruq yerlar o'zlashtirildi. Bu yerda paxta va qishloq xo'jaligining boshqa maxsulotlarini yetishtiradigan yirik tumanlar tashkil etildi. Qarshi, Jizzah, Zarafshon, Surxonsherobod dashtlari, Amudaryoning quyi oqimidagi yerlarni o'zlashtirish yuzasidan keng ko'lamda ishlar olib borilmoqda. Qishloq xo’jaligidan foydalaniladigan yerlar deb qishloq xo'jalik ehtiyojlari uchun berib qo'yilgan va shu maqsadlarga mo'ljallangan barcha yerlarga aytiladi. Bunday yerlar jumlasiga haydaladigan yerlar, ko'p yillik daraxtzorlar, qo'riqlar, pichanzorlar va yaylovlar kirsa, qishloq xo'jaligiga yaroqsiz yerlarga -o'rmonlar, bo'tazorlar, botqoqliklar, qum bosgan va boshqa noqulay yerlar kiradi. Haydaladigan yerlar barcha qishloq xo'jaligiga yaroqli yerlarning tahmini 15 % ni tashkil etadi. CTzbekistonda ekinlarning ko'pchiligi sug'oriladigan va shartli sug'oriladigan yerlarga yetishtiriladi. Shu munosabat bilan sug'oriladigan yerlarning har gektari juda katta ahamiyatga ega. Sug'oriladigan yerlarda tcTg'ri foydalanish ularning samaradorligini oshirib borishqishloq xo'jalik tasarrufidan chiqib ketishga ycTl qo'ymaslik Respublika qishloq xo'jaligini intensivlashning asosiy shartidir. Davlat yer fondi yer egaligi yoki yerlardan foydalanuvchilar hududidagi barcha yerlarni - haydalma yerlar, daraxtzor, yaylov, pichanzor, o'rmonzor, bo'z yerlar qishloq xo'jaligida foydalanilmaydigan yerlarning jamini o'z ichiga oladi. Respublikaning umumiy yer fondi 44797,7 mingga, barcha qishloq xo'jalik yerlari 22446,1 mingga yoki Respublika yer fondining 50,5 % ni qishloq xo'jalik turlari 17346,2 minggani, shundan sug'oriladigan yerlar maydoni 3281,1 minggani tashkil etadi. (2006). Qishloq xo'jalik maqsadlarida foydalaniladigan yerlar eng qimmatli hisoblanib, ular qishloq xo'jalik ishlab chiqarishni ta'minlash bilan birga barcha agrolandshaftlar hamda qulay tabiiy muhit yaratish jihatidan ham muhimdir. Rspublika bo'yicha qishloq xo'jalik maqsadlari uchun mo'ljallangan yerlarning tarkibi va o'zgarish jarayonida umumiy qishloq xo'jalik yer turlari maydonining kamayib borishi kuzatilmoqda.
Yerdan foydalanishning yangi shakllari rivojlanmoqda. Bular fermer va dehqon xo'jaliklari xususiylashtirilgan chorvachilik fermalari shirkat xo'jaliklari va boshqa turdagi qishloq xo'jalik korxonalaridir. Sug'oriladigan haydalma yerlar respublika qishloq xo'jaligini va iqtisodiyotni rivojlantirishda muhim ahamiyatga ega. Sug'oriladigan yerlar mamlakat yer fondining 9,6 % ni tashkil etgan holda jami qishloq xo'jalik maxsulotlarini 98 % aynan shu yerlarda yetishtiriladi. Respublika bo'yicha lalmikor yerlar maydoni 752,7 mingga bo'lib bu yerlarda qishloq xo'jalik ekinlarini yetishtirish faqat yogMnlar hisobiga amalga oshiriladi.
Yer fondining eng qimmatli qismi sug'oriladigan yerlardir. Har bir gektar sug'oriladigan yer undan tcTg'ri foydalanib borilganida beradigan maxsuloti jihatidan 6-7 gektar lalmi shudgorga, 50 gektar baland tog" yaylovlariga va 1000 gektar cho'l yavlovlarga teng keladi. Shu munosabat bilan sug'oriladigan yerlarning qishloq xo'jalik tasarrufida chiqib qolishiga yo'l qo'ymaslik nihoyatda muhim. Yangi yerlarni o'zlashtirish tuman va qishloq xo'jalik ishlab chiqarishga kiritib borish yo'li bilan qishloq xo'jaligini rivojlantirishni cheksiz davom ettirib bo'lmaydi, chunki qaytib dehqonchilik qilishga yaroqli yerlar cheklangandir. Yerdan yuqori unum bilan foydalanishda maqsad eng kam mehnat va mablag' sarf qilgan holda har bir gektar yer maydonida ko'proq miqdorda maxsulot olishdir. Shundan kelib chiqib kam mehnat va mablag" sarflagan holda yer maydoni birligidan olinadigan yalpi maxsulot yerdan foydalanish samaradorligining asosiy ko'rsatkich deb qabul qilingan. Maxsulot yetishtirish uning dehqonchilikdan yoki chorvachilikdan olinishiga qarab 100 gektar haydaladigan yerlarga yoki aniq eiin maydonlariga nisbatan hisob qilib aniqlanadi.
Qishloq xo'jalik korxonalari faoliyatini qiyosiy baholashda rasm boMgan amaliyotdan yerlardan foydalanish darajasi ko'pchilik hollarda ishlab chiqarishning oxirgi natijalariga qarab belgilanadi. Yerdan foydalanishning yakunlovchi natural ko'rsatkichlaridan biri ekinlar hosildorligidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |