11
Ishlab chiqarish salohiyatidan foydalanish samaradorligi
alohida faoliyat turlari
bo’yicha va nisbiy ko’rsatkichlarda, tarmoq bo’yicha natural va shartli-natural ifodada (jismoniy
massada, ozuqa birligi va boshqalar) va umuman qishloq xo’jaligi bo’yicha qiymat ko’rinishida
va natural birliklarda xarakterlanadi.
Ishlab chiqarish salohiyatidan foydalanish imkoniyatlarini absolyut va nisbiy
ko’rsatkichlarda mahsulot ishlab chiqarish salohiyati va haqiqiy hajmi o’rtasidagi tafovut
sifatida, shuningdek, mahsulot ishlab chiqarishda mumkin bo’lgan mehnat va moddiy resurslarni
iqtisod qilish miqdorlari orqali ifodalanadi.
Hozirgi davrda qishloq xo’jalik ekinlarini joylashtirishda tabiiy-iqtisodiy sharoit, davlat
siyosati hamda bozor talabi e’tiborga olinmoqda. Agrar-iqtisodiy islohotlar amalga oshirila
borishi natijasida paxta yetishtirishda nodavlat sektorining ulushi ortmoqda.
Aksariyat paxta ekinlari hosildorligining pasayishiga ekin maydonlari unumdorligi
pasayganligi sabab bo’lmoqda. Hozirgi davrda respublika miqyosida jami sug’oriladigan
yerlarning 50 foiziga yaqini u yoki bu darajada sho’rlangan.
Bunday holat shu yerlarning
meliorativ holati yomonlashishi oqibatida yuz bermoqda.
So’nggi yillarda kimyoviy vositalar baholarining keskin oshganligi sababli ularni talab
etilgan miqdorda sotib olish va ekin maydonlariga zarur darajada solish imkoni bo’lmayapti. Bu
ekinlarning hosildorligiga salbiy ta’sir ko’rsatmoqda. Respublika viloyatlarida ekinlarning
serhosil, samarali navlarini to’g’ri joylashtirishga erishilmaganligi ham hosildorlik oshishi
yo’lidagi to’siqlardan biridir.
Qishloq xo’jaligi mahsulotlari ishlab chiqarishning iqtisodiy usullariga tannarx, narx,
foyda, rentabellik, xo’jalik hisobi, moddiy rag’batlantirish fondi kiradi. Iqtisodiy usullarining
asosiy vazifasi ishlab chiqarishda har bir mahsulot birligiga sarflanadigan
xarajatlar miqdorini
kamaytirishga imkon beruvchi xo’jalik mexanizmlarining yangi usullarini vujudga keltirish va
undan samarali foydalanishdir. Xo’jalik faoliyati negizini uchta asosiy masala: ishlab chiqarishni
boshqarish, rejalashtirish va rag’batlantirish tashkil etadi. Ular xo’jalik mexanizmida umumiy
qilib birlashtirilganda, davlat iqtisodini tutib turadi. Xo’jalik mexanizmi o’z ichiga
boshqaruvning asosi bo’lgan rejalashtirishni, xo’jalikni boshqarishda amaliyotda qo’llaniladigan
iqtisodiy tizimlarni, xo’jalik tashkilotlarining tashkiliy tizimini,
ularning ish usullarini, mehnat
jamoalarining ishlab chiqarishni boshqarishda qatnashishini o’z ichiga oladi.
Masalan, ish haqi fondlarini oldindan rejalashtirish o’rniga ish haqi normalarini qo’llash
jamoaning mahsulot ishlab chiqarish hajmini oshirishidan manfaatdor qiladi, imtiyozli shartlar
asosida qarz berish bilan xalq iste’moli mollarini ishlab chiqarishning yangi quvvatlarini
yaratishga qiziqtiradi.
Mazkur usullardan ishlab chiqarishda foydalanish har bir xodim va jamoaning moddiy
manfaatlarini qondirish darajasi ularning umumiy pirovard natijalarga erishishga qo’shgan
hissasi bilan belgilanishini ta’minlaydi.
Korxona ishchi-xodimlarining yuksak pirovard natijalarga erishganligi uchun moddiy
rag’batlantirish mehnat jamoasining xo’jalik hisobi daromadidan
hosil qilingan iqtisodiy
rag’batlantirish jamg’armasi hisobidan amalga oshiriladi. Iqtisodiy rag’batlantirish
jamg’armasiga moddiy rag’batlantirish, ijtimoiy rivojlantirish, ishlab chiqarish, fan va texnikani
rivojlantirish jamg’armalari kiradi.
Xodimlar, mehnat jamoalari qanchalik unumli mehnat qilsalar, ularning xo’jalik hisobi
daromadi shunchalik ko’p bo’ladi. Bu xodimlarning ijtimoiy va moddiy talablarini qondirishga
keng yo’l ochib beradi. Iqtisodiy qonunlarni chuqur bilish va ulardan samarali foydalanish bozor
munosabatlarining afzalliklarini ro’yobga chiqarish, mamlakat iqtisodiy-ijtimoiy taraqqiyotini
jadallashtirishning zarur shartidir.
Ishlab chiqarishda yangi xo’jalik mexanizmidan samarali foydalanish mehnat jamoalari
va xar bir xodimdan fan-texnika
taraqqiyotini jadallashtirish, ishlab chiqarish samaradorligini
oshirish va xo’jalik mexanizmini takomillashtirish usullarini qidirib topishni talab etadi.
Qishloq xo’jaligi mahsulotlari ishlab chiqarish samaradorligini oshirishning asosiy
yo’nalishlari - fan va texnika taraqqiyoti erishgan barcha yutuqlardan foydalanish; yangi texnika
12
va texnologiyalarni joriy etish; mehnat unumdorligini o’stirish sur’atlarini tezlashtirish; mahsulot
sifatini yaxshilash; yer va uning xosildorligidan yaxshi foydalanish, qishloq xo’jalik korxonasida
ishlab chiqarish fondlari va mehnat resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish manbaidir.
Ishlab chiqarish samaradorligining taxlili uning ko’rsatkichlarini tanlashning hamda ularni
hisoblash tartibining muhim ahamiyatga ega ekanligini ko’rsatmokda.
“Ishlab chiqarish samaradorligi”ni ishlab chiqarishning u yoki bu usuli amal qilayotgan
ijtimoiy munosabatlar tizimni hamda tarmoq ishlab chiqarishini butunligicha asoslash uchun
keng va tor ma’noda qarab chiqish mumkin. Bunday holatda u nafaqat moddiy ishlab chiqarish
sohasi natijalarini, ya’ni, ijtimoiy mehnat hamda ishlab chiqarishda band bo’lgan xodimlarning
moddiy va ma’naviy turmush darajasi oshirish va shunga o’xshash boshqa sohalarni ham qamrab
oladi.
Qishloq xo’jaligi mahsulotlari ishlab chiqarish samaradorligining asosiy yo’nalishi uni
har tomonlama intensivlash hamda ishlab chiqarish samaradorligini oshirishdan iboratdir.
Do'stlaringiz bilan baham: